Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

7-BO‘LIM. TUXUM VA TUXUM
MAHSULOTLARINING SIFAT EKSPERTIZASI 
 
Tuxumlarning sifat ekspertizasi 
 
Qishloq xo‘jalik parrandalari (tovuq, o‘rdak, g‘oz, indyuk, bedana) tuxumi 
qimmatli ozuqaviy va parhez oziq-ovqat mahsulotlari qatoriga kiradi. 
Sotuvga faqat tovuq va bedana tuxumlari ruxsat etiladi. Suvda suzuvchi 
parrandalarning tuxumlari esa ko‘p hollarda paratif (salmonella) bakteriyalari bilan 
zararlangan 
bo‘lishi 
tufayli 
issiqlik 
ishlov 
beriladigan 
mahsulotlar 
tayyorlashdagina ishlatiladi. 
Parranda tuxumlari uch asosiy qismdan tashkil topgan: po‘choq (11-14%), 
sariq qism (28-32%), oq qism (54-60%). Po‘choqning asosiy tarkibiy qismini 
karbon va fosfor kislotalarining kalsiy tuzlari (96%) tashkil etadi. Organik 
moddalar esa kollagen holida 4-5% ni tashkil etadi. Tuxumning po‘chog‘ida 
mayda-mayda g‘ovakchalar mavjud bo‘lib, ana shu g‘ovakchalar orqali tuxum 
ichkarisiga havo va mikroorganizmlar kira oladi. Tuxumning po‘chog‘i tashqi 
tomonidan yupqa plenka bilan qoplangan bo‘ladi, uning ichki yuzasida esa 
po‘choqosti plenkasi mavjud. Tuxumning poynak qismida po‘choq osti va oqining 
plenkasi orasida havo bo‘shlig‘i bo‘lib, bu bo‘shliq tuxumni saqlagan sayin 
oqsilning qurishi hisobiga kattalashib boradi. Tuxumning po‘stlog‘i sirtidagi yupqa 
plenka ma’lum vaqtgacha tuxumni qurishdan va mikroorganizmlar kirishidan 
saqlaydi. Vaqt o‘tishi bilan bu plenka o‘z xususiyatini yo‘qota boradi. Umuman 
tuxumning po‘stlog‘i ozuqaviy ahamiyatga ega bo‘lmasa-da, himoya vazifasini 
bajarib, tuxumni tashqi muhitdan saqlaydi va uning mustahkamligi tuxumni 
tashishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Tovuq tuxumi saqlash muddati, sifati va massasiga qarab parhez va oshxona 
tuxumlariga bo‘linadi. Parhez tuxumlar deb massasi 44 g dan kam bo‘lmagan, 
tovuq tuxum qilgan kunni hisoblamaganda 7 sutkadan kechiktirilmasdan sotishga 
chiqarilgan, sovuqxonalarda yoki ohak eritmasida saqlanmagan tuxumlarga 
aytiladi. Oshxona tuxumlarining massasi 43 g dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Saqlanish sharoitlari va muddatiga qarab oshxona tuxumlari yangi, sovuqxonalarda 
saqlangan va ohaklangan tuxumlarga bo‘linadi. Yangi qo‘yilgan tuxumlar deb –
1
0
S dan-2
0
S gacha bo‘lgan haroratda 30 kungacha saqlangan tuxumlarga aytiladi. 
Sovuqxonalarda saqlangan tuxum deb esa yuqorida ko‘rsatilgan haroratda 30 
kundan ortiq muddat saqlangan tuxumlarga aytiladi. 
Parhezbop tuxumlar massasiga qarab, oshxonabop tuxumlar esa ham 
massasi va sifatiga qarab I va II kategoriyalarga bo‘linadi. Tuxumlarning 
kategoriyasi tuxum po‘chog‘ining, sarig‘ining, oqining holati, havo kamerasining 
o‘lchami va bir dona tuxumning massasiga qarab belgilanadi. Bu ko‘rsatkichlar 
tuxumlarni maxsus qurilma-ovoskopda elektr nuri yordamida yoritib aniqlanadi. 
Parhezbop tuxumlarning ikkala kategoriyasining ham po‘chog‘i butun, toza, sariq 
qismi tuxum o‘rtasida joylashgan bo‘lib, kam harakatlanuvchan, oqi nurni yaxshi 
o‘tkazadigan bo‘lishi kerak. Parhez tuxumlarning I kategoriyasida bir donasining 
o‘rtacha massasi 54 g dan, II kategoriyasining bir donasining massasi esa 44 g dan 
www.sies.uz
Page 236 of 306 


237
kam bo‘lmasligi kerak. Parhez tuxumlarda havo kamerasining balandligi 4 mm dan 
ortiq bo‘lmasligi kerak. 
Oshxona tuxumlarining yangi, sovuqxonalarda, ohakli eritmalarda saqlangan 
turlarining I kategoriyasining po‘chog‘i butun, toza, sarig‘i markaziy holatdan 
salgina surilgan, tuxum oqi pishiq, nur o‘tkazadigan, havo kamerasi harakatchan 
bo‘lishi, uning balandligi esa 7 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Bunday 
tuxumlarning birinchi kategoriyasining bir donasining o‘rtacha massasi kamida 48 
g ni tashkil etishi kerak. Oshxona tuxumlarining II kategoriyasida esa tuxum 
sarig‘i sal bo‘shashganroq, aniq ko‘rinib turadigan bo‘lishi kerak. Tuxum oqi 
bo‘shroq, suvsimon bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Bunday tuxumlarning havo 
kamerasining balandligi 13 mm dan ortiq, bir dona tuxumning o‘rtacha massasi esa 
43 g dan kam bo‘lmasligi kerak. Havo kamerasining balandligi 13 mm dan ortiq 
yoki bir donasining massasi 43 g dan kam bo‘lgan tuxumlar sotuvga ruxsat 
etilmaydi. 
Tuxumlarda uchraydigan nuqsonlarni ikki guruhga jamlash mumkin. 
Birinchi guruhga to‘la ovqatlik qiymatiga ega bo‘lmagan tuxumlar, ikkinchi 
guruhga esa texnikaviy nuqsonga ega bo‘lgan tuxumlar kiradi. 
Ovqatga ishlatsa bo‘ladigan nuqsonli tuxumlarga po‘stlog‘i singan (oqib 
chiqish belgilari yo‘q); kichik dog‘li (po‘choq tagida dog‘ning yuzasi tuxum butun 
yuzasining 1/8 qismidan ortmasligi kerak) va havo kamerasining balandligi 13 mm 
dan oshmaydigan tuxumlarni kiritish mumkin. 
Tuxumlarda uchraydigan texnik nuqsonlarga po‘chog‘i sinib, ichki qismi 
to‘la yoki qisman oqib chiqqan; katta dog‘li (po‘choq tagida dog‘ning yuzasi 
tuxumning butun yuzasining 1/8 qismidan ortiq); krasyuk - tuxum sarig‘i oqi bilan 
aralashib qolgan; ichida qon xalqasi bor va pushti urchimagan inkubator tuxumlari 
kiradi. 
Texnik nuqsonga ega bo‘lgan tuxumlarni ovqatga ishlatishga ruxsat 
etilmaydi. 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling