Oziq-ovqat texnologiyasi


Download 1.22 Mb.
bet49/50
Sana05.01.2022
Hajmi1.22 Mb.
#234484
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
саноат экологияси қўлланма 2020-21охирги вариант

Kr=Se/Ss

bunda


Se— erigan moddaning ekstragentdagi konsentratsiyasi;

Ss— erigan moddaning suvdagi konsentratsiyasi;

Kr ning qiymatiga qarab erituvchilaming ekstraksion hodisasiga va undan foydalanish ma’qul yoki ma’qul emasligi to‘g‘risida bir xulosaga kelinadi.

b) Haydash va rektifikatsiya. Bu uslub suvning va erigan moddaning qaynash harorati orasidagi farqqa asoslangan. Bunda har ikkala moddani bug'lantirib, keyin yana sovitib suyuqlikka aylantirish natijasida ular bir-biridan ajratib olinadi.

d) Adsorbsiya. Bunda oqava suvlardagi bekorchi qo'shimchalar qattiq moddaning, ya’ni adsorbentning sirtiga shimiladi.

Adsorbent tariqasida aktivlangan ko‘mirlar, sintetik sorbentlar va ba’zi ishlab chiqarish chiqindilari (kul, shlaklar va hokazo) ishlatiladi. Sirti juda katta, g'ovak hamda ko‘p topiladigan bo`lgani uchun aktivlangan ko‘mir eng samarali hisoblanadi.

Oqava suvni adsorbsion tozalaganda adsorbentlar regeneratsiya qilinadi (aktivligi qayta tiklanadi), shunday qilinganda uni ko‘p marta ishlatish mumkin.

Oqava suvda bo‘ladigan ko‘pgina organik moddalar suvning sirt tarangligini kamaytirish xususiyatiga ega, shuning uchun suvda bo‘ladigan organik moddalar miqdorini topishda uning shu xossasidan foydalanish mumkin.



Sirt tarangligi ( δ ) — gaz bilan suyuqlikning ajratib turgan sirtning 1 sm 2 yuzasiga to ‘g‘ri keladigan mo‘l miqdor ozod energiyasidir. Bunday ajratib turgan sirt suyuqlik hajmi ichida bo'ladigan molekulaga ta ’sir etuvchi kuchlar va suyuqlik bilan gaz bir-biriga tegib turgan chegaradagi molekulalarga ta’sir etuvchi kuchlar tengsizligi natijasida yuzaga keladi. Sirt tarangligini topishga imkon beradigan uslublardan biri stalagmometrik uslub hisoblanadi.

Stalagmometr o‘rta qismi kengaytirilgan shisha naydan iborat bo‘lib, ikkala uch tomonlarida o‘lchov belgi chiziqlari bor. Nayning quyi uch tomoni ingichka, ya’ni kapillyar qilib cho'zilgan.




Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling