Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi kafedrasi


Download 1.23 Mb.
bet17/31
Sana08.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#242790
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
aziza miyleva

Tishli uzatmali reduktorlar

Bu reduktorlardan eng ko’p ishlatiladigani tsilindrik g’ildirakli reduktorlardir. Chunki bunday reduktorlar uzata olishi mumkin bo’lgan quvvat kichik bo’lgan miqdorlardan tortib juda katta miqdorgacha bo’ladi, tuzilishi va tayyorlanishi oddiy, chidamliligi esa etarli darajada yuqori. Odatda, uzatish soni U≤6,3 bo’lishi talab etilgan xollarda bunday reduktorlarning bir pogonali xilidan foydalanish tavsiya etiladi. Ko’pincha, mashinasozlikda uzatish soni U≤40 bo’lgan ikki pogonali reduktorlar ishlatiladi. Uch pogonali reduktorlardan esa U≤400 bo’lgan xollarda foydalaniladi. Ikki pogonali reduktorlardan eng ko’p ishlatiladigani g’ildiraklar ketma ket joylashgan reduktorlardir.Bunday reduktorlarning afzalligi ularning oddiyligidir. Birok, g’ildiraklarning tayanchga nisbatan notekis, nosimmetrik joylashuvi nagruzkaning tish uzunligi bo’ylab notekis taksimlanishi sabab bo’ladi. Natijada g’ildiraklarning va tayanchlarning ishlash sharoiti yomonlashadi. Bu xolatni bartaraf kilish maksadida g’ildiraklari tayanchlarga nisbatan simmetrik joylashgan reduktorlardan foydalaniladi.Reduktor korpuslarining uzunligini kamaytirish maksadida ukdosh reduktorlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday reduktorlarning asosiy kamchiligi ayrim val tayanchlarining reduktor ichida joylashtirilishidir. Tayanchlarning bunday joylashuvi birinchidan, konstruktiv nokulaylik tugdirsa, ikkinchidan, tayanchlarning xolatini nazorat qilib turishni kiyinlashtiradi. Umuman olganda, uzatish soni katta qiymatlarga ega bo’lishi talab qilingan xollarda planetar uzatmali reduktorlarning ishlatilishi ma’qul.Bordiyu, vallari uzaro tik bo’lgan reduktorlardagi uzatish sonining birmuncha katta miqdorda bo’lishi talab etilsa, bunday xollarda tsilindrik va konussimon gilidiraklardan tashqil topgan ko’p pogonali


reduktorlar ishlatiladi. Reduktorlarda ishlatiladigan vallarning kattikligini yaxshilash usulida NV 270 dan 300 ga etkaziladi. Diametri 80 mm gacha bo’lgan vallarni 45 po’latidan, diametri 80mm…120mm bo’lgan vallarni 40X po’latidan va diametri 125…200mm bo’lgan vallarni 45XTS; 40XN; 35XM po’latlardan tayyorlash tavsiya etiladi. Vallarning tayanchlari sifatida asosan yumalash podshipniklaridan foydalaniladi. Odatda, xarorat bir tayanchda bittadan yumalash podshipnigi ishlatiladi. Engil va o’rtacha nagruzka bilan ishlaydigan reduktorlardagi val tayanchlaridagi sharikli podshipniklar o’rtacha va ogir nagruzka bilan ishlaydigan reduktorlardagi va tayanchlarida esa rolikli podshipniklar ishlatiladi. Reduktorning tishli g’ildiraklari albatta moylanishi kerak. Uni ta’minlash uchun reduktorning karter deb ataladigan pastki qismiga moy quyiladi. Moyning satxi g’ildirak kamida 3-4 modulga teng masofaga botib turadigan bo’lishi lozim. Uni ta’minlash uchun odatdagi reduktorlarga xar bir kVt quvvatga muljallab 0,4…0,7l miqdorda moy quyiladi.


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling