Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mineral moddalar
- Ekstrakt moddalar
en
giz o kuni St a v rid a M o t o te n iya K a r p M in t a y Tr es k a yog‟i Umumiy miqdori 0,23 1,39 0,49 5,44 1,49 0,47 0,32 27,90 S 18:2 (linol) - 0,10 0,03 0,38 0,05 0,27 0,01 1,60 S 18:3 (linolen) - 0,04 0,01 0,09 0,03 0,03 - 0,32 S 18:4 (aktodekateraen) - 0,04 0,02 - 0,03 0,01 - 0,56 S 20:4 (araxidon) 0,01 0,04 0,02 0,45 0,11 0,02 0,01 0,22 S 20:5 (eykozapentaen) 0,06 0,31 0,02 1,44 0,67 - 0,13 5,92 S 22:5 (dokozapentaen) 0,006 0,11 0,03 0,28 0,02 0,01 0,01 8,94 S 22:6 (dokozageksaen) 0,10 0,67 0,28 2,16 0,31 0,02 0,16 9,28 62 Mineral moddalar Baliq go‟shtining muhim biologik xossalaridan biri tarkibida ko‟p miqdorda yod saqlashidir. Dengiz baliqlarining to‟qimasi mikroelement-larga boy va xilma- xildir. CHig‟anoq va qisqichbakalar go‟shtida ham har xil mikroelementlar bor. Ekstrakt moddalar Baliq go‟shtida ekstrakt moddalarning umumiy miqdori issiq qonli hayvonlar go‟shtidagiga nisbatan birmuncha kamdir. Ko‟p miqdorda ekstrakt moddalar sudakda (3,28%), sazanda (3,92%), treskada (3,46%), osetrada (3,05%) saqlanadi. Qam miqdorda esa stavridada (1,69%) bo‟ladi. Baliqdagi ekstrakt moddalar asosan kreatin, kreatinin, ksantin, gipoksantin, aminokislotalardan (gistidin, arginin, alanin, valin va boshkalar), sut kislota, glikogen, inozit va boshqalarda namoyon bo‟ladi Ular yukori faollikka ega bo‟lib, oshqozon bezlarida shira ajralishini ko‟paytiradi. Baliq qaynatilganda ekstrakt moddalar ko‟p, miqdorda suvga o‟tadi, shuning uchun baliq sho‟rvasi ekstrakt moddalarga boy bo‟ladi. Baliqqa sanitariya jihatidan baho berish O‟lgan baliq to‟qimalarida sodir bo‟ladigan o‟zgarishlar uning anatomik tuzilishi va to‟qimalarning kimyoviy tarkibiga bog‟liq. Butun tana bo‟ylab joylashgan ichaklar va ularning umurtqaga yaqin bo‟lishi muskul to‟qimalarining chuqur qismi zararlanishi xavfini tug‟diradi. Baliq ustki qismining shilliq bilan qoplanishi mikroorganizmlar tez rivojlanishiga va keyinchalik muskul to‟qimasi zararlanishiga olib keladi. To‟qimalarning yuqori namlygi, muskul tolalarining nozikligi, qattiq biriktiruvchi to‟qimalarning yo‟qligi mikroorganizmlarning rivojlanish jarayonini tezlashtiradi va ularning tarqalishini ta‟minlaydi. SHunday qilib, baliq tez ayniydigan mahsulotlar qatoriga kiradi. Mahsulot sifatida baliqning, yaxshi sifatliligini ta‟minlashda uni tez sovugish (muzlatish) asosiy o‟rin tutadi. Baliq tutilgandan keyin tez sovutiladi. U iste‟molchiga etib borguncha ham sovuq sharoitda saqlanadi. Balitsning ichki zararlanishi oldini olishda ichki organlarini tez ajratib olish muhim sanitariya ahamiyatiga ega. Baliqning sifatiga 63 baho berishda asosan organoleptik ko‟rsatmalarga asoslaniladi. YAxshi o‟tkazilgan organoleptik tekshiruv baliqning sifatiga to‟liq baho berishda uni ishlatish haqida to‟g‟ri xulosa chiqarishga laboratoriya tekshiruvisiz imkon beradi. Baliqni organoleptik tekshirish va uning sifatiga baho berish jarayonida quyidagi belgilarga ahamiyat beriladi: 1) baliqda yomon hid bo‟lmasligiga va uning ustidagi shilliq qavat tiniqligiga; 2) ko‟z shoh pardasining rangi va tiniqligiga; 3) jabralarining qizil rangiga va ularda yomon hid bo‟lmasligiga; 4) baliqning konsistentsiyasiga; 5) qornining butunligiga va suzgichlarining ezilmaganligiga; 6) noxush hid yo‟qligiga. Mikroorganizmlar tez rivojlanganda ular ichakdan umurtqa bo‟ylab joylashgan yo‟g‟on qon tomirlarga o‟tishi mumkin. Mikroorganizmlarning hayot faoliyati natijasida qon gemolizga uchraydi va qon tomir devorlari orqali o‟tib umurtqa bo‟ylab joylashgan muskul to‟qimasini pushti-qizil rangga bo‟yaydi. Baliqdagi bu kamchilik «zagar» deb nom olgan. Agar o‟zgarish yuzada bo‟lsa (shilliqda, jabrada), o‟zgargan qismi olib tashlanadi, qolgan qismi ovqat uchun ishlatiladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling