Tasmali uzatmalar
Tasmali uzatmalarning eng oddiysi etaklovchi, etaklanuvchi shkivlardan va ularga taranglik bilan kiydirilgan tasmadan tuzilgan bo’ladi. Etaklovchi shkivdan xarakat va energiya etaklanuvchi shkivga tasma orkali tasma bilan shkiv orasida xosil bo’ladigan ishqalanish kuchi xisobiga uzatiladi. Tasmaning tarangligi, qamrov burchagi va xamdaishkalanish koeffitsienti kancha katta bo’lsa, tasmali uzatmaga shuncha katta nagruzka kuysa bo’ladi.Tasmali uzatmalarda quyiagi afzalliklar bor: 1) tasmali uzatma xarakatni nisbatan katta masofaga uzatish imkoniini beradi; 2) shovqinsiz va ravon ishlaydi; 3) nagruzkaning qiymati tusatdan ortib, zarb bilan ta’sir qila boshlasa, mashinaning asosiy qismlarini sinib ketishdan saqlaydi, chunki nagruzkaning qiymati ma’lum darajada ortadigan bo’lsa, tasma shkivda sirpana boshlaydi; 4) oddiy tuzilgan; 5) uncha qiymat emas.Tasmali uzatmalarning asosiy kamchiliklari jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) tashqi o’lchamlari katta; 2) tasmaning shkiv sirtida sirpanib turishi tufayli uzatish soni o’zgarmas qiymatga ega bula olmaydi; 3) val va tayanchga tushadigan kuch nisbatan katta; 4) tasmaning chidamliligi nisbatan kichik (1000...5000 soat oraligida).Tasmali uzatmalardan avtomobilsozlikda, stanoksozlikda va kishlok xujaligi mashinalarida keng kulamda foydalaniladi. Xozirgi vaqtda ko’ndalang kesimi yassi, ponasimon va doira shaklida bo’lgan tasmalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |