Oziq-ovqat kimyosi


Download 6.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/143
Sana13.09.2023
Hajmi6.17 Mb.
#1676389
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143
Bog'liq
6423d7da89efd

 
 


117 
6.2. Vitaminlar klassifikatsiyasi 
 
Polshalik olim Kazimir Funk 1912 yilda sholi kepagidan sof holda 
kimyoviy modda ajratib olgan bo‘lib, bu modda “beri-beri” kasalligini 
juda tez davolash qobiliyatiga ega bo‘lgan. Tarkibida amin guruhi 
bo‘lganligi sababli uni “Vita amine”, ya’ni vitamin deb atashgan. 
Vitamin so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, hayot uchun zarur amin degan 
ma’noni bildiradi. Ushbu kimyoviy modda vitamin B
1
edi. 
O‘tgan deyarli 90 yil ichida dunyoda 40 ga yaqin oshiq vitaminlar 
va vitaminlarga o‘xshash moddalar kashf qilindi. Ular biologik faol 
moddalar 
hisoblanib, jismoniy 
va aqliy 
mehnat qobiliyatini, 
organizmning kasalliklarga chidamliligini oshiradi; uning normal 
rivojlanishini ta’minlaydi; modda almashuv va boshqa biologik 
jarayonlarda ishtirok qiladi. 
Vitaminlar odam organizmida sintez qilinmaydi. Shu boisdan ular 
organizmga oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida tushishlari kerak. Oziq-
ovqat mahsulotlari tarkibida vitaminlarning doimo yetishmasligi yoki 
bo‘lmasligi organizmdagi biologik jarayonlarning buzilishiga va natijada 
turli xil kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. 
Ovqatlanish ratsionlarida vitaminlarning yetishmasligi sababli 
paydo bo‘ladigan kasalliklar gipovitaminoz, bitta yoki bir necha 
vitaminlarning oziq-ovqat mahsulotlarida doimo bo‘lmasligi sababli 
kelib chiqadigan kasalliklar esa avitaminoz deb ataladi. 
Gipovitaminoz va avitaminoz kasalliklari vitaminlarning oziq-
ovqat mahsulotlarida odam organizmi talablarini qondiradigan miqdorda 
bo‘lgan hollarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Buning asosiy sababi 
mahsulotlarni uzoq va noto‘g‘ri saqlash va ularga ishlov berish davrida 
vitaminlarning kamayib yoki butunlay parchalanib ketishi, hamda 
taomlar tayyorlash uchun xomashyolarning noto‘g‘ri tanlanishidir. 
Markaziy Osiyo respublikalarida vitaminlarning odam organizmida 
yetishmaslik sabablaridan yana biri – atrofdagi havoning baland harorati 
va ultrabinafsha nurlarining ko‘pligidir. Ma’lumki, yoz paytida 
Markaziy Osiyo respublikalarida harorat hatto soyada 40
o
C gacha 
ko‘tariladi. Bunday haroratda suv singari ichimliklar ko‘p iste’mol 
qilinadi. Iste’mol qilingan suyuqlikning aksariyati organizmdan ter 
sifatida chiqib ketadi. Ter bilan birga suvda eriydigan vitaminlarning bir 
qismi ham chiqib ketadi. Shu sababli ularning organizmda yetishmaslik 
hollari kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, ultrabinafsha nurlar 


118 
ta’sirida mahsulot tarkibidagi yoki odam organizmidagi ba’zi vitaminlar 
butunlay parchalanib ketadi. 
Vitaminlar 
o‘zlarining bir necha xususiyatlariga qarab 
klassifikatsiyalanadi. Ilmiy va o‘quv adabiyotlarda ularning suvda va 
yog‘da erish xossalari bo‘yicha guruhlarga bo‘lish qabul qilingan (11-
jadval). 
Jadvalda 
keltirilgan 
ma’lumotlardan 
ko‘rinib 
turibdiki, 
vitaminlardan tashqari vitaminga o‘xshash moddalar ham borligi 
aniqlangan. Vitaminga o‘xshash moddalarning vitaminlardan ajratib 
turadigan belgisi ularning odam organizmi uchun almashilmaydigan 
darajasining noaniqligidir. Vitaminlarning eruvchanligi bo‘yicha 
bo‘linishi 20-jadvalda keltirilgan. 
20-jadval 
Vitaminlarning eruvchanligi bo‘yicha bo‘linishi 
Suvda eriydigan asosiy 
vitaminlar 
Yog‘da eriydigan 
asosiy vitaminlar 
Vitaminlarga o‘xshash 
asosiy moddalar 
Vitamin C 
(askorbin kislota) 
Vitamin PP 
(bioflavanoidlar) 
Vitamin B
1
(Tiamin) 
Vitamin B

(riboflavin) 
Vitamin B

(piridoksin) 
Vitamin PP (nikotin kislota) 
Vitamin B
12 
(sianokobalamin) 
Foliy kislota 
Vitamin B

(pantoten kislota) 
Vitamin H (biotin) 
Vitamin A 
Vitamin D 
(kalsiferollar) 
Vitamin E 
(Tokoferollar) 
Vitamin K 
Xolin 
Mioinozit 
(inozit,mezinozit) 
Vitamin B
9
Lipoy kislota 
Vitamin 15 
(pangam kislota) 
Orat kislota 
Ba’zi asosiy vitaminlarning kimyoviy formulalari quyida 
keltirilgan: 

Download 6.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling