«Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti» kafedrasi kurs ishi mavzu: Bozor infrastrukturasi va strukturasi


O‘zbekistonda bozor infratuzilmasining shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlari


Download 0.66 Mb.
bet6/10
Sana14.02.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1196988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi mirshohid uchun

O‘zbekistonda bozor infratuzilmasining shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlari

O‘zbekistonda bozor infratuzilmasini shakllantirish va samarali faoliyatini ta’minlash natijasida aynan fond birjalarini rivojlantirish hamda savdo aylanmasini ko'paytirishga alohida e’tibor berildi. Natijada Toshkent fond birjasida ikkilamchi bozor shakllantirildi va samaradorligi oshirildi.


Hozirgi kunda qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi ko‘p jihatdan qimmatli qog‘ozlaming likvidligi va ulaming daromadligi bilan bog‘liq bo‘lib, banklaming qimmatli qog‘ozlariga nisbatan boshqa sohalar qimmatli qog‘ozlarining yetarli darajada oshmayotganligi ulaming fond biijalaridagi ishonchliligini ham ko‘rsatadi.
Mamlakatimiz fond bozorining rivojlanishiga bank-moliya sohasidagi kompaniyalar, ayniqsa, tijorat banklari o‘zlarining katta hissasini qo‘shmoqda. Qimmatli qog‘ozlar bozoriga xizmat qiluvchi infratuzilma muassasalari mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan tarkib topayotgan sohalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qoshida Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida 1996- yilning mart oyida maxsus markaz tashkil etilib, unga quyidagi vazifalar yuklatildi:
-mamlakatda qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va bajarish borasida davlat siyosatini amalga oshirish;
-mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi va bozor qatnashchilarining, qimmatli qog‘ozlar tuzilmasi va rivojlanishi bo‘yicha ma’lumotlar bankining yagona reestrlarini yuritish, hisobga olish va hisobotini tashkil etish, qimmatli qog‘ozlar muomalasini, bozor qatnashchilarining kasb faoliyatini boshqarish;
-qim matli qog‘ozlar bozorlarida milliy va xorijiy emitentlaming samarali muomalada bo‘lishi uchun zarur huquqiy shart-sharoitlami ta’minlovchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
-qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalami amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar investorlaming huquq va manfaatlarini himoya qilish;
-qim matli qog‘ozlar bozorining holati va uning qatnashchilari to‘g‘risida investorlarni va jamoatchilikni keng xabardor qilish;
-qimmatli qog‘ozlar bozorining samarali infratuzilmasini tashkil etishda qatnashish;
-O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, mahalliy boshqaruv organlarining, birlashmalaming qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1994- yilda Toshkent fond birjasi tashkil etilib, bugungi kunda u respublikamizda 12 ta mintaqalararo bo‘linmalarga ega. Toshkent fond birjasining mintaqalararo savdolar qatnashchilari mintaqalardagi savdoga chiqariluvchi aksiyalar hajmi haqidagi axborotga ega bo‘lib qolmasdan, balki bevosita bitim tuzish imkoniga egadirlar. Bunday bitimlar taklif qilingan aksiyalar bo‘yicha elektron bankning mavjudligi tufayli Toshkent fond birjasida ishlab chiqilgan dasturiy vositalar bilan jihozlangan maxsus telekommunikatsiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Mustaqillikning birinchi 10 yilligida Fond birjasini tashkil etish bilan bir qatorda investitsiya muassasalari - fond bozorining ixtisoslashgan ishtirokchilari tarmog‘ini ham shakllantirishga kirishildi. O‘zbekiston Respublikasi «Qimmatli qog‘ozlar bozorining amal qilishi mexanizmi to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan qimmatli qog‘ozlar bozorida maxsus faoliyatni amalga oshiruvchi investitsiya muassasalarining 9 ta turi - investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi, investitsiya kompaniyasi, investitsiya fondi, boshqaruv kompaniyasi, depozitariy, hisob-kliring tashkiloti, qimmatli qog‘ozlar egalari ro'yxatini yurituvchi, qimmatli qog‘ozlar nominal yurituvchisi belgilab berildi.
Bu bozor iqtisodiyotining ilk bozor infratuzilma institutlarini shakllantirish davrlariga to‘g‘ri keladi va ulaming rivojlanishini ta’minlash ko‘p jihatdan tadbiqiy xususiyatga ega bo’lgan. Hozirda bu sohalami rivojlantirish borasida juda keng ko‘lamdagi iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga bozor infratuzilmasining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan fond bozorlarida banklaming qimmatli qog‘ozlarini savdo aylanmasi ham sezilarli darajada oshgan. Unga ko‘ra banklaming biijadagi qimmatli qog‘ozlar savdo aylanmasi birlamchi bozorga nisbatan sezilarli o‘sgan bo‘lib, 2007- yildagi 67,6 foizdan 2011- yil 9 oylik natijalariga ko‘ra 72,9 foizga yetgan. Birlamchi bozorlar qimmatli qog‘ozlaming umumiy emissiya salohiyatini ko‘rsatsa, ikkilamchi bozorning shakllanishi iqtisodiyotda ulaming harakatini hamda nechog‘li likvidli ekanligini ifodalovchi ko‘rsatkich ham hisoblanadi. Respublikamizda bu borada, ya’ni ikkilamchi bozomi shakllantirish maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Umuman zamonaviy fond bozorining eng assosiy xususiyati hamda umumiy savdo hajmining ko‘p qismini asosan listingga kirgan korxona va kompaniyalaming qimmatli qog'ozlari tashkil etishi kerak.
Listing - bu aksiyadorlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlarining fond bozoriga kirishi uchun maxsus tartib hisoblanib, mazkur jarayon investorlarni fond bozorining holati, shuningdek, undagi ishonchli qimmatli qog‘oz!ar haqida axborot berish samaradorligini oshirish maqsadida yuritiladi. Listingdan o‘tish aksiyadorlik jamiyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur jamiyatning obro'sini hamda uning qimmatli qog‘ozlarining qadrini oshiradi. Listingga kirgan korxona kredit yoki zayomga ehtiyoj tug‘ilgan paytda banklar yoki boshqa moliyaviy institutlaming ishonchiga oson kira olishi mumkin. Bundan tashqari tashqi moliya bozoriga chiqish imkoniyatiga ham ega bo’ladi. Chunki, xorijiy kompaniyalar listing kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarini afzal bilishadi. Chet el fond birjalari esa mahalliy fond biijasi listingida turgan emitentlaming qimmatli qog‘ozlarigagina joy berishadi.
Shu bilan ta’kidlash kerakki, aksiyadorlik jamiyatlarining barchasi ham birja listingiga kira olmaydi. Toshkent respublika fond birjasi listing talablari yetarlicha qat’iy hamda xalqaro standartlar darajasida o‘matilgan. O‘tgan yillar davomida birja listing talablaridan ayrim kompaniyalargina muvaffaqiyatli o‘tishgan. 2010- yilda Toshkent respublika fond birjasi listing ro‘yxatida 19 ta kompaniya qayd etilgan bo‘Isa 2011- yilda ulaming soni 100 taga etdi.
Bunday kompaniyalar qimmatli qog‘ozlarining fond bozorida paydo bo’lishi investorlar qiziqishini tobora kuchaytirmoqda. Fond birjasining asosiy infratuzilmalaridan sanalgan listing jarayonidagi eng muhim jihat emitent faoliyatining samaradorligi, qadrlilik koeffitsienti, balans bo‘yicha qoplash darajasi, ustav kapitalidagi o'zgarishlar, qimmatli qog‘ozlar muomalasining koMami hamda davomiylik ko'rsatkichlari tahlili negizidagi qimmatli qog‘ozlarning ekspertizasi hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlaming bunday sinchkovlik asosida tanlab olinishi ulaming ishonchliligini ta’minlaydi. Fond biijasi listingida joylashgan emitent ahborotlami ma’lum qilish bo‘yicha yuqori talablarga rioya qilishi kerak boladi. Emitent tomonidan axborotlaming oshkor qilinishi investorga aksiyadorlik jamiyati rivoji hamda uning qimmatli qog'ozlari sifatini baholash imkoniyatini beradi. Fond birjasi savdo qoidalariga binoan listing kompaniyalarining qimmatli qog'ozlari majburiy kotirovka qilinadi. Bu listingdagi qimmatli qog'ozlar savdosining tashkilotchilariga haqiqiy qiymatni aniqlanishni ta’minlovchi bahoni belgilashning bozor mexanizmini qo'llashga imkoniyat beradi. Bundan tashqari, qimmatli qog'ozlaming muomala jarayoni biija nazorati ostida o'tib, bu savdolaming suiiste’molchilik hamda qalloblikdan xoli bo'lishni ta’minlaydi. Fond bozori haqida gapirganda REPO birja operatsiyalarini ham aytish kerak bo'ladi.
Hozirgi kunda bizning fond bozorimizda bunday imkoniyatlardan samarali foydalanilmayapti. REPO - bu birja operatsiyasi jarayoni, moliyaviy mablag'ga ehtiyojmand bir kompaniya o'z qimmatli qog'ozini boshqa bir kompaniyaga sotishi bilan belgilanadi. Bunda qimmatli qog'ozni sotib oigan kompaniya boshlang'ich narxidan ancha yuqori narxda qaytarib sotadi. Sotish va qayta sotib olish o'rtasidagi farq REPO bitimi bo'yicha foizni tashkil etadi.
Umuman birinchi kompaniya o'z qimmatli qog'ozini garovga qo'yib, qarz olgandek va yuqori narxda qaytib sotib olish hisobidan foiz to'lagan ikkinchi kompaniya esa kreditor sifatida namoyon bo'ladi. REPO tizimi shunisi bilan qiziqki, ham kredit, ham nokredit tashkilotlariga kreditlash imkoniyatini taqdim etadi. Uning zayom oluvchi uchun afzalligi esa qarzni hech qanday rasmiyatchiliksiz olishida namoyon bo'ladi. Agar ushbu kredit banklardan olinadigan bo'lsa, tabiiyki, bir qator hujjatlar yig'ishga to'g'ri keladi. Bu boradagi barcha ovaragarchiliklar REPO bitimida umuman bo'lmaydi. Bunda zayom oluvchilar jismoniy yoki yuridik shaxs bo'lishi mumkinligi kichik biznes va xususiy tadbirkorlami o'ziga jalb qilishi tabiiydir. Asosiy shart likvidli qimmatli qog'ozlarga egalik qilishdan iborat.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling