Nazorat uchun savollar
1. Tabiiy va oqava suvlarni tozalash texnologiyasida reagentli koagulyatsiyaning amaliy qo’llanishi.
2. Oqava suvlarni tozalash jarayonida qo’llaniladigan koagulyatlar va flokulyantlar.
3. Oqava suvlarni tozalash jarayonida koagulyat va flokulyantlarning samarali ta’siriga ta’sir etuvchi faktorlar.
4. Oqava suvlarni tozalash texnologiyasida koagulyatlar va flokulyantlarni qo’llash sxemalari.
5. Oqava suvlarni tozalash jarayonida reagentlarni va ularni qo’llash sharoitlarini tanlash uslublari.
LABORATORIYA ISHI-5
OQAVA SUVNI ORGANIK MODDALARDAN ADSORBSIYA USULI BILAN TOZALASH
Ish bajarishdan maqsad
1. Organik moddalarning adsorbent sirtida adsorblanish jarayonini o‘rganish.
2. Tanlangan adsorbentni tozalash darajasini aniqlash.
Ishni olib borish vaqti 4 soat
Vazifa
1. Oqava suvni adsorbsion tozalash.
2. Tozalangan suvni tahlil qilish.
3. δ =f(C) bog‘liqlik grafigini chizish.
4. Adsorbsiya A ning qiymati hisoblab chiqariladi (mol/g).
5. Olingan ma’lumotlar yuzasidan hisobot tayyorlash.
6. Nazorat savollariga javob berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |