O’zg.
Varoq
Varoq
Xujjat
Imzo
Sana
Sanoat korxonalaridan atmosferaga tashlanayotgan changlar turli shaklga,
o‘lchamga, zichlikka yega bo‘lganligi uchun, ularni turli usullar yerdamida tozalab
olinadi.
Havoni changdan tozalashning quyidagi usullari mavjuddir,
1) gravitatsion usuli
2) quruq inertsion va markazdan kochma kuch asosida tozalash usudi
3) xo‘llash usuli
4) filtrlash usuli
5) yelektrostatik usul
6) tovush va ultratovush yordamida koagullash usuli.
Oziq-ovqat sanoatida suv-xom ashyo, yerituvchi, reaktsion muhit, yekstragent,
absorbent sifatida, moddalar, uskunalarni sovitish va isitishda, tayyor maxsulotlarni va
uskunalarni yuvishda ishlatiladi.Texnologik jarayonlarda ishlatilgan suv turli xil
moddalar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarishdagi oqova
suvlar kislota, ishqor va tuzlar bilanifloslanadi: neftni qayta ishlash korxonalarning
suvlari -neft maxsulotlari, yog, moy, fenol, sirt-aktiv moddalar bilan ifloslangandir;
plastmassa buyumlarini ishlab chiqarish korxonalarining suvlari tarkibida monomerlar,
yuqori-molekulyar birikmalar, sakich va h.k. moddalar bor.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qo‘yiladigan talablar
Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari)
ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib
kelmasligi lozim.
Donni saqlash va qayta ishlash jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni
oqava suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi
ehtimolini istisno etadigan sharoitlar ta’minlanishi kerak.
Tashkilotlarda chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va
chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar
bo‘shatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |