«Oziq-ovqat kimyosi»faning oziq –ovqat sanoatida tutgan o`rni. Sut, go`sht, meva va sabzavotlar, konserva, vino va pivochilik misolida


Download 11.5 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi11.5 Kb.
#1592121
1   2   3   4   5
Bog'liq
oziq ovqat kimyosi

konserva

Konserva (lot. conservare — saqlamoq) — hayvon yoki oʻsimlik mahsulotlaridan maxsus ishlov berilib, uzoq muddat saqlash uchun tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari. Jahonda K.ning 1000 dan ortiq xili ishlab chiqariladi. K. goʻsht, goʻsht-oʻsimlik, sut, baliq, sabzavot, meva va boshqalardan tayyorlanadi. Konservalash oziq-ovqat mahsulotlar toʻyimliligini saqlashga yordam beradi. Koʻpincha, ortiqcha qismlari (qobigʻi, urugʻi, suyagi, tomiri va h.k.) olib tashlanishi, moy va shakar qoʻshilish hisobiga mahsulotlarning toʻyimliligi oshadi. Konservalangan mahsulotlarning vitamini qisman (5— 7%) kamayadi. K. buzilib qolmasligi uchun salqin va quruq joyda saqlanishi lozim. K.tayyorlanadigan apparatlarning koʻpi avtomatlashtirilgan.

vinochilik

Yosh vino yaxshi etilgan vinolar sing’ari xususiyatlariga ega emas. Shu sababli bunday etilishini tezlashtirish va unda ro’y beradigan salbiy jarayonlarning oldini olish maqsadida vino qayta ishlanadi.

Avvalo drojlardan xalos etilgan har xil vinolar bir xil xususiyat berish uchun bir-biri bilan aralashtiriladi. Keyin vino tindirib qo’yiladi va cho’kmalardan ozod etish maqsadida boshqa idishlariga quyiladi. Bu erda yosh vino kislorod bilan to’yinadi va bu kislorod vinodagi oshlovchi va rang beruvchi moddalarning oksidlanishini tezlashtiradi. So’ngra vinolarni mexanik aralashmalardan tozalash uchun ular filtrlanadi va markazdan qochma kuch yordamida ishlanadi.

Keyin esa vinolarni tiniqlantirish jarayoni o’tkaziladi. Vinolarning tiniqligini ta’minlash maqsadida ular jelatin, baliq kleyi, kazein, tanin kabi moddalar qo’shib ishlanadi.

Vinolarning tiniqligini ta’minlashda ularni sariq qon tuzi – K4G’e(SN)6 bilan qo’shib ishlash ham juda muhim hisoblanadi. Sariq qon tuzi vinodagi ahamiyatsiz birikmalar bilan reakstiyaga borib, uning ta’mini yaxshilashga va tiniqligini ta’minlashga xizmat qiladi. Masalan, metal tuzlari bilan reakstiyasini quyidagicha yozish mumkin.

3 K4G’e(SN)4 + 4G’eSl3 = G’e4 [G’e(SN)6]3 + 12KCl


Download 11.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling