Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi kafedrasi
Download 1.23 Mb.
|
aziza miyleva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochiq uzatmalar (zanjirli, tasmali)
Zanjirli konveyerlar
Zanjirli konveyerlar yuqori haroratli o’ta-qo’pol katta donali yuklarni va lentali konveyerlar yashiy olmaydigan yuklarni tashish uchun ishlatiladi. Tortuvchi jism sifatida har xil turdagi plastinkaliva payvand zanjirlar qo’llaniladi. Odatda, plastinkali,vutulka-rolikli zanjirlar ko’proq ishlatiladi. Zanjirli konveyerlarda har xil yuklarni tashish uchun plastinkalar, qirg’ichlar, ballonchalar, cho’michlar, aravachalar, maxsus qisqichlar va hokazolar, o’rnatiladi. Ochiq uzatmalar (zanjirli, tasmali) Ma’lumki, mashina va mexanizmlarni xarakatga keltirish uchun avvalo biror energiya manbai bo’lishi kerak. Energiya manbai sifatida ichki yonuv dvigateli, bug mashinasi, elektrik dvigatellardan foydalanish mumkin. ko’pincha, energiya manbai sifatida foydalaniladigan uzellarning ishlash xarakteri ish bajaruvchi qismga qo’yilgan talablardan fark kiladi. Masalan, avtomobilni turgan joyidan kuzgatish vaktida uning g’ildiraklaridagi burovchi moment katta qiymatga ega bo’lishi kerak. Bunga g’ildirakning aylanish chastotasini kamaytirish xisobiga erishiladi. Avtomobilga o’rnatilgan ichki yonuv dvigateli aylanish chastotasining nominal qiymati esa nisbatan o’zgarmas bo’ladi. Demak, avtomobilni nominal xarakatini ta’minlash uchun, ma’lum aylanish chastotasi bilan ishlab turgan dvigateldan foydalanilgani xolda, g’ildirak tezligini boshkarish va lozim bo’lgan takdirda xarakat yo’nalishini o’zgartirish zaruryati tug’iladi. Avtomobillarda bunday vazifani o’taydigan uzel tishli g’ildiraklardan tuzilgan uzatma, ya’ni tezliklar kutisidir. Ko’pchilik elektrik dvigatellarning ishlash rejimi xam mashinaning ish bajaruvchi qismini ishlash rejimidan farq qiladi. Ularni bir - biriga moslash ishi xam turli uzatmalar vositasida amalga oshiriladi. Shunday qilib, energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi orligida joylashib, ularni uzaro boglovchi xamda xarakatni talab qilingandek boshkarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalar deb ataladi. Mashinasozlikda mexanikaviy, elektrik, pnevmatik va gidravlik uzatmalardan foydalaniladi. Ularning eng ko’p ishlatiladigani mexaniqaviy uzatmalardir. Bu uzatmalar aloxida va boshka tur uzatmalar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. Mashina detallari kursida, asosan mexanikaviy uzatmalar o’rganiladi. Boshqa tur uzatmalar xaqidagi ma’lumotlar maxsus kurslarda batafsil beriladi.Mexanikaviy uzatmalar ikki turga bo’linadi: 1)ishqalanish xisobiga ishlaydigan uzatmalar (friktsion va tasmali uzatmalar); 2) ilashish xisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli, chervyakli va zanjirli uzatmalar). Demak, mexanikaviy uzatmalarni tashkil etuvchi asosiy detallar o’zaro tegib turadi yoki egiluvchan zveno (tasma, zanjir) orqali bog’langan bo’ladi. Bundan tashqari, mexanikaviy uzatmalar vallarning uzaro joylashishiga karab, parallel, kesishgan, ayqash valli turlarga, uzatish sonining o’zgarishiga qarab esa uzatish soni o’zgarmas, pogonali o’zgaruvchan va pogonasiz o’zgaruvchi xillarga bo’linadi. Ishqalanish xisobiga ishlovchi uzatmalarning asosiy detallari (g’ildirak, shkiv va boshka kabilar) sillik sirtga, ilashish xisobiga ishlaydigan uzatmalarning asosiy detallari (tishli g’ildirak, shkiv va boshka kabilar) esa katta burovchi momentning uzatilishini ta’minlaydigan tishlarga ega bo’ladi. Uzatmalarda energiya manbaidan energiyani bevosita qabul qilib oluvchi val etaklovchi val deb, bu valdan energiyani qabul qilib, ish bajaruvchi qismga uzatuvchi val esa etaklanuvchi val deb ataladi. Agar uzatma bir necha pog’onali bo’lsa, xar bir pog’onaning birinchi va oxirgi vallarining quvvati xamda aylanishlar chastotalari berilgan bo’lishi kerak. Birinchi va oxirgi vallardagi quvvat xamda tezliklar uzatmaning asosiy xarakteristikasidir. Bundan tashqari, uzatmalarning foydali ish koeffitsienti xamda uzatish soni ularning ishini xarakterlovchi ko’rsatkichlardan xisoblanadi. Uzatmalarni foydali ish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi. bu erda Nu – xarakatni etakchi valdan etaklanuvchi valga uzatishda zararli qarshiliklar mavjudligi natijasida isrof bo’lgan quvvat. Agar etaklovchi valning aylanish chastotasi n1, etaklanuvchi valniki n2 bo’lsa, u xolda, uzatish soni quyidagicha ifodalanadi. Energiya oqimining yo’nalishidan qat’i nazar, istalgan ikki val burchak tezliklarining nisbatlari uzatish nisbati deyiladi: bu erda 1 va 2 – birinchi va ikkinchi valning burchakli tezliklari, rad/s xisobida. Uzatish nisbati umumiy tushincha bo’lib, birdan katta, kichik yoki birga teng bo’lishi mumkin. Uzatish soni esa, asosan, katta qiymatli aylanishlar chastotasining kichik qiymatli aylanishlar chastotasiga nisbatiga teng bo’lgani uchun u aksariat birdan katta bo’ladi; Ayrim xollarda uzatish soni xam birga teng bo’lishi mumkin. Ko’pchilik mexanikaviy uzatmalardan birinchi valning aylanish chastotasi kolgan vallarning aylanishlar chastotasidan katta bo’lgani uchun, xisoblashda asosan uzatish soni tushunchasidan foydalaniladi. Valdagi quvvat va aylanishlar chastotasi ma’lum bo’lgan xollarda ulardagi burovchi moment quyiagicha aniqlanadi; bu erda N1 va N2 quvvatlar Vt xisobida; tezliklar 1va 2 rad/ s yoki va bu erda N1 va N2 - quvvatlar, kVt; n1 va n2 - aylanishlar chastotasi , min-1. T2 momentni T1 momentga bo’lsak, kelib chiqadi, bundan esa bo’ladi. SHunday qilib, uzatish sonini kuydagicha ifodalash mumkin: Agar uzatma bir necha pogonali bo’lsa, uning umumiy uzatish soni: U=u1∙u2…. bo’ladi, bu erda u1,u2 va u0-birinchi, ikkinchi va oxirgi pog’onalar uchun ayrim-ayrim topilgan uzatishlar soni; n0-oxirgi valning aylanishlar chastotasi.Ko’p pog’onali uzatmalar bir turdagi uzatmalardan tuzilgan bo’lishi shart emas. Masalan, tasmali, chervyakli va tishli uzatmalar birgalikda ko’p pogonali bitta uzatmani xosil kilishi mumkin. Mashinasozlikda uzatmalar katta axamyatga ega. Shuning uchun ularni urganish , yangi turlarini yaratish va mavjud turlarini takomillashtirish masalalariga katta e’tibor berilmoqda. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling