«Oziq-ovqat kimyosi»faning oziq –ovqat sanoatida tutgan o`rni. Sut, go`sht, meva va sabzavotlar, konserva, vino va pivochilik misolida

Download 11.5 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi11.5 Kb.
#1592121
1   2   3   4   5
Bog'liq
oziq ovqat kimyosi

Pivo ishlab chiqarish uchun birdan bir boshoqli don arpa hisoblanadi. Arpa doni tarkibidagi ekstraktiv moddalar eritmaga spirtli achishning yaxshi borishi uchun kerakli miqdorda o’tib unga o’ziga xos yoqimli hid va ta’m bag’ishlaydi. Eng yaxshi don ikki qatorli, o’suvchanligi 90-95 % bo’lgan, po’stloqdor (po’stlogi don massasining 10% dan kam bo’lmagan) don hisoblanadi. Pivo ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan arpa doni tarkibida 60% dan kam bo’lmagan miqdorda kraxmal va 9,0-11,5% miqdorida oqsil bo’lsa, bunday donlar eng qimmatli hisoblanadi.

Arpa donidan tashqari pivo ishlab chiqarishda pivoning ekstraktivligini oshirish uchun guruch, makkajo’xori, bugdoy, soya, qand va glyukoza kabi xom ashyolar ham ishlatiladi.

Pivo ishlab chiqarish texnologiyasi uning sifatini shakllanishda katta rol o’ynaydi. Pivo ishlab chiqarishdagi quyidagi asosiy jarayonlarni ko’rsatib o’tish mumkin: arpadan solod tayyorlash; pivo atalasini (suslo) tayyorlash; atalani pivo achitqilari yordamida achitish; pivoni etiltirish; filtrlash va qadoqlash.

Pivo atalasi (susla) tayyorlash. Pivo atalasini tayyorlash arpa solodini tayyorlash va uni maydalash, suv bilan ezish, atalani xmel bilan birigalikda qaynatish kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Ishlatishdan avval solod maxsus polirovka qiladigan va mag’nit jihozlaridan o’tkazilib tozalanadi. Natijada solodning tozaligi yaxshilanib, undagi ekstraktiv moddalarning hissasi birmuncha ortadi. So’ngra tayyorlangan solod kraxmalning qandga aylanishini va ekstraktiv moddalarning chiqishini tezlashtirish uchun obdon maydalanadi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling