Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari
Havo tarkibi va namligining ta’siri
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)
Havo tarkibi va namligining ta’siri. Oziq-ovqat mahsulotlariga havo kislorodi
eng ko„p ta‟sir ko„rsatadi, u tarkibida yog„ bo„lgan mahsulotlarning oksidlanishiga sabab bo„ladi, binobarin, ko„p mahsulotlar uchun kislorod kirishi yaxshi emas. SHuningdek, kislorod metall idishni zanglatadi. SHu bilan birga, havo kislorodi don, meva, sabzavot, tuxum singari mahsulotlarning nafas olishi uchun zarur. Lekin nafas olish jarayoni qanchalik jadal bo„lsa, mahsulotning og„irligi va sifati shuncha tez pasayadi. 10 Mahsulotlarni saqlash vaqtida nafas olish jarayonini tartibga solib turish muhim o„rin tutadi. Mahsulot saqlanayotgan binoning harorati ko„tarilganda mahsulotning nafas olishi kuchayadi va aksincha, quyi haroratda juda sustlashadi. Mahsulotning saqlanishiga faqat undagi namlik emas, balki u saqlanayotgan bino havosidagi namlik ham ta‟sir etadi. Havoda doimo ma‟lum miqdorda suv bug„i bo„ladi, uning miqdori binoning haroratiga bog„liq. Havo qancha issiq bo„lsa, unda suv bug„i shuncha ko„p bo„ladi. Masalan – 10 o S haroratdagi 1 m 3 havoda ko„pi bilan 2,5 g; O o S da 5 g; 10 o S da -9,5 g; 20 o S da -17 g suv bug„i bo„ladi va hokazo. Bordi-yu ko„rsatilgan haroratda suv bug„i miqdori 1 m 3 havoga ko„plik qilsa, bug„ suv tomchilariga aylana boshlaydi. Demak, haroratni oshirish yoki pasaytirish bilan binodagi havoning nisbiy namligini ancha o„zgartish mumkin ekan. Mahsulotni saqlashda havo haroratini keskin o„zgartirish sira mumkin emas, chunki bu hol binodagi havo namligining, binobarin, mahsulotdagi namlikning o„zgarishiga olib keladi. Binoda namligi ko„p mahsulotlar (go„sht, baliq, sabzavot, mevalar) saqlanganda havoning nisbiy namligi yuqori(80-95%) bo„lishi lozim, chunki nisbiy namlik kam bo„lsa, unday mahsulotlar quriydi, aksincha, un, yorma, makaron mahsulotlari, choy, qand, tuz, kraxmal, kofe, tamaki mahsulotlari singarilar uchun havoning nisbiy namligi kam (50-60%) bo„lishi zarur. Nisbiy namlik psixrometr bilan o„lchanadi. U ikki termometrdan iborat, ulardan birining simob sharigi namlangan bo„ladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling