Oziq-ovqat biotexnologiya


Download 108.81 Kb.
bet5/20
Sana17.12.2022
Hajmi108.81 Kb.
#1026056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
oziq ovqat bt лаборатория

Reaktiv va asboblar: kungaboqar shroti, 5% li NaC1 eritmasi, 1n.li NC1 eritmasi, rN-metr, sentrifuga, isitgichli magnitli aralashtirgich, 1000 ml. sig‘imli stakan, shisha tayoqcha, voronka, vakuum – quritish shkafi.
Ishning bajarish: 50 g shrot olinib, unga 600 ml 5%li NaC1 eritmasi quyiladi (450S haroratda) va 450S da termostatda ushlab turiladi, bunda aralashtirish 10 min. davomida 100 -110 ayl/min tezlikda olib boriladi. Ekstraksiyalangan oqsil eritmasi, sentrifugani 7-10 min. davomida 3000 ayl/min tezlikda aylantirib turgan holda oqsil bo‘lmagan komponentlardan ajratib olinadi.
1n. li NC1 eritmasi rN 4,2-4,1 izoelektrik nuqtaga etguncha ko‘shiladi. CHo‘ktirilgan oqsil sentrifugada 5 min. davomida 3000 ayl/min. da aylantirib turgan holda ajratiladi.
Oqsilni pastasimon cho‘kmasi vakuum - quritish shkafida 450S temperaturada namligi 10-11% bo‘lguncha quritiladi.
Hisoblash quyidagi formuladan foydalaniladi:
Hisoblash Oqsil izolyatini xaqiqiy namlikdagi chiqishi,%

Bunda, m1- quruq izolyat kukuni massasi, g; m2 -yog‘sizlangan urug‘ massasi, g.
Laboratoriya ishi-3
Ozuqa oqsilining nisbiy biologik qiymatini aniqlash
Biologik qiymat deb, o‘sayotgan organizmdagi oziq-ovqat bilan birga kirgan azotni saqlanish darajasi yoki organizmda azot muvozanatini saqlagan holda, uni o‘zlashtirilishini miqdorini bir me’yorda saqlashni ta’minlash tushiniladi. Bu esa oqsillarning aminokislota tarkibiga va ularni strukturasiga bog‘liq bo‘ladi. Oqsillarni biologik qiymatini aniqlashni bir necha usullarda olib borilishi mumkin. Bu usullar zamirida, organizmni o‘sish tezligini va organizmda azotni ushlanib qolish darajasini aniqlash yoki azot balansini nazorat qilish va to‘qimalarni regeneratsiyaga uchrash qobiliyatini aniqlash yotadi.
Oqsillarning biologik qiymati aniqlash prinsipi yoki hisoblash usulidan kat’iy nazar absolyut qiymatda emas, balki nisbiy birliklarda (%da) standart oqsilni ko‘rsatgichlariga nisbatan ifodalanadi. Standart oqsil sifatida tuxum oqsili yoki sigir suti oqsili (kazein) qabul qilingan.
Oqsillarning nisbiy biologik qiymatini eksperimental aniqlash yirik hayvonlardan tashqari, mikroskopik infuzoriyalar Tetraximena piriformis (Tetra chymena pyryphormis) da ham olib borilishi mumkin.
Oqsil mahsulotlarini nisbiy biologik qiymatini A.D Ignatev va uning xodimlari ishlab chiqqan usul bo‘yicha aniqlanadi.
Tetrachymena pyryphormis infuzoriyasi ikkilamchi xazm qilish xususiyatiga ega: kislotali va ishqorli. Uning ko‘pgina fermentativ sistemasi murakkab hayvonlarning fermentativ sistemasiga o‘xshash, va uning o‘sishi uchun hamma o‘rni qoplanmaydigan aminokislotalar zarur bo‘ladi. Murakkab hayvonlar va Tetra chymena pyryphormis larni yashash jarayonidagi umumiy o‘xshashlik uni hayvonlarni oziqlanishi, o‘sishi va ulardagi modda almashinishini o‘rganish uchun test –ob’ekt sifatida keng qo‘llanishiga sabab bo‘ldi. Tetrachymena pyryphormis infuzoriyasining qo‘lay sharoitda tez o‘sishi va mikroskopik o‘lchami, qisqa vaqt ichida, aniq, to‘g‘ri statistik ma’lumotlar olish imkonini yaratadi. Bu ma’lumotlar murakkab hayvonlar ustida o‘tkazilgan tajribalardagi ma’lumotlarga mos keladi.
Bu usulni asosi qilib, ma’lum bir vaqt ichida, bir xil sharoitda ozuqaga standart oqsil (kazein) va aniq bir azot miqdoriga ega bo‘lgan aniqlanayotgan namuna qo‘shib, hosil bo‘lgan infuzoriyalar soni aniqlab olinadi. Natijalar %da ifodalanadi.

Download 108.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling