Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


-BO‘LIM. YOG‘LARNING SIFAT EKSPERTIZASI


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

5-BO‘LIM. YOG‘LARNING SIFAT EKSPERTIZASI 
 
Ozuqaviy yog‘lar inson ratsioni uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat 
mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Avvalo yog‘lar inson uchunenergiya manbai 
bo‘lib xizmat qiladi. Inson kundalik xayot faoliyatida sarf qiladigan energiyaning 
qariyib uchdan bir qismini yog‘lar hisobiga oladi. Shu bilan bir qatorda yog‘lar 
inson organizmida fiziologik jarayonlarda ham ishtirok etadi. 
Kundalik hayotimizda oziq-ovqat mahsuloti sifatida foydlaniladigan yog‘lar 
o‘simlik moylari, hayvon yog‘lari, dengiz hayvonlari va baliq moylari, margarinlar 
singari guruhlarga bo‘linadi. Bu yog‘lar inson ovqati ratsionining muhim tarkibiy 
qismi bo‘lganligi sababli ham yuqori sifatli va inson hayoti uchun xavfsiz bo‘lishi 
talab etiladi. Shu sababli ham yog‘larning sifat ekspertizasini o‘tkazish katta 
amaliy ahamiyatga egadir. Quyida inson xayoti uchun zarur bo‘lgan ana shu 
yog‘larning sifat ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar keltiriladi. 
O‘simlik moylarining sifat ekspertizasi 
 
O‘simlik moylarining sifat ko‘rsatkichlari organoleptik, fizikoviy va 
kimyoviy usullar yordamida aniqlanadi. 
Organoleptik usul bilan yog‘larning ta’mi, hidi, rangi, tiniqligi va holati kabi 
ko‘rsatkichlari aniqlanadi. 
Yog‘larning 
hidi 
va 
ta’mi 
ularning 
sifatini 
belgilashda 
asosiy 
ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Yog‘larning ta’mi va hidini belgilovchi 
moddalar yog‘larda kam miqdorda uchrab, asosan ular organik birikmalarning 
murakkab aralashmasidir. Bularga uglevodorodlarni, terpenlarni, uchuvchan yog‘ 
kislotalarni, aldegid, ketonlarni, spirt, murakkab efirlar va tabiiy efir moylarini 
kiritish mumkin. 
O‘simlik moylarining hidi va ta’mi ko‘p hollarda moy beruvchi urug‘larning 
turiga, xom ashyoning sifatiga (biron nuqsonga ega bo‘lgan urug‘lardan olingan 
moylar yomon ta’m va hidga ega bo‘ladi), moyni ishlab chiqarish usuliga, 
texnologiya jarayonlarining o‘tkazilish rejimlariga, tozalash darajasiga va 
hokazolarga bog‘liq bo‘ladi. 
Tozalanmagan moylar o‘ziga xos hidga va ta’mga ega bo‘ladi. Bu hid va 
ta’mlar moylarda aniq sezilib turadi. 
Tozalangan moylarning hidi va ta’mi kam sezilarlidir, dezodoratsiya 
qilingan moylarda esa ta’m va hid umuman sezilmaydi. Moylarning hidi va ta’mi 
ularni uzoq saqlangan paytda ham o‘zgarishi mumkin. Moylarning hidi va ta’mi 
asosida bu moylar nimadan olinganligi, tozalanganlik darajasi, buzilgan yoki 
buzilmaganligi, ba’zan esa begona aralashmalar bor yoki yo‘qligi haqida xulosa 
chiqarish mumkin. 
Moylarning ranglilik darajasi ularning tarkibiga kiruvchi rang beruvchi 
moddalarning turlari va miqdoriy ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ladi. Tozalanmagan 
moylarning rangi o‘ziga xos, tozalangan moylarning rangi esa tozalanganlik 
darajasiga, tozalash uslublariga qarab o‘zgarib turadi. Ma’lumki, moylarni uzoq 
saqlaganimizda ularning sariq rangi yo‘qolib, oqarishi kuzatiladi. Buning sababi 
www.sies.uz
Page 182 of 306 


183
moylarga sarg‘ish rang beruvchi karotinoid moddalarining havo kislorodi ta’sirida 
parchalanishidadir. 
Moylarning 
tiniqligi 
ham 
ularning 
sifatini 
belgilaydigan 
asosiy 
ko‘rsatkichlardan biridir. Tiniq moylar deb 20
0
S da saqlanganda ko‘z bilan ko‘rib 
bo‘ladigan quyqalardan xoli bo‘lgan moylar tushuniladi. Agar moylar 
fosfotidlardan yaxshi tozalanmagan bo‘lsa va ularda urug‘larning po‘stloqlari, 
mumlar, kunjara bo‘lakchalari ba’zi sabablar bilan moylarda saqlanib qolsa, bu 
moylarni saqlaganda quyqa va cho‘kma hosil bo‘ladi. Moylarda bo‘ladigan 
quyqalar va cho‘kmalar ularning tovarlik xususiyatlarini pasaytiradi. 
Moylarning fizik-kimyoviy sifat ko‘rsatkichlari. Amalda qo‘llanib 
kelayotgan standartlar talabi bo‘yicha ko‘pchilik o‘simlik moylarining asosiy fizik-
kimyoviy ko‘rsatkichlariga ularda suv va uchuvchan moddalari miqdori, kislota 
soni, sovunlashish soni, ishqor bilan reaksiyaga bormaydigan moddalar miqdori va 
boshqalar kiradi (16-jadval). Ana shu fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarning mohiyati 
va ular moylarning sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi bilan tanishib chiqamiz. 
Moylarning kislota soni. Kislota soni deb 1g moy tarkibidagi erkin yog‘ 
kislotalarini 
neytrallash 
uchun 
kerak 
bo‘ladigan 
kaliy 
ishqorining 
milligrammlardagi miqdori tushuniladi. Kislota soni yog‘larning sifatini 
ifodalovchi asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. 
Ma’lumki, yuqori sifatli xom ashyodan olingan moylar tarkibida erkin yog‘ 
kislotalari juda kam bo‘ladi, binobarin ularning kislota soni ham kichik bo‘ladi. 
Tavsiya etilmagan sharoitida uzoq saqlangan, yaxshi rivojlanmagan va pishmagan 
urug‘lar tarkibida erkin yog‘ kislotalari miqdori ko‘p va demak, ularning kislota 
soni ham katta bo‘ladi. 
Moylarning yod soni. Moylarning yod soni ham ularning asosiy fizik-
kimyoviy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. 100 g moyga birikishi mumkin 
bo‘lgan yodning gramm miqdori bilan ifodalanadigan son moylarining yod soni 
deb ataladi. Moylar tarkibidagi yog‘ kislotalarining yodni biriktirib olish reaksiyasi 
qo‘yidagicha boradi: 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling