Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/36
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1532845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)

2.2. 
Laboratoriya metodi. Bu metod, qilinadigan analizga qarab 
ximiyaviy, fizikaviy optik, mikrobiologik va biologik xillarga bo„linadi. 
Ximiyaviy metod bilan mahsulot va xom ashyoning sifati va miqdori analiz 
qilinadi, ulardagi qand, kraxmal, kletchatka, oqsil, yog„, kislotalar, mineral 
moddalar, suv, tuzlar, og„ir metallar va boshqa moddalarning bor-yo„qligi 
aniqlanadi. Standart talabi, shuningdek, tekshirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish 
retsepturasi ma‟lum ekan, ximiyaviy analiz yordami bilan mahsulotni ishlab 
chiqarish, tashish va saqlash vaqtida sifatining buzilish darajasini aniqlash mumkin. 
Sifatni aniqlashning ximiyaviy metodlari tekshirilayotgan mahsulot standartida yoki 
maxsus standartlarda bayon qilingan. 
Fizikaviy metod mahsulotning zichligi, erish, qaynash va sovish harorati
gigroskopikligi, konsistensiyasi, yopishqoqligi, chidamliligi, donning tabiiy holati 
va boshqalarni aniqlashga xizmat qiladi. 



Bu ko„rsatkichlar xilma-xil asboblar yordamida aniqlanadi. Suyuq oziq-ovqat 
mahsulotlarining zichligi, sof qand eritmasida qandning, spirt eritmasida spirtning, 
namakobda tuzning foiz miqdori turli tizimdagi areometrlar bilan aniqlanadi. 
Mahsulotning qovushqoqligi, viskozimetr yordamida aniqlanadi. Don naturasi (1 l 
donda) maxsus purkash asbobi yordamida tekshiriladi. Harorat konstantasi oddiy 
yoki maxsus termometr yordamida aniqlanadi. Mahsulotning mahkamligi va 
chidamliligini aniqlashda har xil usullar qo„llaniladi: chunonchi, 15 sm uzunlikdagi 
makaron (yo„g„onligiga qarab) 200-800 g og„irlikdagi bosimga bardosh berishi 
kerak. 
 Optik metod mahsulotlarning ximiyaviy tarkibi, tuzilishi va turli xossalarini 
mikroskop, refraktometr, polyarimetr, kalorimetr singari asboblar bilan tekshirishda 
qo„llaniladi. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling