LABORATORIYA ISHI №1
OQAVA SUVLARNING LOYQALIK DARAJASINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Suvning organoleptik ko’rsatkichlarini aniqlash. Оqavа suv nаmunаsi (etаlоn) ning tiniqligini vа kоllоid аrаlаshmаlаrni аniqlаsh usuli bilаn tаnishish
Nazariy asoslari
Suv sifatini me’yorlashtirish suvli ob’ektning suv uchun mumkin bo‘lgan tarkib va xususiyat ko‘rsatkichlarini belgilashdan iborat bo’lib, bunda aholi sog‘ligi, suvli ob’ektning ekologik tozaligini e’tiborga olish kerak. Xo‘jalik-ichimlik, kommunal-maishiy va baliq xo‘jaliklari uchun suv havzalaridagi suvning tarkibiga va xususiyatlariga qo‘yiladigan umumiy talablar suv havzalarini qo‘riqlash qoidalari bilan belgilangan. Xo‘jalik ichimlik suvi xo‘jalik ichimlik suv ta’minoti uchun hamda oziq-ovqat sanoati korxonalarini suv bilan ta’minlashda ishlatiladi. Kommunal-maishiyga cho‘milish, sport bilan shug‘ullanish va aholi dam olishi uchun foydalaniladigan ob’ektlar kiradi.
Barcha suv foydalanuvchilar uchun birinchi navbatda suv sifatining fizik ko‘rsatkichlari reglamentlanadi. Suvning fizik xususiyatlari deganda uning organoleptik xususiyatlari tushuniladi:
-hidi;
-ta’mi;
-rangi;
-shaffofligi;
-harorati;
-zichligi;
-qovushqoqligi.
Suvning hidi tabiiy (o‘tli, botqoqli, yog‘ochli va hakoza) va sun’iy tabiatli-korxona oqava iflos suvlari bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin. Hidni sifat jihatidan baholashda uning xarakteri aniqlanadi va so‘z bilan baholanadi (o‘tli, loyqali, oltingugurtli, xlorli, uglevodorodli, dimiqqan). Hid intensivligini baholash 5 ball shkala bo‘yicha olib boriladi (1.1-jadval). Normal suvning 20 0Cdagi hidi intensivligi mavjud me’yorlarga asoslanib, 2 balldan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |