Oziq ovqat tovarlari iste`mol xususiyatlari xususiyat


XARIDORLARGA XIZMAT QILISH MADANIYATI


Download 73.12 Kb.
bet8/18
Sana18.06.2023
Hajmi73.12 Kb.
#1585031
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
38-dars-Word-4 (1)

XARIDORLARGA XIZMAT QILISH MADANIYATI
Qo'lida zamonaviy telefon, butun vujudi bilan unga mahliyo bo'lib, mijoz kirib kelganini ko'rmaydi, yoki unga o'zi sotayotgan tovar haqida maʻlumot berishga erinadi - bugun O'zbekiston bozorlarida shunday kartina allaqachon tabiiy holga aylangan
TOShKENT, 3 okt - Sputnik. Bugun xaridorning talabi va istagidan kelib chiqib, mol xarid qilishi uchun bozorda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. O'zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlardan tashqari, chet eldan kirib kelayotgan mollargacha xaridor o'z xohishi va hamyoni imkoniga qarab xarid qilishi mumkin. Shuningdek, eʻtibor bersak, axborot asrida xaridorlarning ham dunyoqarashi, madaniyati bir muncha shakllangan.
Shu bois sotuvchilar mol sotayotganda undan faqat moddiy manafaat ko'zlash emas, balki har bir xaridorning ko'ngliga yo'l topa bilishi, didi, cho'ntagi, xohish istagiga qarab ularga mos bo'lgan tovarni taklif qila olishi kerak. Buning uchun esa sotuvchi o'zi sotayotgan tovarlar haqida batafsil maʻlumotga ega bo'lishi, muomala madaniyati risolada, kerak bo'lsa mijozning kayfiyati bilan hisoblashishga majbur. Zotan, azaldan savdo xodimlari orasida yuritiladigan"Mijoz har doim haq" iborasi ham bejizga emas.
Xo'sh, bugun O'zbekiston bozorlarida faoliyat yuritayotgan sotuvchilarni yuqoridagi talablarga yuz foiz javob bera olishadi deb ayta olamizmi? Afsuski, bunday sotuvchilar barmoq bilan sanarli. Ayniqsa, chet ellik mehmonlar talabi va madaniyatidan kelib chiqib fikrlasak, bugun bozorda faoliyat yuritayotgan aksariyat sotuvchilarning mijozga xizmat ko'rsatish uslubi, ularning qiladigan qo'rs muomalasi O'zbekiston imiji va xalqining madaniyati borasida ijobiy taassurot uyg'otishiga shubha bor. Bunday xulosaga kelish uchun esa istalgan bozorga tushib, kuzatuv va surishtiruv olib borishning o'zi yetarli.

"Nima kerak edi?", "Nima qidiryapsiz?"


Xoynahoy, sarlavhadanoq, gap nimadaligini tushundingiz... Xuddi shunday! Sababi, bugun xaridor savdo do'konlarini shunchaki aylanib, rastalar oldidan erkin o'tolmay qoldi, sotuvchi kutilmaganda uning yo'lini to'sib, "Nima kerak edi?", "Nima qidirvos?", kabi savollarga tutib, bozorga nima uchun kelganini ham unuttirayozadi. Axir, bozor o'z nomi bilan bozor, unda sotilayotgan tovarlar mo'l-ko'l, xaridor o'ziga kerak bo'lgan molni o'zi topib oladi. Modomiki, unga kerakli mol sotuvchi do'konida bo'lmasa, xaridor qimmatli vaqtini sarflab, sotuvchiga nima qidirayotgani haqida maʻlumot berishga majburmikan? Nahotki, sotuvchilarda xaridor bozor eshigidan kirishi bilanoq o'ziga kerakli bo'lgan savdo rastasiga keladi, degan sayoz tushuncha shakllangan bo'lsa? Bir kunda bozorga tushishi mumkin bo'lgan minglab xaridorni olsak, ular turli xarakterga ega bo'lishi, kayfiyati ko'tarinki yoki tushkun bo'lishi, ehtimol, shunchaki vaqt o'tkazish yoki sayr qilish uchun ham bozorga kelgan bo'lishi mumkinku? Yana shunday sotuvchilar borki, ular sizning didingiz bilan hisoblashib o'tirmaydi, "falon narsani qidirayotgandim, ammo sizning do'koningizda yo'q ekan" deya ulardan qutilib ketolmaysiz. Kayfiyatingiz yo'q bo'lgan holatlarda esa tabiiyki, sotuvchilarning bunday yopishib olishi g'ashingizga tegadi, "Hoy, baraka topgur, shu yerdan o'tsak maylimi?!" deb yuborging keladi baʻzida.

"Qayerniki, bilmayman"


Bozorda o'zingizga yoqadigan tovarni ushlab ko'rib, uning qayerda ishlab chiqarilganligi, originalmi yoki oddiy o'xshatma tovar, undan qanday foydalanish mumkinligi haqida bilmoqchi bo'lasiz. Ammo ushbu holatda sotuvchi ensasi qotib, sizga "Bilmayman" yoki "Olmasangiz ushlab tashlamang", "Olasizmi o'zi", deya qistalang-qo'rs muomala qiladi. Bunday sotuvchilarni ko'rib, ularning bozorda nima maqsadda o'tirganliklariga tushunolmaysan kishi.
Qo'lida esa zamonaviy telefon, butun vujudi bilan unga mahliyo bo'lib, mijoz kirib kelganini ko'rmaydi, yoki unga o'zi sotayotgan tovar haqida maʻlumot berishga erinadi. Ularning o'zi uchun qurol qilib olgan, xaridorlarga qiladigan jangovorona xitoblaridan biri esa mana bunday, "Oling!" "Olasizmi o'zi, cho'ntagingizda pulingiz bormi?"... Nahotki sotuvchi xaridorga mana shunday takabburona muomala qilishga haqli bo'lsa? Xaridorning puli bormi yo'qmi, sotuvchi jamoat joyida bu haqda hammaga eshittirishi, xaridorni ranjitishi o'rinlimikan? Umuman, bunday qo'pol muomala mijoz kayfiyatiga salbiy taʻsir qilishi mumkinligini sotuvchi nahot o'ylamaydi?
Aslida sotuvchi o'zi sotayotgan moli haqida batafsil maʻlumotga ega bo'lsa, xaridorga molning bor xususiyatlari haqida to'liq maʻlumot berib, kerak bo'lsa xushmuomalalik bilan uning kayfiyatini ko'tarsa, (agar buni eplay olsa) u bundan nafaqat moddiy foyda ko'radi, balki mijozlarining sonini yana bittaga ko'paytirib ham oladi, shunday emasmi? Ammo negadir sotuvchilarda bu borada mahorat yetishmaydimi, yoki xarakteridagi manmanlikmi sababmi, ular bugun xaridorlarning ko'rinishi, yoki ust-boshiga qarab muomala qilishga odatlanishgandek... 
O'zbekiston isteʻmolchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Farg'ona viloyati hududiy birlashmasi raisi o'rinbosari G'ayrat Mamatqulov yuqoridagi savollar yuzasidan o'z fikrlarini bayon qildi.

"Isteʻmolchi sotib olmoqchi bo'lgan tovari haqida maʻlumot olishga haqli"


— Sotuvchilarning xaridorlarga savdo xizmatlarini ko'rsatishi borasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy qonun hujjati bu 1996 yilning 26 aprelida qabul qilingan "Isteʻmolchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni bor. Mazkur qonunning 9-moddasi, 2003 yilning 13 fevralidagi 75-sonli qarori bilan "O'zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari" qonuni tasdiqlagan.
Yuqoridagi qonunning 4-moddasiga ko'ra isteʻmolchi o'zi sotib olmoqchi bo'lgan tovarlar haqida to'g'ri va to'liq maʻlumot olish huquqiga ega. Isteʻmolchi oldi-sotdi jarayonida mazkur tovar, uning isteʻmol xususiyatlari haqida qanday savollarni bermasin, sotuvchi unga bu borada to'g'ri va to'liq javobni berishi, qonunning 8-moddasiga ko'ra, tovarni ishlatib ko'rsatishi, undan xavfsiz va to'g'ri foydalanishni o'rgatishi lozim.
Agar rastdagi tovarlarga tegishli tartibda rasmiylashtirilgan narxnomalar qo'yilgan bo'lsa va xaridor ushbu tovarni sotib olmoqchi bo'lsa, sotuvchi bu tovarni sotishga o'zi tomonidan to'liq rozilik berganligini ko'rsatadi.


Download 73.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling