Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)
Kimyoviy bombaj. Mahsulotlarning sifatiga uning tarkibidagi moddalar bilan
idish metallari orasida boradigan kimyoviy reaktsiyalar ham ma‟lum darajada ta‟sir ko„rsatadi. Konserva mahsulotlarida to„planadigan ortiqcha miqdordagi qalay, qo„rg„oshin, mis tuzlari mahsulotni iste‟mol qilganda organizmning zaharlanishini keltirib chiqarishi mumkin. Standart talabi bo„yicha qalay tuzlarining miqdori 1 kg mahsulotda 200 mg dan ortiq bo„lmasligi talab etiladi. Qo„g„oshin tuzlarining konserva mahsulotlarida bo„lishiga umuman yo„l qo„yilmaydi. Kimyoviy bombaj asosan tunuka bankalarining ichki tomoni yaxshi ishlanmagan va kislotaligi yuqori bo„lgan mahsulotlarda ro„y beradi. Konservalarni saqlaganda ular zanglamasligi uchun bankaning sirtida suv bug„lari kondensatining paydo bo„lishiga yo„l qo„yilmaslik kerak. Agar konservalarni saqlash paytida konserva harorati bilan atrof-muhit orasidagi haroratning farqi 1,6 S bo„lib, nisbiy namlik 90% bo„lganda suv bug„lari kondensati hosil bo„lmaydi. Zanglashning oldini olish uchun konservalarni saqlaganda havo nisbiy namligining 75 foizdan past bo„lishiga erishish zarur. Uzoq muddat saqlaganda konservalar orasida havo tsirkulyatsiyasi bo„lishi kerak. Zanglashning oldini olish tadbirlaridan yana biri konserva bankalarining sirtini laklash va texnik vazelin bilan moylash hisoblanadi. Kimyoviy bombaj belgilari konservalarni hovuridan tushmagan go„shtlardan tayyorlanganda karbonat angidrid gazining ajralib chiqishi hisobiga ham kuzatilishi mumkin. Kimyoviy bombaj natijasida hosil bo„lgan og„ir, metal tuzlari miqdori belgilangan me‟yoriy ko„rsatkichlardan yuqori bo„lmasa, u holda bunday konservalarni iste‟mol qilishga ruxsat etiladi. Konserva mahsulotlarida qalay tuzlarining to„planishi ularning saqlash muddatini belgilaydigan asosiy ko„rsatkichlardan biri sanaladi. Saqlash haroratining 5 0 S dan 20 0 S haroratga ko„tarilishi konservalarda qalay tuzlarining to„planish tezligini ikki martaga 25 oshiradi. Ko„pchilik hollarda o„n yil va undan ortiq muddat saqlangan konservalarda qalay tuzlari miqdori me‟yoriy ko„rsatkichlardan yuqori bo„ladi. Bombajli bankalarda bo„ladigan asosiy reaktsiyalarda biri konserva bankasi temiri bilan oltingugurt birikmasidir. Bu reaktsiyaning boshlanishida avvaliga temir tuzlari vodorod sulfid (N 2 S) bilan reaktsiyaga borib G„eS qora cho„kmasini hosil qiladi. Uzoq muddat saqlangan konservalarda G„eS birikmasi ko„p miqdorda mahsulotga o„tirib qoladi. Bu modda ko„p miqdorda to„plangan konserva mahsulotlar iste‟molga yaroqsiz hisoblanadi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling