Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari


Baliq – gijjalari va ularni yuqtirish omili


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/36
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1532845
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)

Baliq – gijjalari va ularni yuqtirish omili 
Baliq orqali odamta ayrim gijjalar o‟tadi. Bular difillobotrioz va opistorxozdir. 
Difillobotrioz. Bu kasallik gijja bilan zararlanishning og‟ir turi bo‟lib, 
ko‟pikcha xavfli kamqonlikka olib keladi. Difillobotrioz kasalligi inson ichagida 
gijjaning etuk shakli rivojlanishiga bog‟liq. Vitamin V
12
, folat kislota 
almashinuvining buzilishi kamqonlikka sabab bo‟ladi. 
K e n g l e n t e ts inson organizmida parazitlik qiluvchi eng yirik gijjadir. 
Uning uzunligi 3-4 m bo‟lib, ba‟zan 10 m gacha etadi. Keng lentetsning rivojlanish 
tsiklida 2 ta oraliq xo‟jayin bor: 1) chuchuk suvdagi qisqichbaqalar, 2) baliqlar. 
Odam esa gijjaning etuk turini tashuvchisidir. SHunday qilib, difillobotriozdagi 
epidemiologik zanjir quyidagi bo‟g‟inlardan iborat: odam – qisqichbaqa - baliq - 
odam. Lentetsning lichinka shakli (plerotsirk-oid) bilan zararlangan baliq, odam, 


64 
ayrim hayvonlar (itlar, mushuklar, bo‟rilar, tulkilar va boshqalar) uchun zararlanish 
manbaidir. 
P l e r o ts i r k o i d l a r oq rangdagi chuvalchangsimon lichinkalar bo‟lib, 
ularning uzunligi 1-2,5 sm, eni 2-3 mm atrofida. Ularni oddiy ko‟z bilan yaxshi 
ko‟rish mumkin. Difillobotrioz keng tarqalgan gijjalarga kiradi. Ko‟proq shimoliy 
va janubiy Amerikada, Avstraliyada, Evropa mamlakatlaridan SHveytsariya, Italiya, 
Frantsiya, Germaniya, Daniya, SHvetsiya, Finlyandiya, Polsha va boshqalarda 
uchraydi. Difillobotriozning 2 turdagi o‟chog‟i bor: ko‟l va daryo o‟choqlari. 
Ko‟ldagi o‟choqlari odamlarning ko‟p zararlanishiga sababchi bo‟ladi. 
Difillobotriozning oldini olish radikal va polliativ tadbirlardan iborat. Radikal 
tadbirlarga epidemiologik zanjirni uzish kiradi. Epidemiologik zanjirning ayrim
bo‟g‟inlarini yo‟q qilish baliqning lichinka. bilan zararlanishini to‟xtatadi. SHu 
bilan birga suv havzalari sog‟lomlashtiriladi. Difillobotriozning oldini olishdagi 
radikal tadbirlardan biri - iflos suv va chiqindilarni chiqarishda sanitariya talablariga 
rioya qilish, axlatlarning suvga tushishi oldini olishdir. Muhim ahamiyatga ega 
bo‟lgan tadbirlardan yana biri - iflos chiqindi suvlarni avval zararsizlantirib, keyin 
suv havzalariga tushirishdir. Radikal tadbirlardan eng muhimi sohillarda yashovchi
aholini degelmintizatsiya qylishdir. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling