Озик-овкат товарлари сифат экспертизаси-дарслик doc


Takrorlash uchun savollar


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/205
Sana07.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1172978
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   205
Bog'liq
portal.guldu.uz-Oziq-ovqat tovarlari sifat ekspertizasi

 
Takrorlash uchun savollar: 
 
1. Pivolarning rangi va tiniqligi nimaga bog‘liq? 
2. Pivolarning rangi va tiniqligi nimaga bog‘liq? 
3. Oqish-tiniq pivolar va qoramtir pivolar orasidagi farqni tushuntiring. 
4. Pivolarning hidi va ta’m ko‘rsatkichlarini aniqlashni tushuntiring. 
5. Nima uchun qoramtir pivolar oqish-tiniq pivolarga nisbatan birmuncha shirinroq 
bo‘ladi? 
6. Pivolarning sifatini baholashda qanday fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari 
aniqlanadi? 
7. Pivolarda etil spirti miqdori qanday aniqlanadi? 
8. Pivolarning sifatni 100 ballik sistema asosida baholashni tushuntirib bering. 
9. Ioz eritmasi yordamida pivolarning rangliligi qanday aniqlanadi? 
10. Pivolarda uchraydigan kasalliklar va nuqsonlarni tushuntirib bering. 
11. Kvaslarning sifat ekspertizasini o‘tkazishda qaysi ko‘rsatkichlariga e’tibor 
beriladi? 
Ma’danli suvlar va gazlashtirilgan spirtsiz
ichimliklarning sifat ekspertizasi 
 
Spirtsiz ichimliklar guruhi tabiatan, tarkibi, organoleptik ko‘rsatkichlari va 
olinish texnologiyasi bo‘yicha har xil, lekin kishiga rohat bahishlash va chanqoq 
bosish xususiyatiga ega bo‘lgan xususiyatlarni mujassamlashtiradi. Bu 
ichimliklarning ba’zi birlari ozuqaviy ahamiyatga ega bo‘lsa, ba’zilari davolash 
maqsadlarida ham ishlatiladi. 
Spirtsiz ichimliklar guruhiga ma’danli suvlar, meva-rezavor meva va 
sabzavot sharbatlari, siroplar, ekstraktlar, morslar, gazlashtirilgan ichimliklar 
kiradi. 
Ma’danli suvlar. Ma’danli suvlar deganda tarkibida mineral tuzlar miqdori 
2 g/l dan ortiq va 0,25 g miqdorida karbonat angidrid gazi bo‘lgan suvlarga 
aytiladi. Ma’lumki, oddiy ichimliklar suvlari tarkibida ham erigan tuzlar bo‘ladi, 
lekin ularning miqdori 2 g/l ga yetmaydi. 
Olinishi qandayliligiga qarab ma’danli suvlar tabiiy va sun’iy bo‘ladi. 
www.sies.uz
Page 157 of 306 


158
Tabiiy ma’danli suvlar. Bu suvlar yer osti suvlari bo‘lib, tarkibida yuqori 
darajada fiziologik faol kimyoviy komponentlar va gazlar bo‘ladi (SO
2
, SO
2
va 
boshqalar). Shu sababli ular tabiiy manbalardan olinadi. 
Ma’danli suvlar tarkibida erigan mineral tuzlar miqdori bo‘yicha shartli 
ravishda xo‘raki, shifobaxsh-xo‘raki, shifobaxsh ma’danli suvlarga bo‘linadi. 
Tarkibida ma’danli tuzlar 1 g/l gacha bo‘lsa xo‘raki, 2 dan 8 g/l gacha bo‘lsa 
shifobaxsh-xo‘raki, 8 dan 12 g/l gacha va undan ham yuqori bo‘lsa shifobaxsh 
ma’danli suvlar deb yuritiladi. 
Shifobaxsh-xo‘raki ma’danli suvlar organizmga huzur bag‘ishlab, chonqoqni 
bosadi, lekin ularning ko‘pchiligi davolash maqsadlarida ham ishlatiladi. Eng ko‘p 
tarqalgan ma’danli suvlarga Arzni, Borjomi, Narzan, Dilijan, Mirgorodskaya, 
Yesentuki №20, Moskovskaya, Ijevskaya kabi turlarini kiritish mumkin. 
Respublikamiz ham tabiiy ma’danli suv manbalariga boy hisoblanadi. 
Hozirgi kunda Respublikamizning deyarlik hamma viloyatlarida ma’danli suvlar 
manbalari aniqlanib, ular aholi sog‘lig‘ini saqlashda keng foydalanilmoqda. 
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan va foydalanilayotgan shifofabaxsh-xo‘raki 
ma’danli suvlarga Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, Afrosiyob, Shodlik, Omonxona 
kabi ma’danli suvlarni kiritish mumkin. 
Shifobaxsh ma’danli suvlar vrachlarning tavsiyasiga binoan, ko‘proq 
oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda foydalaniladi. 
Ma’danli suvlar tarkibida hozirgi kunda ma’lum bo‘lgan ko‘pgina kimyoviy 
elementlar ion, molekula va murakkab biriklamalar holida uchrasada, ulardagi 
natriy, kaliy, kalsiy, magniy, temir, xlor, yod va boshqalar har xil miqdorlarda va 
nisbatlarda bo‘ladi. Shu sababli ma’danli suvlar erigan ma’danli tuzlarning 
tarkibiga qarab ishqorli, kislotali, xlorli, temirli, oltingugurtli va boshqa turlarga 
bo‘linadi. 
Shifobaxsh ma’danli suvlardan Yessentuki №4, Yessentuki №17, 
Batalinskaya, Lugela, Naftusya mineral suvlari keng tarqalgan hisoblanadi. 
Sun’iy ma’danli suvlar. Bu suvlar kaliy, natriy, kalsiy, magniy tuzlarini 
suvda eritib, so‘ngra ularni karbonat angidrid gazi bilan to‘yintirish yo‘li bilan 
olinadi. Sotuvga Sodovaya, Selterskaya sun’iy ma’danli suvlari chiqariladi. 
Sodovaya suvi tarkibida ichimlik sodasi - 0,20-0,25%ni, osh tuzi esa - 0,10-
0,15%ni tashkil etadi. Selterskaya suvi tarkibida esa ichimlik sodasidan tashqari 
kam miqdorda magniy xlor tuzi va 0,10-0,15% miqdorida kalsiy xlor tuzlari 
bo‘ladi. Bu suvlar ozroq sho‘rroq ta’mga ega bo‘lganligi uchun issiq sexlarda 
ishlayotgan ishchilarga chonqoq bosdi ichimlik sifatida tavsiya etiladi. 
Tabiiy va sun’iy ma’danli suvlar savdoga 0,33 va 0,5 l sig‘imga ega bo‘lgan 
shisha butilkalarga qadoqlanib, maxsus probkalar bilan germetik yopilgan holda 
chiqariladi. Butilkalarga yorliqlar yopishtirilib, ularda suvning nomi, qachon va 
qayerda ishlab chiqarilganligi, standart nomeri ko‘rsatkichlaridan tashqari, 
ma’danli suv olingan manba, mineral elementlar miqdori, saqlash bo‘yicha 
tavsiyalar va saqlash muddatlari haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak. 
Ma’danli suvlarni harorati 12
0
S dan oshmaydigan qorong‘i xonalarda 
gorizontal holatda saqlash tavsiya etiladi. Saqlash muddati tabiiy ma’danli 
suvlarniki bir oy, sun’iy ma’danli suvlarniki esa 15 kun qilib belgilangan. 
www.sies.uz
Page 158 of 306 


159

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling