1.3-jadval
Suv hidini aniqlash natijalari
Namuna raqami
|
Baholash ko‘rsatkichlari
|
Hid xarakteri
|
Hidning intensivligi
|
1
|
|
|
2
|
|
|
2 -tajriba ishi. Suvning rangliligini aniqlash
Kerakli material va jihozlar: 200 sm3 diametri 30 mm sig’imli rangsiz silindrlar, 10 sm3 sig‘imli silindrlar, zich filtrlar, gradiurlangan pipetkalar, o‘lchov stakani, konsentrlangan sulfat kislota H2SO4, №1 asosiy eritma, № 2 yordamchi eritma yoki ularni tayyorlash uchun reaktivlar: kaliy bixramat K2Cr2O7 va kobolt sulfat CoSO4ˑ7H2O, distillangan suv, suv namunalari.
Ishning borishi:
Suv rangliligini sifatli aniqlash uchun tekshirilayotgan suvning 40 - 50 sm3 miqdori qog‘oz filtrda filtrlanadi. Filtlangan suv rangsiz silindrga solinadi va huddi shu hajmli distillangan suv bilan taqqoslanadi. Taqqoslash oq qog‘oz fonida kunduzgi yorug‘likda olib boriladi. Suv yuqoridan va yon tomonidan kuzatiladi, ko‘ringan rang belgilanadi (rangsiz, och sariq, qo‘ng‘ir). Suv rangining intensivligi xromat koboltli shkala bo‘yicha aniqlanadi. Ranglilik shkalasi № 1 eritma (asosiy) va №2 eritma (yordamchi)larni aralashtirish yo‘li bilan tayyorlanadi.
№ 1 eritma tayyorlash uchun ozgina distilllangan suvda alohida idishlarda 0,0875 g kaliy bixromat K2Cr2O7 va 2 g kobolt sulfat eritiladi. Tuzlarning eritmalari qo‘shib aralashtiriladi. 1 sm3 konsentrlangan sulfat kislotasi qo‘shiladi va distillangan suv solib, hajmi 1 dm3 gacha yetkaziladi.
№ 2 eritmada 1 dm3 distillangan suvda 1 sm3 konsentrlangan sulfat kislotasi bo‘ladi. 50 sm3 hajmlarda beshta silindrlarda 1.3-jadvalda ko‘rsatilgan nisbatlarda № 1 va № 2 eritmalarni aralashtirish yo‘li bilan ranglilik shkalasi tayyorlanadi.
Rangni aniqlash uchun shkala tayyorlangan silindrlarga o‘xshashsilindrga №6 tekshirilayotgan suvdan 50 sm3 solinadi. Oq fonda besh silindrdagi eritmalar rangi bilan taqqoslab, rangiga maksimal yaqini aniqlanadi. Rangi 1.3 - jadval bo‘yicha rang darajasida ifodalanadi va tajriba natijalari 1.4- jadvalga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |