Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi kafedrasi


Download 1.23 Mb.
bet9/31
Sana08.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#242790
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
aziza miyleva

Yassi tasmali uzatmalar

Bunday uzatmalarda ishlatiladigan tasmalarning ko’ndalang kesimi yon yogi eniga karaganda sezilarli darajada kichik bo’lgan to’g’ri turtburchaklikdan iborat. Shuning uchun xam ular yassi tasmalar deb ataladi. Yassi tasmalar sanoatda, mashinasozlikda juda ko’p

ishlatiladi. Ular xar xil materiallardan eni 15 mm dan 1200 mm gacha qilib ishlab chiqariladi. Tasmalarning asosiy turlari charm, ip gazlama, jun va rezinalardan tayyorlanadi. Bu tur tasmalarning o’lchamlari standartlashtirilgan bo’lib, markazlashtirilgan xolda ishlab chiqariladi. Rezinalangan tasmalar. Bu turdagi tasmalar sanoatda eng ko’p tarqalgan. Ular nisbatan chidamli bo’lib, 30 m/s gacha tezlik bilan xarakatlanadigan uzatmalarda ishlatiladi. Bu tasmalar vulkanizatsiyalangan rezinalar yordamida bir-biriga yopishtirilgan bir necha kavat gazlamadan tuzilgan. Bu turdagi tasmalarning asosiy kamchiliigi shuki, ular yog, kerosin, benzin kabi moddalarda uncha bardosh bera olmaydi. Ularning mustaxkamlik chegarasi ok = 30 - 40 MPa. Charm tasmalar.Bu tasmalarning ishlash xususiyatlari yaxshi bo’lib, ko’pga chidaydi. Ular o’zgaruvchan nagruzka ta’sir etadigan va tezligi 40- 45 m/s bo’lgan uzatmalarda ishlatiladi. Charm tasmalarning kamchiligi shundaki, ularni yuqori temperaturali yoki zax joylarda ishlatib bulmaydi. Ip gazlama tasmalar. Bu tasmalar kam quvvatli, tez xarakatlanuvchi uzatmalarda ishlatiladi. Ularni shkivlarning diametri kichik bo’lgan uzatmalada ishlatish mumkin. Bu tur tasmalar arzon turadi, ammo tez ishdan chikadi, chunki titilib ketadi. Ip gazlama tasmalarga mum, ozokerit kabi moddalar shimdiriladi. Mustaxkamlik chegarasi 50 MPa dan kam bulmaydi. Jun tasmalar. Bu tasmalar quvvati o’rtacha va katta bo’lgan uzatmalarda ishlatiladi. Jun tasmalar egiluvchan bo’lganligi tufayli ularni notekis sikl bilan va tusatdan o’zgaruvchan nagruzkali uzatmalarda ishlatish ma’qul. Yuqori temperatura, chang, nam va kislota kabilar o’rtacha tuyintirilgan jun tasmalarga ta’sir etmaydi. Yuqorida bayon etilgan tasmalar orasida rezinalangan va charm tasmalar eng yaxshi tortish xususiyatiga ega. Shuning uchun bu tasmalar sanoatda keng kulamda ishlatiladi.


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling