Takrorlash uchun savollar:
1. Quruq sutga organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday talablar uchraydi?
2. Quruq sutga fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qanday talablar qo‘yiladi?
3. Quruq sutda suv miqdori necha foizni tashkil etadi?
4. Quruq sutga mikrobiologik talablarni tushuntirib bering.
5. Quruq sutga erituvchanlik bo‘yicha talablarni tushuntirib bering.
6. Quruq sutda yog‘ miqdori necha foizni tashkil etadi?
7. Quruq sutlarda qanday nuqsonlar uchraydi?
Muzqaymoqlarning sifat ekspertizasi
Muzqaymoqlar 50 dan ortiq assortimentda ishlab chiqariladi. Kimyo-viy
tarkibi va qo‘shimcha xom ashyolarning turiga qarab muzqaymoqlar sutli,
qaymoqli, plombir, meva-rezavor, mevali, kislotalar, stabilizatorlar, aromatik
essensiyalar, bo‘yoq moddalari qo‘shilgan va hokazo turlarga bo‘linadi.
Muzqaymoqning nomini qo‘shilgan ta’m beruvchi va aromatik moddalari
belgilaydi. Asosiy tur muzqaymoqlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari 24-jadval
ma’lumotlarida keltirildi. Bu jadval ma’lumot-laridan ko‘rinib turibdiki,
muzqaymoqlarning sifatini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlar bo‘lib ular
tarkibidagi yog‘, qand, quruq modda miqdori va nordonligi hisoblanadi.
Muzqaymoqlarning nordonligi muzqaymoqqa qo‘shilayotgan xom ashyoning
turiga qarab juda o‘zgaruvchandir. Masalan, sutli muzqaymoqda nordonlik darajasi
22
0
T dan ortiq bo‘lmasligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, meva-rezavor mevali
muzqaymoqlarda esa bu ko‘ratkich 70
0
T dan ortiq bo‘lmasligi me’yoriy
hujjatlarda belgilab qo‘yilgan (26-jadval).
Bu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, muzqaymoqlarning fizik-
kimyoviy ko‘rsatkichlari qo‘llanilayotgan xom ashyoning turiga katta darajada
bog‘lik ekan.
Muzqaymoqlarda
uchraydigan
nuqsonlar
Do'stlaringiz bilan baham: |