Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari
Baliqning ovqatlilik va biologik qiymati
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)
Baliqning ovqatlilik va biologik qiymati
Baliqning kimyoviy tarkibi doimiy emas. U baliklarning yashash sharoyatiga, ovqatlanishiga, tutish vaqtiga va boshqa mahalliy xususiyatlariga qarab o‟zgarib turadi. Baliqning hamma turida oqsil miqdori doimiydir. Oqsil miqdoridagi o‟zgarishlar kam bo‟lib, u 8-14% ni tashkil etadi. Oqsilning eng ko‟p miqdori osetr balig‟ida (osetr, sevryuga, beluga), kam miqdori leshch, sazan va boshqalarda 60 bo‟ladi. Baliqlarda yog‟ miqdori 0,3 dan 28% gacha bo‟ladi. YOg‟lilik ko‟rsatkichi doimiy emas. Tarkibidagi yog‟ mitsdoriga qarab baliqlar 3 guruhga bo‟linadi: 1) Oriq baliqlar – 4 % gacha yor tutadi. 1) O‟rtacha yog‟li baliqlar – 4-8% yog‟ tutadi. 3) YOg‟li – 8 % dan ko‟p yog‟ tutadi. Oqsillar. Baliq muskul to‟qimasining oqsillari issiq qonli hayvon go‟shtlari oqsilidan kam farq qiladi. Hayvon go‟shti oqsiliga o‟xshab ular ham suvda erimaydigan globulinlardan (ixtulin), suvda eruvchi albuminlardan va ma‟lum miqdorda murakkab fosfor; tutuvchi oqsil –nukleoproteidlardan iborat. Asosiy farq biriktiruvchi to‟qimaning miqdori va tarkibidadir. Biriktiruvchi to‟qimali oqsillar o‟z tarkibida elastin tutmaydi, qizdirilganda juda tez glyutin (jelatin)ga aylanadi. Bu esa to‟qimaning mustahkamligini kamaytiradi. Natijada pishirilgan baliq yaxshi chaynaladi. Baliqda biriktiruvchi to‟qima miqdori 0,6 - 3,5%, hayvon go‟shtida esa 12,3%. SHunday qilib, baliq go‟shti issiq qonli hayvon go‟shtiga nisbat 5 marta kam biriktiruvchi to‟qima tutadi. Baliq oqsili tarkibidagi aminokislotalar go‟sht oqsilinikiga yaqindir. Ularda hamma almashtirib bo‟lmaydigan aminokislotalar nisbati mutanosibdir. Metionin va tsistin miqdori metioninning asosiy manbai bo‟lgan tvorog tarkibidagidan ko‟p. SHuning uchun baliq go‟shtini lipotrop xossaga ega bo‟lgan mahsulotlar qatoriga kiritish mumkin. Baliq go‟shti boshqa asosiy xossalari, ya‟ni ko‟p miqdorda o‟sishga yordam beruvchi aminokislota tutishi bilan ham ajralib turadi. Lizin va triptofan borligi uchun bu mahsulot bolalar ovqati uchun zarur deb hisoblanadi. Ayrim baliqlar oqsilining aminokislotali tarkibi jadvalda keltirilgan. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling