Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)
Polliativ tadbirlarga baliqlarni xomligicha iste‟mol qilmaslik kiradi. YAna bir
muhim tadbir - baliqdan tayyorlangan kulinariya mahsulotlariga, kotletlarga, baliq bo‟laklariga kuqori haroratda ishlov berishdir. Baliq bo‟laklarini qovurganda plerotsirkoidlar 15 daqiqa davomida o‟ladi, kaynatganda darhol, tuzlanganda 1-2 haftada, muzlatilganda 12-24 soatda, 15-27°S da 3-5 kun davomida, 6-10 0 S da 9-10 kun davomida (4°S da) o‟ladi. Plerotsirkoiddan zararlangan baliqqa sanitariya jihatidan baho berishda uning lichinka bilan zararlanish darajasi hisobga olinadi. Agar baliqning muskul to‟qimasida yagona plerotsirkoidlar topilsa, unday baliqni yaxshilab qaynatib yoki qovurib ovqatga ishlatish mumkin. Agar muskul to‟qimasi ko‟p zararlangan bo‟lsa, unda ko‟p miqdorda plerotserkoidlar bo‟lsa, bunday baliqni sotishga ruxsat etilmaydi. 65 Opistorxoz. Bu kasallik organizmga uzunligi 4-13 mm, kengligi 1-3,5 m keladigan trematod gijjasi tushishiga bog‟liq. Gijjalar asosan jigar, o‟t yo‟llari va o‟t qopini zararlaydi. Bu kasallik odamlarda xoletsistit yoki angioxolit (Vinogradov kasalligi) ko‟rynishida kechadi. Gijjaning rivojlanish tsiklida 2 ta oraliq xo‟jayin qatnashadi (birinchisi - chig‟anoq, ikkinchisi - chuchuk suvda yashovchi baliqlar, asosan karplar: yaz, leshch, lin va boshqalar). Definativ xo‟jayin odam, mushuk, kuchuk, cho‟chqa, tulki va boshqalar hisoblanadi. SHunday qilib, opistorxozdagi epidemiologik zanjir quyidagi bo‟g‟inlardan iborat: odam – chig‟anoq - karp baliqlari - odam. Odamning zararlanishi metatserkariylar bilan zararlangan baliqni iste‟mol qilishdan kelib chiqadi. Opistorxoz tabiatda o‟zining o‟choqlariga ega bo‟lgan kasallikdir. Opistorxoz g‟arbiy Sibirda, Qozog‟iston, Perm viloyati va Ukrainada uchraydts. Opistorxozning oldini olish va unga qarshi kurashishdagi tad-birlar difillobotrioznikidek. Ammo metatserkariy plerotsirkoidga nisbatan chidamliroq. Baliq bo‟laklari qaynatilganda metatsirkariy 20 minutdan keyin, tuzlanganda 3 1/2 minutda (mayda baliqlar) va 10 sutkada (yirik baliqlar) o‟ladi. Past haroratga metatsirkariylar chidamlidir. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling