«Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti» kafedrasi kurs ishi mavzu: Bozor infrastrukturasi va strukturasi


Bank tizimi bozor infratuzilmasining muhim bo‘g‘ini sifatida


Download 0.66 Mb.
bet7/10
Sana14.02.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1196988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi mirshohid uchun

Bank tizimi bozor infratuzilmasining muhim bo‘g‘ini sifatida
Bozor infratuzilmasining rivojlanishida bank tizimi asosiy yo‘nalish sifatida maydonga tushadi. Shu sababli, 1991-yilda mamlakatimizdagi bank sohasini isloh qilishda muhim qadam hisoblanuvchi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashkil etilib, ikki pog'onali bank tizimiga asos solindi. Shu bilan bir qatorda tijorat banklarini rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshirildi.
Jumladan, awalgi tarmoq davlat banklari tugatilib, «Agrosanoatbank» va «Sanoatqurilishbanki» aksiyadorlik-tijorat ixtisoslashtirilgan banklarga aylantirildi. Xalqaro aloqalarni о‘matish va rivojlantirish uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. « O‘zjamg‘arma bank» - Xalq bankiga aylantirilib, yangi maqomga ega bo'ldi. Bu esa unga jismoniy va yuridik shaxslaming investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda kredit resurslaridan foydalanish huquqini berdi. Bundan tashqari, Xalq banki banklararo pul bozorida kredit resurslarini auksionlar orqali sotish huquqiga ega bo’ldi.
Bankning kichik korxonalami tashkil etish va rivojlantirish, davlat mulkini xususiylashtirish, turarjoy binolarini qurish va ta’mirlash va boshqalarga yo'naltirilgan qarz mablag’larini berish imkoniyatlarini ahamiyatli darajada kengaydi. «Markaziy bank to‘g'risida»gi Qonun (1995- yil, dekabr) va «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahririning (1996- yil, aprel) qabul qilinishi mamlakatimizda bank tizimining yanada rivojlanishini belgilab berdi.
1998-yilning 2-oktabrida asosiy maqsadi tijorat banklarini boshqarishda aksiyadorlarning rolini oshirish, bankni boshqaruvchi va ijro organlarining kredit berish va ularning qaytarilishini ta’minlash yuzasidan mas’uliyatlarini kuchaytirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aksiyadorlik tijorat banklarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. 1999-yil 15-yanvarda «Bank tizimini yanada isloh qilish bo‘yicha choratadbirlar to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinib, mazkur qaror bank tizimi barqarorligini oshirish, bank resurslarini safarbar etish, ulaming iqtisodiyotni kreditlashdagi ishtiroklarini kengaytirish, bank xizmati sohasidagi raqobat muhitini rivojlantirishga yo‘naltirilgan edi. 2006-yilda mamlakatimiz bank tizimida 800 ga yaqin filial va bo’linmalarga ega bo’lgan 33 ta tijorat banklari faoliyat ko'rsatgan.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling