Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Qattiq shirdon pishloqlarining sifatini baholashning 100 ballik tizimini 
tushuntirib bering. 
www.sies.uz
Page 213 of 306 


214
2. Qattiq shirdon pishloqlari sifati bo‘yicha qaysi tovar navlariga bo‘linadi? 
3. Pishloqlarning sifatini baholashda qo‘llaniladigan asosiy organoleptik 
ko‘rsatkichlari qaysilar hisoblanadi? 
4. Yetilgan pishloqlarning g‘ovakligi qanday bo‘lishi kerak? 
5. Yetilgan pishloqlarning hidi va ta’m ko‘rsatkichlariga qanday talablar qo‘yiladi? 
6. Birinchi nav pishloqlarda qanday nuqsonlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi? 
7. Pishloqlarning sifatini baholashda fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan qaysilari 
aniqlanadi? 
8. Qattiq shirdon pishloqlarida yog‘ miqdori necha foiz bo‘lishi kerak. 
9. Pishloqlarda suv miqdori necha foizni tashkil etadi? 
10. Pishloqlarda tuz miqdori necha foizni tashkil etadi? 
11. Pishloqlarning hidi va ta’m ko‘rsatkichlarida qanday nuqsonlar uchraydi? 
12. Pishloqlarda g‘ovakligi bo‘yicha qanday nuqsonlar uchraydi? 
13. Pishloqlarning qobig‘ida uchraydigan nuqsonlarga nimalar kiradi? 
14. Nuqsonli pishloqlardan foydalanish qoidalari bo‘yicha o‘z mulohazalaringizni 
bildiring. 
15. Pishloqlarni saqlash jarayonida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 
 
Sariyog‘larning sifat ekspertizasi 
 
Sariyog‘ sigir qaymog‘ini qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulot 
hisoblanib, yuqori darajada energiya berish qobiliyatiga egadir. 
Sariyog‘larning ozuqaviy va biologik qiymati uning kimyoviy tarkibi bilan 
harakterlanadi. Sariyog‘lar tarkibida yog‘ning miqdori uning turiga qarab 52 % dan 
82,5 % gachani tashkil etadi. 
Sut yog‘i boshqa tabiiy yog‘lardan murakkab kimyoviy tuzumga, yuqori 
ozuqaviy va biologik qiymatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. 
Sariyog‘ning biologik qiymatini ular tarkibiga kiruvchi fosfatidlar va yog‘da 
eruvchi vitaminlar ham birmuncha oshiradi. Sariyog‘lar tarkibida uchraydigan 
asosiy yog‘da eruvchi vitaminlarga A, D, Ye vitaminlari va karotinlarni kiritish 
mumkin. Shuningdek, sariyog‘ tarkibida kam miqdorda suvda eruvchi 
vitaminlardan V
1
, V
2
, S va RR vitaminlari uchraydi. 
Sariyog‘lar inson ratsioni yog‘ balansining muhim qismi bo‘lganligi sababli 
ham yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi talab etiladi. 
Sariyog‘larning sifati kimiyoviy va organoleptik ko‘rsatkichlari asosida 
baholanadi. Ularning asosiy kimiyoviy ko‘rsatkichlariga suv, yog‘, yog‘siz quruq 
moddalar va tuz miqdorlari kabi ko‘rsatkichlari kiradi. Sariyog‘larda bu 
ko‘rsatkichlar GOST 37-91 nomerli hamdo‘stlik mamlakatlari xalqaro standarti 
talabiga javob berishi kerak. 
Sariyog‘larning sifatini tekshirish avvalo sariyog‘ joylangan idishlarning 
holatini tekshirish bilan boshlanadi. Sariyog‘ joylangan idishlar toza, mexanik 
shikastlanmagan, sariyog‘lar idishga zich joylashgan, idishlar tamg‘alangan 
bo‘lishi kerak. Keyin esa sifat ekspertizasini o‘tkazish uchun kerakli me’yoriy 
hujjatlar talabiga asosan ulardan o‘rtacha namunalar olinadi. Olingan o‘rtacha 
www.sies.uz
Page 214 of 306 


215
namunalar laboratoriyalarga keltirilib ularning kimiyoviy va organoleptik 
ko‘rsatkichlari aniqlanadi. 
Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tuzsiz, tuzlangan, lyubitelskiy, 
shuningdek eritilgan sariyog‘ oliy va 1-chi navlarga bo‘linadi. Boshqa sariyog‘ 
turlari esa navlarga ajratilmaydi. GOST 37-55 standarti bo‘yicha sariyog‘larning 
organoleptik ko‘rsatkichlari 10 ballik sistema bo‘yicha aniqlanar edi. Yangi qabul 
qilingan hamdo‘stlik maslakatlarining xalqaro standarti GOST 37-91 standartida 
esa sariyog‘ning sifatini 20 ballik sistemada aniqlash ko‘rsatilgan. Bunda 
sariyog‘ning asosiy organoleptik ko‘rsatkichlariga quyidagi ballar beriladi. Agar 
sariyog‘ning umumiy ball ko‘rsatkichi 13 dan 20 balgacha bo‘lsa oliy navga, 6 dan 
12 balgacha bo‘lsa 1-navga kiritiladi. Umumiy ball ko‘rsatkichi bo‘yicha 6 baldan 
kam ball olgan sariyog‘lar nostandart deb topiladi va sotuvga chiqarilmaydi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling