Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Oziq – ovqat tovarlarini standartlash
3 AMALIY MASHG„ULOT №1 MAHSULOT SIFATINI ANIQLASH USLUBLARI Reja: 1. Oziq – ovqat tovarlarini standartlash 2. Mahsulot sifatini aniqlash uslublari 2.1. Organoleptik metod 2.2. Laboratoriya metodi 3. Oziq-ovqat tovarlarini saqlash 1. Oziq – ovqat tovarlarini standartlash Standartlash deyilganda muayyan bir tovar yoki xom ashyoning sifat va xususiyatlariga tegishli bir xil norma belgilash tushuniladi. Standartda tovarlarning ta‟rifi, turlarining klassifikatsiyasi, talablar ro„yxati beriladi (bu talablarga tovar organoleptik va laboratoriya ko„rsatkichlari jihatidan javob berishi lozim), sortlari, tovarlarni tekshirish metodlari va hokazolar ko„rsatiladi. Standartlash joriy etilgach, yani 1925 yilgacha standartni ishlab chiqish bilan turli mahkama (ведомство)lar shug„ullanar edi, ular mahkama standartlari (VEST- ведомственные стандарты)ni chiqarar edilar. 1925 yilda tashkil etilgan standartlash Komiteti umumittifoq standartini (OST-oбщeсoюзныe стандарты) chiqardi. Standartlar belgilangan namunada mahsulot ishlab chiqarishga, xom ashyoni tejab sarflash, ishlab chiqarishda ishni to„g„ri tashkil etish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, tannarxini kamaytirishga yordam beradi, savdo tarmoqlariga past sifatli mahsulot etkazib berilishiga yo„l qo„ymaydi. Hozirgi vaqtda GOSTlarning ishlab chiqilishini va ularga qo„yilgan talablarning bajarilishini Davlat standartlar qo„mitasi nazorat qilib turadi. Standartlarning quyidagi turlari mavjud: 1. Standart – klassifikatsiyalar ayrim mahsulotlar uchun belgilangan maxsus standartlar, 2. Mahsulotni qabul qilish qoidalari va sinab ko„rish metodlari standarti, 3. Ayrim mahsulotlarni joylash, markalash, yuklash-tashish va saqlash qoidalari standartlari. Har bir standartda uning tartib nomeri, tasdiqlangan vaqti va kuchga kirgan muddati ko„rsatiladi. Lekin standartlar doimiy va o„zgarmas xujjat emas. 4 Mahsulotlar sifatining oshishi hamda assortimentining kengayishiga imkon beradigan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi asosida amaldagi standartlar qaytadan ko„riladi va ular yangi, ancha progressiv standart bilan almashtiriladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling