Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/36
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1532845
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)

AMALIY MASHG„ULOT №9 
 BALIQ VA BALIQ MAHSULOTLARI XAVFSIZLIK 
KO‟RSATKICHLARINI ANIQLASH 


59 
Reja: 
1.Baliqning ovqatliligi va biologik qiymati. 
2.Baliqning kimyoviy ko‟rsatkichlari. 
3.Baliqka sanitariya jihatdan boho berish. 
4. Baliq - gijjalarni yuqtirish omili 
Jahon miqyosida baliqlarning turi 1600 tadan ortdi. Ovlanadigan baliqlar 300 
turga yaqin. Uzbekistonda ko‟proq marinka, sazan baliqlari ovlanadi. Baliq va baliq 
mahsulotlari asosiy ovqat mahsulotlariga kiradi. Ular jahon miqyosida hayvon 
mahsulotlari oqsili muammosini hal qilishda muhim rol o‟ynaydi. Baliq oqsili 
o‟zining sifati va miqdori jihatidan go‟sht oqsilidan kam emas. Baliqlarning jahon 
bo‟yicha zahirasi agar ular ehtiyotlik bilan ishlatilsa, hamma mamlakat xalqlarini bu 
yuqori sifatli va biologik qiymatli mahsulot bnlan ta‟minlashga etadi. Baliq va baliq 
mahsulotlari o‟zida to‟liq sifatli oqsil tutib, ularning tarkibida hamma zarur 
aminokislotalarning mutanosib miqdori bor. Baliq oqsili tarkibida metionin 
aminokislotasi bo‟lgani uchun u lipotrop xossaga ega. Baliq yog‟i ham yuqori 
biologik ahamiyatga ega bo‟lib, u o‟z tarkibida boshqa mahsulotlarda kam 
uchraydigan araxidon kislota va boshqa o‟ta to‟yinmagan yog‟ kislotalarini tutadi. 
Baliq yog‟i yog‟da eruvchi vitaminlarga ham boy (vitamin A – retinol, vitamin D
2
– 
kaltsiferol va (boshqalar). Baliqning mineral tarkibi (ayniqsa dengiz baliqlariniki] 
mikroelementlarga boy, shu bilan birga biologik faol yodga ega. Baliq go‟shti tez 
pishadi va yaxshi hazm bo‟ladi. Baliq go‟shtining muskul to‟qimalarida 
biriktiruvchi to‟qimaning 1 xilda tarkalishi va uning tarkibida elastinning 
bo‟lmasligi baliq go‟shtining tez pishishini, muloyim konsistentsiyasini va baliqli 
ovqatning tez hazm bo‟lishini ta‟minlaydi. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling