Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari
Baliq – gijjalari va ularni yuqtirish omili
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Radikal tadbirlarga
Baliq – gijjalari va ularni yuqtirish omili
Baliq orqali odamta ayrim gijjalar o‟tadi. Bular difillobotrioz va opistorxozdir. Difillobotrioz. Bu kasallik gijja bilan zararlanishning og‟ir turi bo‟lib, ko‟pikcha xavfli kamqonlikka olib keladi. Difillobotrioz kasalligi inson ichagida gijjaning etuk shakli rivojlanishiga bog‟liq. Vitamin V 12 , folat kislota almashinuvining buzilishi kamqonlikka sabab bo‟ladi. K e n g l e n t e ts inson organizmida parazitlik qiluvchi eng yirik gijjadir. Uning uzunligi 3-4 m bo‟lib, ba‟zan 10 m gacha etadi. Keng lentetsning rivojlanish tsiklida 2 ta oraliq xo‟jayin bor: 1) chuchuk suvdagi qisqichbaqalar, 2) baliqlar. Odam esa gijjaning etuk turini tashuvchisidir. SHunday qilib, difillobotriozdagi epidemiologik zanjir quyidagi bo‟g‟inlardan iborat: odam – qisqichbaqa - baliq - odam. Lentetsning lichinka shakli (plerotsirk-oid) bilan zararlangan baliq, odam, 64 ayrim hayvonlar (itlar, mushuklar, bo‟rilar, tulkilar va boshqalar) uchun zararlanish manbaidir. P l e r o ts i r k o i d l a r oq rangdagi chuvalchangsimon lichinkalar bo‟lib, ularning uzunligi 1-2,5 sm, eni 2-3 mm atrofida. Ularni oddiy ko‟z bilan yaxshi ko‟rish mumkin. Difillobotrioz keng tarqalgan gijjalarga kiradi. Ko‟proq shimoliy va janubiy Amerikada, Avstraliyada, Evropa mamlakatlaridan SHveytsariya, Italiya, Frantsiya, Germaniya, Daniya, SHvetsiya, Finlyandiya, Polsha va boshqalarda uchraydi. Difillobotriozning 2 turdagi o‟chog‟i bor: ko‟l va daryo o‟choqlari. Ko‟ldagi o‟choqlari odamlarning ko‟p zararlanishiga sababchi bo‟ladi. Difillobotriozning oldini olish radikal va polliativ tadbirlardan iborat. Radikal tadbirlarga epidemiologik zanjirni uzish kiradi. Epidemiologik zanjirning ayrim bo‟g‟inlarini yo‟q qilish baliqning lichinka. bilan zararlanishini to‟xtatadi. SHu bilan birga suv havzalari sog‟lomlashtiriladi. Difillobotriozning oldini olishdagi radikal tadbirlardan biri - iflos suv va chiqindilarni chiqarishda sanitariya talablariga rioya qilish, axlatlarning suvga tushishi oldini olishdir. Muhim ahamiyatga ega bo‟lgan tadbirlardan yana biri - iflos chiqindi suvlarni avval zararsizlantirib, keyin suv havzalariga tushirishdir. Radikal tadbirlardan eng muhimi sohillarda yashovchi aholini degelmintizatsiya qylishdir. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling