Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/36
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1532845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)

Temperatura ta’siri. Oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan binoning yuqori 
(20-30
o
S) harorati mahsulotlar sifatiga salbiy ta‟sir etadi. U mikroorgaizmlarning 
tez rivojlanishiga yordam beradi, yog„, margarin, kulinariya moylari, karamel, 
shokolad va boshqa mahsulotlarning konsistensiyasini yomonlashtiradi; meva, 
sabzavotlarning so„lishi, non va bulka kabilarni qotishini tezlashtiradi; don, yorma, 
un, tuxumning nafas olishini tezlashtiradi, bu hol shu xil mahsulotlar og„irligining 
hiyla yo„qolishiga olib keladi, chunki jadal nafas olganda uglevod ko„proq sarf 
bo„ladi. Yuqori harorat ta‟sirida efir moylari va boshqa xushbo„y moddalar uchib 
ketadi, bu mahsulotlarga xos hid va xushbo„ylik kamayadi. Harorat ta‟sirida ko„p 


11 
mahsulotlarning shakli o„zgaradi, yorilib, uvalanib ketadi. Ana shu hodisalar 
natijasida tovarlarning sifati pasayadi. 
Ko„p oziq-ovqat mahsulotlari 6-8
o
S dan -3
o
S gacha harorat orasida saqlanadi. 
Lekin, masalan, don-un mahsulotlarini 10-12
o
S da, qandolat mahsulotlarini 15-18
o

da saqlash tavsiya etiladi, tort, pirojniy, murabbo, jem, povidlo kabilarni 2-10
o

haroratda saqlagan ma‟qul. 
Yorug‘lik ta’siri. Binodagi yuqori harorat singari yorug„lik ham, odatda, oziq-
ovqat mahsulotlarining sifatiga salbiy ta‟sir etadi. Xususan, quyosh yorug„ligi 
ta‟sirida yog„lar ayniy boshlaydi, ko„p mahsulotlar yorug„likda rangsizlanadi, 
yorug„lik ta‟sirida sabzavotlar ko„karib ketadi, meva, sabzavot, don va tuxumning 
nafas olishi tezlashadi. Biroq yorug„likning ijobiy tomoni ham bor; saqlanayotgan 
oziq-ovqat 
mahsulotlarini 
buzadigan 
mikroorganizmlar 
va 
ombordagi 
zararkunandalarning rivojlanishiga xalaqit beradi. 
Barcha oziq-ovqat mahsulotlarini bevosita quyosh nuri tushmaydigan
binolarda saqlash tavsiya etiladi. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling