Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi kafedrasi
Zanjir va yulduzchalarning tuzilishi
Download 1.23 Mb.
|
aziza miyleva
Zanjir va yulduzchalarning tuzilishi
Hozirgi vaktda mashina va mexanizm yuritmalarida ishlatiladigan vtulka-rolikli, vtulkali va tishli zanjirlarning xamma o’lchamlari standartlashtirilgan va ular ixtsoslashtirilgan zavodlarda ishlab chiqariladi. Zanjir yulduzchaga roliklar vositasida ilashadi. Rolikning yulduzcha tishiga tekkanda aylanib ketishi sirpanib ishkalanishini dumalab ishkalanishga aylantiradi. Bu xol tishlarning yoyilishini susaytiradi va uzatma ishini yaxshilaydi. Katta tezlik va nagruzka bilan ishlaydigan uzatmalarda bunday zanjirlarning ko’p katorli turi ishlatiladi. Vtulkali zanjirning vtulka-rolikli zanjirdan farki shuki, unda vtulka ustiga kiydirilgan rolik 5 bulmaydi. Buning natijasida zanjirning ogirligi va tannarxi kamayadi. Birok vtulkali zanjirning xamda u bilan ilashishda bo’lgan yulduzchalarning tishlari nisbatan tez eyiladi. Shuning uchun ulardan kam nagruzkali va xarakat tezligi nisbatan kichik uzatmalarda foydalanish tavsiya etiladi. Tishli zanjirlar ikki uchida tishga uxshagan chikiklari bo’lgan plastinkalar majmuidan iborat. Yulduzchalarning tishlari plastinka chikiklari orasiga joylashgan xolda ilashishda bo’ladi. Bunday zanjirlarning afzalligi shundaki, qadami o’zgartirilmagan xolda plastinkalar sonini oshirib, zanjir enini talab etilganicha kattalashtirish mumkin. Shuning uchun bu xildagi zanjirdan katta quvvat uchun muljallangan uzatmalarda foydalaniladi. Tishli zanjirlar plastinkalarining konstruktsiyasi xar xil bo’ladi. Plastinkalar orasidagi asosiy fark ular uchun muljallangan sharnirning tuzilishidadir. Sharnirlar sirppanib ishkalanish yoki dumalab ishkalanish printsipi asosida ishlaydigan qilib tayyorlanadi. Zanjirli uzatmalarda foydalaniladigan yulduzchalarning tuzilishi tishli g’ildiraklarning tuzilishiga ko’p jixatdan uxshash bo’ladi. Yulduzchaning bo’lish diametri u bilan ilashishda bo’lgan zanjir valiklarining markazidan utadi va qiymati quyiagicha aniqlanadi: Tishli zanjirning tuzilishi shundayki, uzatma yulduzcha bilan ilashishda bo’lganda valik markazlaridan o’tgan aylana yulduzchaning tashqarisida joylashadi. Lekin bu aylananing diametrini xam ifoda yordamida aniqlash mumkin. Bo’lish diametri aniq bo’lgach, yulduzchaning kolgan geometrik o’lchamlari tegishli standartlardan olinadi. Odatda, zanjir elementlari xamda yulduzchalar uglerodli yoki legirlangan po’latlardan (15, 20, 20X, 40X, 45 va boshka markali po’latlardan) tayyorlanadi va eyilishga chidamliligini oshirish maksadida ular termik ishlanadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling