Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi kafedrasi
Download 1.23 Mb.
|
aziza miyleva
Zanjirli uzatmalar
Zanjirli uzatma maxsus tuzilishdagi ikkita tishli g’ildirak (yulduzcha) va ularga kiydirilgan cheksiz zanjirdan tuzilgan bo’ladi. Mashinasozlikda zanjirli uzatmalarning xarakatga keltiruvchi mexanizm - yuritma, yuk tashish va tortish uchun muljallangan turlari ishlatiladi. Uzatma turlarining xar birida uziga mos zanjir ishlatiladi. Yuk tashish uchun ishlatiladigan zanjirlar xarakat tezligi katta bulmagan yuk kutaruvchi mexanizmlarda yukni osib kuyish va uni kutarib-tushirish uchun xizmat kiladi. Zanjir zvenolarining birlashtiradigan valiklar orasidagi masofani kursatuvchi kursatkich kadam deyiladi. Zanjirli uzatmalarning afzalliklari: a) xarakatni nisbatan (tishli uzatmalarga karaganda) uzok masofaga uzata oladi - vallar orasidagi masofa 5 m ga etadi; b) foydali ish koeffitsienti etarli darajada yuqori; v) vallarga tushadigan kuch tasmali uzatmalardagiga karaganda kichik; g) zanjirlar ishlash printsipi asosida ishlaganligi tufayli sirpanish xodisasi ruy bermaydi, natijada uzatish soni kat’iy qiymatga ega bo’ladi. Bunday uzatmalarning kamchiliklari jumlasiga quyiagilarni kiritish mumkin: a) tannarxi yuqori; b) yulduzchalar tayyorlash birmuncha murakkab; v) e’tibor bilan karab turishni va sinchiklab montaj kilishni talab etadi; g) zanjir elementlarining eyilishi zvenolar uzunligining ortishiga va kushimcha dinamikaviy kuchlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi, bu esa uzatmaning notekis ishlashiga olib keladi. Zanjirli uzatmalar kishlok xujaligi mashinalarida, transportda va ximiya sanoatida, stanoksozlikda xamda kutarish-tashish mashinalarida tasmali uzatmalardan foydalanish etarli darajada ishonchli bulmagan xollarda ishlatiladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling