«Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti» kafedrasi kurs ishi mavzu: Bozor infrastrukturasi va strukturasi


Sug'urta bozorini rivojlanish ko‘rsatkichlari


Download 0.66 Mb.
bet9/10
Sana14.02.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1196988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi mirshohid uchun

Sug'urta bozorini rivojlanish ko‘rsatkichlari



Sug'urta kompaniyalarining yillar davomida o'sishi bilan birga ulaming umumiy ustav kapitali ham doimiy o'sib borish tendensiyasiga ega. Bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy bo'limi sifatida faoliyat yurituvchi sug'urta tizimining yana bir muhim vazifalaridan biri bozor iqtisodiyoti sharoitida ulaming investitsiya bozorida faol ishtirokidir.


Xulosa

Hozirgi kunda tobora rivojlanib borayotgan bozor munosabatlari o'zining taraqqiyoti davomida bozor qonuniyatlari va mexanizmlarining amal qilishini to‘g‘ri baholay oladigan ichki tuzilmalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlariga muxtojlik sezadi. Shu bilan birga, ulaming shakllanishi va rivojlanishi davlat tomonidan muhim shart-sharoitlar va qulay muhitning tashkil etilishini talab etadi. Bu jarayonda esa iqtisodiy qonunlar bilan birga hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar uyg‘unligini ta’minlash va ulaming bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqilishini yo‘lga qo‘yish muhim sanaladi.


Bozor infratuzilmasining shakllanishi va rivojlanishini, ma’lum soha va tarmoqlarda mavjud muammolarni ilmiy tahlil etish va yangi bozor infratuzilmasini yaratayotgan xo‘jalik subyektlarining faoliyatini nazariy tadqiq etish iqtisodiy fanlaming yangi turiga ehtiyojni kuchaytiradi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, bozor infratuzilmasi nazariyasi fanini o‘rganish zarurati tug‘iladi. Bu fanning shakllanishi uchun ham boshqa fanlar kabi amaliy hayotdagi muammolari, o‘rganilishi taqozo etilayotgan qonuniyatlar, ochib berilishi zarur bo‘lgan holatlar borki, ular mazkur fanni nazariy jihatdan o‘rganishning dolzarbligini namoyon etmoqda.
“Bozor infratuzilmasi nazariyasi” fanini o‘qitishning asosiy maqsadi talabalar tomonidan bozor infratuzilmasi nazariyasini chuqur va puxta о‘zlashtii ish, infratuzilma muassasalari faoliyatining amal qilish va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish hisoblanadi. Bu fanning o ‘qitilishi orqali talabalar bozor infratuzilmasi tashkil topishi va rivojlanishining nazariy asoslari va uning amal qilish qonuniyatlari bilan yaqindan tanishadilar.
Mazkur fan ularga bozor infratuzilmasi nazariyasining iqtisodiy qonunlari, hodisa va jarayonlarining mohiyatini chuqur va har tomonlama tushunishda zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlami o‘zlashtirishga amaliy yordam beradi. Shuningdek, talabalarda bozor infratuzilmasi va tizimliiqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida amaliy tajribalami shakllantirish fanning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. “Bozor infratuzilmasi nazariyasi” fani orqali olingan bilimlar iqtisodiyot sohasida tayyorlanayotgan mutaxassislarga mamlakatdagi bozor munosabatlarining samarali tashkil etilishi va amal qilishiga ahamiyatli ta’sir ko‘rsatuvchi infratuzilma muassasalari faoliyatining nazariy va amaliy masalalarini chuqur anglash hamda bu boradagi muammolami to‘g‘ri hal etish ko‘nikmasini shakllantiradi. Iqtisodiy fanlaming umumiy o‘rganish obyektlari bo‘lib o‘z ichiga ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol jarayonlarini oluvchi iqtisodiy faoliyat bosqichlari hisoblanadi.
Ushbu jarayonlaming qisqacha tahliliga ko‘ra ishlab chiqarish shunday jarayonki, agar xomashyo, aylanma mablag‘, ishchi kuchi va boshqa materiallar yoki ishlab chiqarish omillarining o‘zaro muvofiq holdagi birikishi yuz bergan chog‘dagina tovar ishlab chiqarish o‘z natijasini beradi. Lekin bu ishlab chiqarilgan tovarlami iste’molchisini topish zamonaviy iqtisodiyotning oldidagi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bozor aynan ayriboshlash yoki taqsimlash jarayonini ta’minlab, iste’molchini topishga yordam berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda bozorlarning me’yordagi faoliyatini ta’minlash va ulaming samaradorligini oshirish esa bozor infratuzilmalari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan sanaladi. Shu nuqtayi nazardan olsak, bozor infratuzilmalarining mavjudligi, samarali faoliyati va davomiyligini ta’minlash nafaqat iqtisodchi olimlar, balki, iqtisodiyotning har bir bo‘g‘ini mutasaddi rahbarlarining, shuningdek, iqtisodiy fanlaming dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bozor infratuzilmasini nazariy tahlil qilish iqtisodiyotning boshqa infratuzilmalaridan ma’lum ma’noda alohida xususiyatga ega. Biz bu borada fikr yuritishdan oldin umumiy infratuzilmalar haqidagi tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling