Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


-jadval  Quruq sutning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

25-jadval 
Quruq sutning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari 
Purkash yo‘li bilan quritilgan sut 
Baraban usuli da 
quritilgan sut 
Transport 
idishlarida 
Transport idishlarida 
№ 
Ko‘rsatkichlari 
Iste’molchila
rga tovarga 
qo‘shib 
beriladigan 
idishlarda
germe- 
tik 
bekitilga

germetik 
bekitil-
magan 
germetik 
bekitilgan 
germetik 
bekitil-
magan 
1 Suv miqdori, % ko‘p 
bo‘lmasligi kerak 





2 Yog‘ miqdori, %kam 
bo‘lmasligi kerak 
25 
25 
25 
25 
25 
3 Eruvchanligi, ml ho‘l 
cho‘kma, ko‘p 
bo‘lmasligi kerak: 
oliy navli sut 
birinchi navli 
0,2 

0,3 
0,4 
0,6 
0,8 
0,3 
1,5 
0,6 
1,5 
4 Nordonligi,
0
T, ko‘p 
20 
21 
22 
22 
22 
www.sies.uz
Page 225 of 306 


226
bo‘lmasligi kerak 
Oksidlangan yog‘ga xos ta’m - bu nuqson quruq sut tarkibidagi yog‘ning 
havo kislorodi ta’sirida oksidlanishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu nuqsonning 
vujudga kelishining oldini olishning birdan-bir yo‘li tayyor mahsulotni vakuum 
sharoitida qadoqlashdan iboratdir. 
Zax hidi va ta’mi – bu nuqson quritilgan sutni germetik bekitilmagan 
idishlarda va yuqori haroratda yaxshi shamollatilmaydigan xonalarda saqlaganda 
vujudga keladi. 
Eruvchanligining pastligi – bu nuqson quritish jarayonida haroratning 
keragidan ortiq bo‘lishi va oqsillar kolloid holatining o‘zgarishi natijasida vujudga 
keladi. 
Quruq sutlarni qadoqash va saqlash. Quruq sutlar iste’molchilarga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish uchun metall va kombinatsiyalashtirilgan bankalarga 
hamda sochiluvchan mahsulotlar uchun ichiga polimer materiallari yoki alyumin 
folgasi to‘shalgan pachkalarga 1 kg massagacha qilib qadoqlanadi. Unda quruq 
sutning ishlab chiqarilgan kuni, oyi va yili ko‘rsatiladi. 
Sanoat korxonalariga jo‘natiladigan quruq sutlar esa 25-30 kg massada qilib 
transport idishlariga qadoqlanadi. Bunda qog‘oz xaltalar, tagiga polietilen
pergament, sellofan to‘shalgan faner bochkalar va boshqa idishlardan 
foydalaniladi. 
Ma’lumki, quritilgan mahsulotlarning o‘ziga xos xusuiyatlaridan biri 
ularning yuqori darajada gigroskopikligi hisoblanadi. Sut kukunlari suv 
bug‘larining havodagi parsial bosimi bilan mahsulot sirtidagi suv bug‘larining 
parsial bosimi tenglashgunga qadar atrof muhitdan suv bug‘larini o‘ziga singdirib 
oladi. Quruq sut saqlanayotgan xonalarda havoning nisbiy namligi yuqori bo‘lgan 
hollarda uning namligi 15% gacha ortib ketadi. Bu esa mahsulotning tezda mog‘or 
bosishi va uning tarkibidagi qaytarilmaydigan jarayonlarning vujudga kelishini 
keltirib chiqaradi. Shu sababli quruq sutlarni qadoqlaganda suv bug‘larini 
o‘tkazmaydigan idishlardan va o‘rab-joylash materiallaridan foydalaniladi. 
Quruq sutning gigroskopiklik xususiyati asosan uning tarkibidagi oqsil 
moddalarining miqdoriga bog‘liq. Shu sababli yog‘sizlantirilgan sutdan 
tayyorlangan quruq sut tabiiy sutdan tayyorlangan quruq sutga qaraganda yuqori 
darajada gigroskopiklik xususiyatiga egadir. 
Quruq sutda suvning miqdori 2-4 % ni tashkil etadi. Unda namlikning 4% 
dan ortib ketishi erkin suvlarning paydo bo‘lishini keltirib chiqaradi. Ma’lumki, 
erkin suv sut kislotasining va boshqa tuzlarning erituvchisi hisoblanadi. Bu 
moddalarning konsentrantlangan eritmasi oqsil bilan reaksiyaga borib, ularning 
koagulyatsiyasini keltirib chiqaradi, natijada quruq sutning eruvchanligi keskin 
kamayib ketadi. 
Quruq sutlarda namlikning oshishi bilan melanoidlar hosil bo‘lish reaksiyasi 
ham intensivlashadi va natijada mahsulotning ozuqaviy va biologik qiymati 
ma’lum darajada pasayadi. 
Quruq sut uchun eng ahamiyatli bo‘lgan ko‘rsatkichlaridan biri uning hajmiy 
massasi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich quruq sut zarrachalarining o‘lchami va ular 
www.sies.uz
Page 226 of 306 


227
orasida qanchalik havo mavjudligidan dalolat beradi. Yog‘sizlantirilgan quruq 
sutning hajmiy massasi 0,54 g/sm
3
ni, tez eruvchan quruq sutniki esa 0,49 g/sm
3
ni 
tashkil etadi. 
Quruq sutlarni qoplarda saqlaganda, shtabellarga qoplarni ustma-ust 
taxlaganda va mahsulotni tashiganda uning o‘z-o‘zidan zichlashishi natijasida 
hajmiy massasi ortadi. 
Quruq sutning germetik idishlarga qadoqlanganda saqlash muddati 8 oy, 
germetik bekitilmaydigan idishlarda saqlaganda esa 3 oy qilib belgilanadi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling