O’zgaruvchanlik va uning shakllari


Mutatsiyalar yirik (makro) va mayda (mikro) bo‘lishi mumkin


Download 1.67 Mb.
bet4/4
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310045
1   2   3   4
Bog'liq
Tibbiy biologiya

Mutatsiyalar yirik (makro) va mayda (mikro) bo‘lishi mumkin.
-Yirik mutatsiyalar organizmning irsiyatini keskin o‘zgartiradi.
Natijada butun-butun organlarning rivojlanishi sezilarli o‘zgarib, har xil ko‘rinishdagi organizmlar vujudga keladi.
-Makromutatsiyalar
-Kishi osonlikcha bila oladigan barcha o‘zgarishlar deyiladi. Тabiiy sharoitda hosil bo‘lgan makromutatsiyalarni birinchi marta G. de Friz o‘simligida kuzatgan. Тabiiy mutant o‘simlik bo‘yining uzunligi, gulining yirikligi, bargining qalinligi va poyasining yug‘onligi, hujayralardagi xromosomalar
sonining ikki hissa ko‘pligi bilan bog‘liq bo‘lgan.
enotera
-MIKROMUTATSIYALAR
~Organizmning fiziologik, morfologik va miqdoriy belgilarida yuz beradigan juda kichik o‘zgarishlar yoki ko‘z ilg‘ay olmaydigan, faqat maxsus statistik usullar yordamida aniqlanadigan irsiy o‘zgarishlar.
~Bunga g‘o‘zaning hosildorligi, ertapisharligi, tolasining uzunligi kabi belgilarida ro‘y beradigan kichik o‘zgarishlarni misol qilish mumkin.
Mikromutatsiyalar tabiatda va tajribalarda makromutatsiyalarga qaraganda ko‘p hosil bo‘ladi .
Mutatsiyalar:
~Morfologik
~Fiziologik
~Biokimyoviy
~ Morfologik mutatsiyalar tufayli o‘simlik va hayvonlarning o‘sish va shakllanish xossalari o‘zgaradi. Masalan, ba’zi chorva mollari (qoramol, qo‘y va boshqalar) kalta oyoqli, hasharotlarning esa ko‘zi va qanoti bo‘lmaydi. O‘simliklarning ba’zi qismlari tuksiz, odamlar esa haddan tashqari baland buyli (gigant) yoki juda past bo‘yli bo‘ladi. Albinizm ham morfologik mutatsiyaga misoldir.
Morfologik Mutatsiya:
~ Fiziologik mutatsiyalar organizmlardagi fiziologik (hayotiy) jarayonlarni o‘zgartiradi, natijada ularning hayotchanligi ortadi yoki pasayadi.
-Bioximiyaviy mutatsiyalar tufayli organizmdagi ma’lum ximiyaviy moddalarning sintezlanishi o‘zgaradi yoki to‘xtaydi. Bunday mutasiyalar
organizmda kechadigan moddalar almashinishini va moddalarning ximiyaviy tarkibini o‘zgartiradi.
~ Organizm rivojlanishining va hujayra bo‘linishining qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’iy nazar, mutasiyalar istalgan hujayralarda sodir bo‘laveradi.
~ Agar mutatsiya jinsiy hujayralarda sodir bo‘lsa, u generativ mutatsiya, vegetativ hujayralarda sodir bo‘lsa somatik mutatsiya deyiladi.
Jinsiy hujayralarda sodir bo‘lgan mutatsiyalar navbatdagi bo‘g‘inning zigota bosqichidayoq namoyon bo‘ladi. Agar mutatsiya dominant bo‘lsa duragay - birinchi bo‘g‘in zigotasida, retsessiv bo‘lsa - keyingi (F2, F3 va
Fn) bo‘g‘inlarda, ya’ni organizm gomozigota holatga o‘tishi vaqtida yuzaga keladi.
- Somatik mutatsiyalar o‘z tabiatiga ko‘ra, generativ mutatsiyalardan farq qilmaydi. Faqatgina jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarda uchraydigan somatik mutatsiyalar evolutsiya va seleksiya uchun hech qanday ahamiyatga ega emas, chunki ular (odam sochida bir to‘p oq paydo bo‘lishi, bir ko‘zning qora, ikkinchisining och rangli bo‘lishi, qorako‘l terida qora dog‘ paydo bo‘lishi kabilar) keyingi bo‘g‘inlariga o‘tmaydi.
- Jinssiz (vegetativ) yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlardagi somatik mutatsiyalar esa seleksiya uchun katta ahamiyatga ega, chunki bu o‘zgarishlarni saqlab qolish mumkin. Masalan, ba’zi o‘simlik novdalarida boshqalardan keskin farq qiladigan barg, gul va mevalar paydo bo‘ladi.
- Bunday o‘zgaruvchanlik poyaning o‘sish nuqtalaridagi meristema to‘qima hujayralari mutatsiyalanishi natijasida sodir bo‘ladi va kurtak mutatsiya (sport) deyiladi
- O‘simliklar vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirilganda bunday mutatsiyalar saqlanib qoladi. Kurtak mutasiyasidan seleksiyada keng foydalaniladi. Olma va nok, uzumning urug‘siz navlari somatik mutatsiyadan yaratilgan.
Michurin o‘zining olma navini kurtak mutatsiyasidan foydalanib yaratgan.
- Demak, mutatsiya natijasida organizmlarning genotipi o‘zgaradi.
Genotipning o‘zgarishi esa uch xil bo‘ladi: gen mutatsiyasi; xromosomalarning qayta tuzilishi; xromosomalar sonining o‘zgarishi.
Genom mutatsiyalar bilan keyingi darsda tanishamiz!!!
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 10-sinf Biologiya darsligi 2018 yil
2. Uz.Wikipedia
3. genom.io
4. 9-sing Bilogiya darsligi.
Mustahkamlash uchun savollar
1.Mutatsiya atamasini kim aniqlagan.
2. Xromosoma mutatsiya xillari.
3. Modifikatsion o`zgaruvchanlik xillari.
E’tiboringiz Uchun Rahmat!!!
Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling