Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

va 
ularni 
saqlash. 
Muzqaymoqlarga uchraydigan asosiy nuqsonlarga asosan hidi, ta’mida va 
konsistensiyasida bo‘ladigan nuqsonlar kiradi. Quyida ana shu nuqsonlarni kelib 
chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llarini keltiramiz. 
Begona ta’m va hid. Bu nuqson muzqaymoq ishlab chiqarish uchun sifatsiz 
xom ashyodan foydalanilgan hollarda va sanitariya-gigiyena talablariga javob 
bermaydigan jihozlar ishlatilganda kelib chiqadi. 
www.sies.uz
Page 227 of 306 


228
Metall ta’mi. Bu nuqson aralashma va muzqaymoq jihozlarining yaxshi 
ishlanmagan yuza qismiga tegib reaksiyaga borishi natijasida vujudga keladi. Shu 
sababli muzqaymoq ishlab chiqarishda va saqlashda yuzasi sirla-nib yaxshi 
ishlangan jihozlar va idishlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Ortiqcha nordon ta’m. Bu nuqson asosan meva-rezavor meva xom ashyolari 
qo‘shilgan muzqaymoqlarda uchraydi. Agar foydalanilayotgan meva-rezavor xom 
ashyolari tarkibida qand miqdori kam bo‘lib, nordonligi juda yuqori bo‘lsa, u holda 
tayyor mahsulot tarkibida ham nordonlikning ortib ketishi kuzatiladi. Demak, bu 
nuqsonning paydo bo‘lmasligi uchun meva-rezavor meva xom ashyolari sifatli 
bo‘lishi kerak. 
26-jadval 
Muzqaymoqlarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari 
Miqdori, % kam bo‘lmasligi 
kerak 
Muzqaymoqning turi 
yog‘ 
qand 
quruq 
modda 
Nordonligi, 
0
T, ko‘p 
bo‘lmasligi 
kerak 
Sutli: 
vanilli, yong‘oqli, shokoladli va 
boshqalar 
meva-rezavor mevali 
krem-bryule 
karamelli 
3,5 
2,8 
3,5 
3,0 
15 
16 
15 
16 
29 
29 
31 
33 
22 
50 
22 
40 
Qaymoqli: 
vanilli, yong‘oqli, shokoladli 
va boshqalar 
meva-rezavor mevali 
krem-bryule 
karamelli 
10 

10 

14 
15 
14 
15 
34 
33 
36 
38 
22 
50 
22 
40 
Plombir: 
shokoladli, yong‘oqli, qahvali 
va boshqalar 
meva-rezavor mevali 
krem-bryule 
karamelli 
15 
12 
15 
13,5 
15 
16 
15 
15 
40 
38 
42 
43 
22 
50 
22 
40 
Meva-rezavor mevali: 
limon, malina va boshqalar 

27 
30 
70 
Xushbo‘ylantirilgan: 
limonli, olchali, malinali va 
boshkalar 

25 
25 
70 
Kuygan narsaga xos ta’m. Bu nuqson muzqaymoqlarni ishlab chiqarishda 
aralashmani haddan tashqari baland haroratda pasterizatsiya qilgan holatlarda 
vujudga keladi. 
www.sies.uz
Page 228 of 306 


229
Sho‘r ta’m. Bu nuqson aralashmaga tuz eritmasi qo‘shilib qolgan holatlarda 
vujudga keladi. 
Dag‘al struktura. Bu nuqson muzqaymoqda katta muz kristallari hosil 
bo‘lgan holatlarda vujudga keladi va asosan keng tarqalgan nuqsonlardan biri 
hisoblanadi. Bu nuqsonning paydo bo‘lishiga asosiy sabab gomoge-nizatsiya, 
muzlatish kabi texnologik jarayonlarda bo‘ladigan buzilishlar va mahsulotni 
saqlaganda haroratning keskin o‘zgarib turishi hisoblanadi. 
Qumsimon konsistensiya. Bu nuqson muzqaymoqda laktoza qandining katta 
kristallar holida kristallanishi hisoblanadi. Bu nuqson muzqaymoqda yog‘siz quruq 
modda miqdori pasaytirilgan hollarda vujudga keladi. Muzqaymoqqa qo‘shimcha 
xom ashyolarning qo‘shilishi (yong‘oq, kakao-kukuni, mevalar) va saqlash 
jarayonida haroratning o‘zgarib turishi bu nuqsonning paydo bo‘lishini 
kuchaytiradi. 
Qorsimon konsistensiya. Bu nuqson muzqaymoq aralashmasini haddan 
tashqari havo bilan to‘yintirib ishlov berganda hosil bo‘ladi. 
Muzqaymoqni saqlash. Muzqaymoqni odatda-20
0
S dan ortiq bo‘lmagan 
sovuqlikda saqlash tavsiya etiladi. Muzqaymoq saqlanayotgan kamerada 
haroratning o‘zgarishi ±3
0
dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Haroratning tez-tez 
o‘zgarib turishi natijasida mayda muz kristallari erib, katta muz kristallari hosil 
qiladi. Natijada muzqaymoqning konsistensiyasi dag‘allashadi. 
Sovuq xonalarda muzqaymoqlarni saqlash muddati ularning turiga qarab 1,5 
oydan 3,0 oygachani tashkil etadi. 
Savdo tarmoqlarida esa muzqaymoqning hamma turlari –12

S dan ortiq 
bo‘lmagan sharoitda 5 kunggacha saqlanadi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling