Oziq-ovqat biotexnologiya
Download 108.81 Kb.
|
oziq ovqat bt лаборатория
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaksiyani hisoblash: xira—ko‘k yoki sariq rang
- Saxarozani (shakarqamish shakarini) aniqlash
- SHakar asalini aniqlash
- Qizdirilgan asalni aniqlash
Izoh. Agarda kolbadagi aralashma titrlanmasdan rangsizlansa, bu tekshirilayotgan asalda saxarozalashtirilgan (invertlangan) shakar miqdorining 81,2% ortiqligini ko‘rsatadi. Asalda saxarozalashtirilgan (invertlangan) shakar miqdori yuqoridagi jadval bo‘yicha aniqlanadi. Invertlangan shakarning yuqori miqdorini aniqlash — kolbaga qizil qon tuzining (K3G‘e(SN)b) 1 % li eritmasidan 10 ml, o‘yuvchi natriyning 10 % li eritmasidan 2,5 ml, asalning 0,25 % li eritmasidan 5,8 ml solinadi. Kolbadagi aralashma qaynash darajasigacha qizdiriladi va 1 minut qaynatiladi va metil sinkasining 1 % li eritmasidan bir tomchi solinadi. Agarda suyuqlik rangsizlanmasa tekshirilayotgan asalda saxarozalashtirilgan (invertlangan) shakarning miqdori 70% dan past bo‘lsa, bunday asallar qalbakilashtirilgan bo‘ladi. Sun’iy invertlangan shakar qoldig‘ini aniqlash — sun’iy saxarozalashtirilgan (invertlangan) shakar qoldig‘ini aniqlashda kislotalar bilan qamish (lavlagi) shakaridagi levuleza bo‘lagini (meva shakari) parchalaganda suvda eruvchi oksimetilfurfurol hosil bo‘lib, uni konsentrlangan tuz kislotasi va rezorsin ishtirokida olcha—qizil rangga bo‘yalishidan foydalaniladi. CHinni hovonchaga 4-6 gr asal solinib, 5 - 10 ml efir qo‘shiladi va yaxshilab hovoncha dastasi bilan eziladi, efirli ajratma chinni piyolaga (soat oynasiga) quyiladi va 5-6 dona rezorsin kristallari qo‘shiladi (uni hovonchaga ajratma tayyorlash jarayonida solish mumkin). Efir xona haroratida uchib ketkaziladi. SHundan so‘ng, quruq qoldiqqa 1-2 tomchi konsentratsiyalangan tuz kislotasi (solishtirma og‘irligi 1,125) tomiziladi. Reaksiyani hisoblash: xira—ko‘k yoki sariq rang — salbiy; to‘q sariq (och qizil) yoki pushti rang — kuchsiz ijobiy (qizdirilgan asalda kuzatiladi; qizil, olcharang—qizil, tezlik bilan qizilga o‘tuvchi pushti rang — ijobiy (asalda sun’iy invertlangan shakar qoldiqlari mavjud). Saxarozani (shakarqamish shakarini) aniqlash — 200 ml kolbaga asalning 10 % li eritmasidan 5 ml va 45 ml suv o‘lchab olinadi. Kolbaga termometr qo‘yilib uni 80° S gacha qizdirilgan suv hammomiga joylashtiriladi. Kolba ichida harorat 68 — 70° S gacha ko‘tarilganda (bunga odatda 2-3 minut ketadi), zudlik bilan 5 ml 1:5 nisbatda eritilgan tuz kislotasi solinib silkitib aralashtiriladi, ushbu haroratda 5 minut ushlanadi va o‘sha zahoti 16 — 18° S haroratgacha sovutiladi. Kolbadagi termometrni olishdan avval distillangan suv bilan chayiladi. Kolbadagi aralashma o‘yuvchi natriyning 10 % li eritmasi bilan metiloranj (1-2 tomchi) indikatorligida pushti—sariq ranga qadar neytrallanadi. Kolbadagi aralashma hajmi 200 ml. gacha olib boriladi hosil bo‘lgan 0,25 % li asal eritmasi 3 marotaba kolbani ag‘darib aralashtiriladi. Asaldagi saxaroza miqdori quyidagi formula bilan hisoblanadi: S=(x-u)x0,95, bunda: S — asaldagi saxaroza miqdori, %; X — inversiyadan keyingi invertirlangan shakar miqdori, %; Y — inversiyadan oldingi invertirlangan shakar miqdori, %. Saxaroza (qamish shakari) qo‘shimchasini aniqlash — asal saxaroza bilan qalbakilashtirilganda organaleptik ko‘rsatkichlari yomonlashadi, diastaza aktivligi, tarkibidagi mineral moddalar va invertirlangan shakar pasayib, qamish shakari miqdori esa oshadi. Qalbakilashtiruvchi o‘ngga aylantirish xususiyatiga ega. Demak ushbu turdagi qalbakilashtirishni topish uchun organaleptik ko‘rsatkichlar, diastaza aktivligi, kul miqdori, qamish va invertirlangan shakar, optik aktivlik aniqlanishi zarur. SHakar asalini aniqlash — shakarli (ekspress boqilgan) «asal» asalarilarni shakar qiyomi bilan boqish natijasida olinadi. Bunday asal qalbaki bo‘ladi. YAngi olingan shakarli asal suyuq konsistensiyali, yorqin rangli, xushbo‘yligi kuchsiz, asalga xos bo‘lgan qimizak mazasi bo‘lmaydi. Qizdirilgan asalni aniqlash — asal kristallanishini yo‘qotish, achishni to‘xtatish va qalbakilashtirish uchun qizdiriladi. Bunda orgaleptik ko‘rsatkichlar yomonlashadi (asal qorayadi, xushbo‘yligi kamayadi, qizdirilgan shakar tamli), ferment aktivligi va bakteriotsidlik qobiliyati pasayadi, oksimetilfurfurol miqdori oshadi. YUqoridagilarni inobatga olib, asalni qizdirib yaroqsizlantirilganligini aniqlash uchun organaleptik ko‘rsatkichlarni, ferment aktivligini, oksimetilfurfurol miqdorini va yot qo‘shimchalarni aniqlash lozim. Download 108.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling