Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Azotsiz ekstrakt moddalar
Azotli ekstrakt moddalar. Bularga karnozin, kreatin, anserin, purinli asoslar
(gipoksantin) va boshqalar kiradi. Ekstrakt moddalarning ahamiyati shundan iboratki, ular ovqatga ta‟m beradi va oshqozon shirasi ajralishini kuchaytiradi. Azotli ekstrakt moddalar tufayli go‟sht mazali bo‟ladi. Katta yoshdagi hayvonlarning go‟shti ekstrakt moddalarga boy bo‟ladi va yosh hayvon go‟shtiga nisbatan kuchli ta‟mga ega. Katta yoshli hayvon go‟shtidan pishirilgan qaynatma sho‟rvalar to‟yimli bo‟ladi. Go‟shtdagi ekstrakt moddalar oshqozon bezi sekretsiyasining qo‟zratuvchisi bo‟lib hisoblanadi, shuning uchun kuchli sho‟rvalar, qovurilgan go‟shtlar oshqozon shirasi ajralishini kuchaytiradi. Qaynatilgan go‟sht bunday xossaga ega emas, shuning uchun u parhez maqsadida gastritlarda, oshqozon yarasida, jigar kasalliklarida ishlatiladi. Azotsiz ekstrakt moddalar - glikogen, glyukoza, sut kislotasi. Bularning go‟shtdagi miqdori 1% ga yaqin, o‟z faolligi bo‟yicha bular azotli ekstrakt moddalardan pastroqdir. 13 Yog‟lar. Go‟shtdagi yog‟larning asosiy xossalaridan biri ularqing qiyin erishidir. Go‟sht yog‟lari ko‟p miqdorda erish harorati yuqori bo‟lgan to‟yingan yog‟ kislotalarini tutadi. Go‟shtning semizligi pasaysa, uning yog‟i tarkibidagi to‟yingan yog‟ kislotalari miqdori ortadi, buning natijasida yog‟ning erish harorati ortadi. Xayvonning toza yog‟i to‟yingan va to‟yinmagan glitserinning yog‟ kislotalaridan iboratdir. CH 2 OCOR 1 ﺍ CH – OCOR 2 ﺍ CH 2 – OCOR 3 R 1 , R 2 , R 3, yuqori molekulali yog‟ kislotalarining radikallari.Tuyingan yog nislotalaridan palmitin va stearin 50-60% ni tashkil kiladi. Yog‟ kislotalarida oksidlangan katta miqdorda issiqlik hisil buladi, ya‟ni yuqori kalloriyaga ega bo‟ladi. Masalan 1g yog‟ - 9,1 kkal., 1 g oqsil – 5,8 kkal, 1 g uglevod – 4,2 kkal energiya beradi. Yog‟lar kishi organizmida 80 98 % hazm bo‟ladi. Yog‟lar suvdan engil, d – 0,915 – 0,961 15 0 S da. suvda erimaydi. Efirda, benzinda, trixlor etilenda yaxshi eriydi. Spirtda yomon eriydi. Ular havodan turli xidlarni osongina yutib oladi. Mol yog‟ining erish xarorati – 42 52 0 C Qo‟y yogining erish harorati – 46 – 55 0 C Cho‟chqa yogining erish harorati – 28 -46 0 C Yog‟larga ishqor ta‟sir ettirilsa sovun hosil bo‟ladi.. Yog‟larning sifat ko‟rsatkichlari kislotalik, iod, perekis va sovunlanish sonlari orqali xarakterlanadi. 1g yog‟ tarkibidagi erkin yog‟ kislotalarini neytarllash uchun ketgan kaliy ishkorining milligramm miqdoriga, yog‟larni kislotani soni deb ataladi. Perekis soni deb 100g yog‟ tarkibidagi kaliy yoddan kislotalli muhitda vodorod perekis ta‟sirida ajralib chiqqan yod mikdroiga aytiladi. Yog‟ning perekis soni 0,1% ko‟p bo‟lsa, u iste‟mol uchun yaroksizdir. Sovunlanish soni deb yog‟ni tashkil qiluvchi glitserinning o‟rtacha molekullyar og‟irligiga aytiladi. 14 Iod soni 100g yog‟ga bog‟lana oladigan galloidlarga ekvivalent iodning milligramm miqdoriga aytiladi. Iod soniga ko‟ra yog‟larning sifatini. tozaligi va tabiatini aniklash mumkin. Iod sonini aniqlash esa yog‟ning tarkibiga kiruvchi to‟yinmagan yog‟ kislotalarning quyi bog‟lardagi galloidlarni biriktirib olish xossasiga asoslangan. Koramol, qo‟y, echki va tuyalarning yog‟lari yarim suyuq holatda bo‟ladi. Yog‟lar asosan yurak, buyrak, ichak atroflarida, teri ostida , tos bo‟shlig‟ida, ingichki va yo‟g‟on ichaklarida, charvi xolda yig‟iladi. Yuqori semizlikdagi hayvonning xom yog‟i tarkibida 1% biriktiruvchi to‟qima, 5% suv va 94% yog‟ bo‟ladi. O‟rtacha samizlikdagi molning xom yog‟ida 1,5% biriktiruvchi to‟qima, 21% suv va 94% yog‟ bo‟ladi. Xom yog‟ning tarkibida organizmda yog‟ to‟qimalarning joylashgan joyiga bog‟liq bo‟ladi. Masalan ichak xom yog‟ning tarkibida 5% biriktiruvchi to‟qima 30% suv, 65% yog‟, charvida 0,8% biriktiruvchi to‟qima, 4,8% suv va 94,2% yog‟ buladi. Oriq hayvon go‟shtining yog‟i ham biologik qiymatga ega va hazm bo‟lish darajasi past. Quyidagi jadvalda hayvon yog‟lari tarkibidagi yog‟ kislotalarining miqdori keltirilgan. 2-j a d v a l Hayvon yoglaridagi yog‟ kislotalarining miqdori (100 g yog‟da g hisobida) Yog‟ Yog‟ kislotalari To‟yi n-magn Mono to‟- yinmagan O‟ta to‟yinmagan Jami Linol Lino- len Ara- xidon Mol yog‟i Cho‟chqa yog‟i Qo‟y yog‟i 50.9 39,6 51,2 40,6 45,5 38,9 3,2 10,6 40,1 2,5 8,4 3,1 0,6 0,7 0,9 0,1 0,5 0,1 Biologik xususiyati bo‟yicha cho‟chqa yog‟i yuqoriroq o‟rinni egallaydi. Unda hamma o‟ta to‟yinmagan yog‟ kislotalari bor. Araxidon kislota mol yog‟iga nisbatan cho‟chqa yog‟ida 5 marta ko‟p. Bundan tashqari, cho‟chqa yog‟i erish haroratining pastligi bilan ajralib turadi. Ammo boshqa go‟shtlarning yog‟i ham o‟ziga xos 15 xususiyatga ega. Mol yog‟i boshqa yog‟larga nisbatan vitamin A va karotinning yaxshi manbaidir. Qo‟y yog‟ida fosfolipid ko‟p. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling