Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)
AMALIY MASHG„ULOT №9
BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARI XAVFSIZLIK KO‟RSATKICHLARINI ANIQLASH 59 Reja: 1.Baliqning ovqatliligi va biologik qiymati. 2.Baliqning kimyoviy ko‟rsatkichlari. 3.Baliqka sanitariya jihatdan boho berish. 4. Baliq - gijjalarni yuqtirish omili Jahon miqyosida baliqlarning turi 1600 tadan ortdi. Ovlanadigan baliqlar 300 turga yaqin. Uzbekistonda ko‟proq marinka, sazan baliqlari ovlanadi. Baliq va baliq mahsulotlari asosiy ovqat mahsulotlariga kiradi. Ular jahon miqyosida hayvon mahsulotlari oqsili muammosini hal qilishda muhim rol o‟ynaydi. Baliq oqsili o‟zining sifati va miqdori jihatidan go‟sht oqsilidan kam emas. Baliqlarning jahon bo‟yicha zahirasi agar ular ehtiyotlik bilan ishlatilsa, hamma mamlakat xalqlarini bu yuqori sifatli va biologik qiymatli mahsulot bnlan ta‟minlashga etadi. Baliq va baliq mahsulotlari o‟zida to‟liq sifatli oqsil tutib, ularning tarkibida hamma zarur aminokislotalarning mutanosib miqdori bor. Baliq oqsili tarkibida metionin aminokislotasi bo‟lgani uchun u lipotrop xossaga ega. Baliq yog‟i ham yuqori biologik ahamiyatga ega bo‟lib, u o‟z tarkibida boshqa mahsulotlarda kam uchraydigan araxidon kislota va boshqa o‟ta to‟yinmagan yog‟ kislotalarini tutadi. Baliq yog‟i yog‟da eruvchi vitaminlarga ham boy (vitamin A – retinol, vitamin D 2 – kaltsiferol va (boshqalar). Baliqning mineral tarkibi (ayniqsa dengiz baliqlariniki] mikroelementlarga boy, shu bilan birga biologik faol yodga ega. Baliq go‟shti tez pishadi va yaxshi hazm bo‟ladi. Baliq go‟shtining muskul to‟qimalarida biriktiruvchi to‟qimaning 1 xilda tarkalishi va uning tarkibida elastinning bo‟lmasligi baliq go‟shtining tez pishishini, muloyim konsistentsiyasini va baliqli ovqatning tez hazm bo‟lishini ta‟minlaydi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling