1.1-jadval
Suvning ta’mi va intensivligini baholash
Baho va ball
|
Hid va ta’m tavsifi
|
0
|
Yo‘q
|
1
|
Juda kuchsiz
|
2
|
Kuchsiz
|
3
|
Sezilarli
|
4
|
Aniq
|
5
|
Juda kuchli
|
Suvning ta’mi uning tarkibida tabiiy yoki oqava suvlar bilan tushadigan moddalar hamda organizmlar hayot faoliyatlari mavjudligi bilan belgilanadi. Ta’mni sifat baholashda asosan 4 ta’m: achchiq, shirin, nordon, sho‘r baholanadi. Ta’mning miqdoriy intensivligi 5 ballik shkala bo‘yicha baholanadi (1.1-jadval).
Ichimlik suvining ta’m intensivligi 2 balldan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Suvning rangi unda erigan va muallaq qo‘shimchalar (temirning kolloid birikmalari, guminli moddalar, rang beruvchi moddalar) borligiga bog‘liq bo‘ladi. Gumin kislotalar va ularning turlar (gumatlar) miqdoriga qarab rang sariqdan jigar ranggacha farqlanadi.
Suvning rangi sifat va miqdor jihatidan aniqlanadi. Suv rangining sifat tadqiqot natijalari so‘z bilan ifodalanadi: rangsiz, ochiq sariq, to‘q jigarrang va hakoza.
Tahlil qilinadigan suv miqdor jihatidan standart eritmalar shkalasiga taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi va boshqalarning shartli darajalarida ifodalanadi. Rang yo‘qligida suv rangsiz hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |