Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

Takrorlash uchun savollar: 
1. Qand qo‘shib quyultirilgan sut konservalarining sifat ekspertizasini o‘tkazishda 
organoleptik ko‘rsatkichlariga qanday talablar qo‘yiladi? 
2. Quyultirilgan sut konservalarining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga nimalar 
kiradi? 
3. Quyultirilgan sut konservalarida suv necha foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
4. Quyultirilgan sut konservalarida quruq modda miqdori necha foizni tashkil 
etadi? 
5. Quyultirilgan sut konservalarida yog‘ miqdori necha foizni tashkil etadi? 
6. Quyultirilgan sut konservalarining sifatiga mikrobiologik talablarni tushuntirib 
bering. 
www.sies.uz
Page 224 of 306 


225
7. Qand qo‘shib quyultirilgan sut konservalarida qanday nuqsonlar uchraydi? 
Quritilgan sut mahsulotlarining sifat ekspertizasi 
 
Tabiiy sutdan tayyorlangan quruq sut organoleptik ko‘rsatkichlari, 
eruvchanligi va bakteriyalarning umumiy miqdori bo‘yicha oliy va birinchi 
navlarga bo‘linadi. Iste’molchilarga sotish, umumiy ovqatlanish korxonalarida va 
sut zavodlarida sut mahsulotlari ishlab chiqarish uchun faqat purkash yo‘li bilan 
tayyorlangan oliy navli quruq sut mahsulotlarinigina ruxsat etiladi. 
Purkash yo‘li bilan olingan oliy navli quruq sutning ta’mi va hidi toza 
pasterizatsiya qilingan sutga xos bo‘ladi. Barabanlarda quritib oingan sutning 
ta’mida esa qaynatilgan sutdagi singari ta’m sezilib turadi. 
Quritilgan sutning konsistensiyasi mayda kukun holida bo‘ladi. Purkash 
yo‘li bilan olingan quritilgan sutning rangi oq, barabanlarda quritilgan sutning 
rangi esa krem rangli bo‘ladi.
Tabiiy sutdan tayyorlangan quruq sutlarning tarkibidagi suv miqdori va 
ularning eruvchanligi qaysi usul bilan quritilganligi va qanday idishlarga 
joylanganligiga qarab bir-biridan ma’lum darajada farq qiladi (25-jadval). 
1 g oliy navli quritilgan sutda mikroorganizmlarning umumiy miqdori 
50000, 1-navli sutda esa 70000 dan dan ortiq bo‘lmasligi talab etiladi. 
Quruq sutning nuqsonlari. Texnologik jarayonlarda va saqlashda tegishli 
qoidalarga rioya qilmaslik oqibatida quruq sutlarda bir qancha nuqsonlar vujudga 
kelishi mumkin. Bularning asosiylari quyidagilar hisoblanadi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling