Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc
Kvaslarning sifat ekspertizasi
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi
Kvaslarning sifat ekspertizasi.
Kvas qadimiy rus ichimligi hisoblanadi. Kvas hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan ichimliklardan hisoblanadi. Kvaslar xom ashyosiga qarab non, meva-rezavor, asal kvaslariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha non kvasi birinchi o‘rnini egallaydi. Kvas tarkibida 0,4-0,6% spirti bo‘lgan chanqoqbosdi, tetiklantiruvchi, ba’zilari esa davolash xossalariga ega bo‘lgan ichimliklar qatoriga kiradi. Kvas tarkibida sut kislotasi, aminokislotalar, qand, makro- va mikroelementlar, shuningdek V guruhi vitaminlari bo‘ladi. Kvas ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida yuqori sifatli javdar, arpa, asal, qand, javdar noni, xmel, sut kislotasi, sitrus mevalari damlamasi, tuz, patoka, achitqilar, qand koleri, suv va boshqa xom ashyolar ishlatiladi. Non kvasi ishlab chiqarishda esa asosiy xom ashyo sifatida javdar uni, javdar noni, javdar solodi, qand va boshqalar ishlatiladi. Kvas olish uchun bu xom ashyolar 70-73 0 S haroratli issiq suvda ishlov berilib, ekstraksiya yo‘li bilan atala (susla) olinadi. Keyin esa hosil qilingan atalaga 25% qand va toza sut kislotasi bakteriyalari va hamirturush achitqisi qo‘shib achitiladi. Achitish 22-26 0 S haroratda 8-12 soat davomida olib beriladi. So‘ngra kvas 10-12 0 S gacha sovutiladi, filtrlanadi, qand sharbati, koler, o‘tlar damlamasi qo‘shilib qadoqlash uchun jo‘natiladi. Kvaslarning non kvasi, issiq sexlar uchun non kvasi, Russkiy, Zdorove, Moskovskiy, Litovskiy, Aromatniy, Ostankinskiy kabi turlari mavjud. Kvaslarning ta’mi o‘ziga xos, yoqimli, nordon-shirinroq, hidi esa yangi yopilgan non hidini berishi va aniq sezilib turishi kerak. Kvaslarda begona ta’m va hidlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning rangi och-jigar rangdan to‘q-jigar www.sies.uz Page 156 of 306 157 ranggacha bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishidan kvaslar tiniq emas, ulardan non qoldiqlari va achitqi cho‘kindilari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Kvaslarning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga spirt miqdori, nordonligi, karbonat angidrid gazi miqdori kabi ko‘rsatkichlari kiradi. Bu ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham kvaslar belgilangan me’yoriy hujjatlar talabiga javob berishi kerak. Sotuvga chiqarish uchun kvaslar ham pushti, qora-ko‘k shishalardan yasalgan 0,33, 0,5 l sig‘imli butilkalarga va avtotermotsisterna yoki yog‘och bochkalarga quyiladi. Kvaslarni toza, ozoda, yaxshi shamollatiladigan qorong‘i xonalarda 2-12 0 S haroratda saqlash tavsiya etiladi. Kvaslarning saqlanish muddati 20 0 S da ularning turiga qarab 2 sutkadan 7 sutkagacha qilib belgilangan. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling