Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/36
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1532845
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)

Exinokokkoz - bu parenximatoz organlarining, ko‟pincha jigarning 
exinokokkoz lichinkasi bilan zararlanishidan kelib chiqadi. Insonlar itlardan 
zararlanadi. Itlarda gijjaning etuk lentasimon turi bo‟ladi. Itlarning axlati bilan gijja 
tuxumlari ajraladi, ular turli yo‟llar bilan (itlarning yungi, inson qo‟li, buyumlar) 
inson organizmiga tushadi va qon bilan jigarga, ba‟zan o‟pkaga boradi, u erda 
lichinka hosil bo‟ladi. Bu ichi suyuqlik bilan to‟lgan 1 yoki 2 kamerali pufak 
shaklida bo‟lsa, pufaklar olib tashlanadi, go‟shtning qolgan toza qismi ovqatga 
ishlatishga yaroqli hisoblanadi. Agar pufaklar ko‟p miqdorda bo‟lsa, zararlangan 
jigar yoki o‟pka butunlay olib tashlanadi. Exinokokkoznint oldini olish uchun daydi 
itlarga qarshi kurash olib borish kerak, ularni fermalarga va qushxonalarga 
yaqinlashtirmaslik zarur. 
Fastsiolyoz - bu hayvonlar kasalligi bo‟lib, bunda jigar (o‟t yo‟li) Fasciola 
hepatica gijjasi bilan zararlanadi. Gijjalarning etuk turi ham, tuxumi ham inson 
uchun xavfli bo‟lmaganligi uchun jigar va o‟pkaning zararlangan qismi olib 
tashlanadi, qolgan qismi ovqatga ishlatishga yaroqli hisoblanadi.
Yuqumli kasalliklar.
Go‟sht orqali aholi o‟rtasida sibir yarasi, oqsim, brutsellyoz, sil yuqishi 
mumkin.
Sibir yarasi - o‟ta xavfli infektsiya bo‟lib, bu kasallik aniqlansa, shoshilinch 
choralar 
ko‟riladi, ya‟ni dezinfektsiya o‟tkaziladi. O‟lgan xayvonlarni 


21 
zararsizlantirish va yo‟q qilish, go‟nglarini yoqib yuborish va karantin e‟lon qilish 
amalga oshiriladi.
Sil 
kasalliga 
qoramollar 
va 
parrandalar 
orasida 
uchraydi. 
Sil 
qo‟zg‟atuvchisining keng tarqalgan va miliar turlari inson uchun xavfli bo‟lib, 
bunda kasallik qo‟zg‟atuvchisi qonda aylanib yuradi va limfa bezlari hamda 
tugunlarini zararlaydi. Suyak sili ham uchrab turadi. Sil bilan og‟rigan hayvonlardan 
olingan go‟shtga sanitariya baxo berilganda quyidagilar hisobga olinadi: 
1. Agar silning keng tarqalgan turi bo‟lib, hayvon juda ozib ketgan bo‟lsa, 
uning go‟shti ovqat uchun ishlatilmaydi, texnik utilizatsiya qilnnadi. 
2. Agar kasallikning keng tarqalgan turi bo‟lsayu, hayvon ozmagan bo‟lsa, 
go‟sht uzoq muddat qaynatilgandan so‟ng ishlatiladi.
3. Agar faqat zararlanish bo‟lsa, zararlangan a‟zo va to‟qimalari olib 
tashlanadi, qolgan go‟sht ovqat uchun ishlatiladi. 
Brutsellyoz - bu kasallik bilan sigir, echki, qo‟y va cho‟chqalar kasallanadi. 
Iisonning zararlanishi kontakt yo‟li bilan bo‟lib, go‟sht kombinatlarida go‟shtni 
nimtalayotganda yuqadi. Brutsellyoz yuqori haroratga chidamsiz bo‟lib, 60-65°S da 
5-10 min qizdirilganda o‟ladi. Kasal hayvondan olingan go‟sht shartli yaroqli 
hisoblanadi, yuqori haroratda ishlov berilgandan so‟ng ovqatga ishlatiladi. 
Oqsim - bu kasallik bilan ko‟proq qoramollar kasallanadi. Qo‟zg‟atuvchisi 
filtrlanuvchi virus bo‟lib, yuqori haroratga chidamsiz. Kasal hayvondan olingan 
go‟sht yaxshilab qaynatilgandan keyin kolbasa ishlab chiqarish uchun ishlatishga 
ruxsat etiladi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling