Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gijjalar.
1.1. Nuqsonlar
Nuqson uchun kamaytirish bali Tananing deformatsiyalanganligi 5 Muskul to‟qimasining ichida sovutilgan go‟sht uchun haroratning 4 0 S dan, muzlatilgan go‟shtlar uchun esa-8 0 S dan yuqori bo‟lishi 10 Go‟sht yuzasi rangining va yog‟lari rangining kam darajada o‟zgarishi 5 Sovutilgan go‟sht yuzasida yupqa pardaning yo‟qligi va muzlagan go‟shtlar sirtining qor bilan qoplanishi 10 Tana sirtining ozroq shilimshiqlanishi 10 Tana sirtining ifloslanishi 15 18 Tananing zararkunandalar bilan zararlanishi va undagi jarohatlar 15 Ozroq nordon hidning paydo bo‟lishi 20 Go‟shtni sotuvga chiqarishdan oldin har bir tana, yarim tana alohida-alohida baholanadi va butun partiya mahsulot uchun o‟rtacha ball ko‟rsatkichi shu asosda aniqlanadi. Go‟shtning sifat ko‟rsatkichlaridan yana biri uning namni tortishidir. Bu asosan go‟sht tarkibidagi aktomiozin oqsilining borligi ham rN miqdoriga bog‟liq. YUqori nam tortish xossasiga ega bo‟lgan go‟shtlar issiqlik ta‟sirida namlikni kam yo‟qotadi. SHuning uchun tayyor mahsulotning vazni (chiqishi) yaxshi, ovqat suvli va mazali bo‟ladi. Go‟shtning nam tortish xossasiga baho berishda bog‟langan suv aniqlanadi (1 kg oqsilga g miqdorida). Bu ko‟rsatkich yaxshi sifatli mol go‟shtida 2,5 ga teng. Go‟sht sifatiga baho berishda uning rangi katta ahamiyatga ega bo‟lib, u mioglobin miqdoriga bog‟liq. Semiz hayvonlardan olingan go‟sht to‟q rangi bilan ajralib turadi. Gijjalar. Go‟sht iste‟mol qilish natijasida odatda ba‟zi gijjalar rivojlanishi mumkin. Bularga tenioidoz, trixinellalar, exinokokklar va fastsiolalar kiradi. Tenioidoz. Odamda bu kasallikning yuzaga kelishiga lentasimon gijjalar Taeniaghunehus saginatus (qurollanmagan ho‟kiz solityori) lichinkalari yoki Tania Solium (qurollangan cho‟chqa solityori) bilan zararlangan go‟sht iste‟mol qilish sabab bo‟ladi. Bu gijjalarning lichinkasi tsistitserklar yoki finellar deyiladi, finellar bilan zararlangan go‟sht finelli go‟sht deyiladi. Finellar muskullarda, biriktiruvchi to‟qima qavatida bo‟lib, ularning kattaligi bug‟doydek keladi. Kattalashtirib ko‟rilganda pufakchaning ichkarigi egilgan boshi (skoleks), unda so‟rg‟ichlar joylashganligi ko‟rinadi. Finellar xohlagan muskul guruhlarida joylashishi mumkin, ammo ko‟pincha ular yurak, til, diafragma, chaynov, bel, qovurg‟a, oralig‟i, qorin muskullarida to‟planadi. Ovqat bilan finelli go‟sht iste‟mol qilinganda ichakda ulardan lentasimon gijjaning etuk turi hosil bo‟ladi, uning uzunligi bir necha metrgacha etadi va uzoq 19 vaqt odam ichida yashashi mumkin. Ko‟p uchraydigan asoratlaridan biri kamqonlikdir. Gijja ichakda ma‟lum miqdorda kobalt qabul qiladi, bu bilan u vitamin B 12 ning endogen sintezini buzadi. Finelli go‟shtga baho berish uchun quyidagilarga ahamiyat beriladi: 1. Muskulning 40 sm 2 yuzasida 3 tadan ko‟p finna topilsa, bunday go‟sht yo‟q qilinadi. 2. Agar 40 sm 2 yuzada 3 ta gacha finna topilsa bunday go‟sht shartli yaroqli hisablanadi va zararsizlantirishdan keyin ishlatishga ruxsat etiladi. Zararsizlantirish uchun 2 kg go‟sht 8 sm qalinlikda kesilib, ochiq qozonda 2 soat, yopiq qozonda 1,5 soat (bug‟ bosimi 1,5 atm) qaynatiladi. Tenioidozning oldini olishning asosiy choralaridan biri go‟sht kombinat-larida, kushxonalarda, bozorlarda go‟sht ustidan qat‟iy veterinariya-sanitariya nazorati olib borish, sotuvga zararsizlantirilmagan finnali go‟shtni chiqarmaslik, ularni gijjalardan holi qilish, sanitariya oqartuvi ishlari olib borish hamda aholi punktlarini kommunal jihatdan obodonlashtirishdir. Trixinellyoz o‟tkir yuqumli kasallik bo‟lib, insonlarning ayrim guruh muskullarida gijja lichinkasi joylashishidan kelib chiqadi. Odamlarning zararlanishi cho‟chqa go‟shti hamda yovvoyi cho‟chqa va ayiq go‟shtlarini iste‟mol qilishdan kelib chiqadi. Inson ichagida gijja lichinkasi 2 kun davomida etuk shaklga aylanadi. Zararlangan go‟sht iste‟mol qilingandan 5 kun o‟tgach etuk shaklidan lichinkalar ajrala boshlaydi. Bular ichak shilliq qavatidagi limfa tomirlariga o‟tib, undan qonga va keyin muskullarga boradi. So‟ngra lichinkalar o‟ralgan spiral shaklida shu joyda qoladi. Bu joydagi muskul to‟qimasi o‟zining ko‟ndalang chizig‟ini yo‟qotadi, trixinella atrofida kapsula hosil bo‟ladi, 6 oydan keyin u ohak tuzlari bilan qoplanadi. Ko‟pincha trixinella tez o‟ladi, ammo ayrimlari bir necha yil davomida xayot faoliyatini saqlaydi. Kasallikning og‟irengilligi muskul to‟qimasiga joylangan trixinellalarning soniga bog‟liq. Kasallikning og‟ir turi ovqat bilan xom yoki yaxshi qovurilmagan cho‟chqa go‟shti iste‟mol qilishdan kelib chiqadi. Og‟nr trixinellyoz kelib chiqishi uchun ovqat tarkibida 100000 dan kam bo‟lmagan trixinellalar bo‟lishi kerak. 20 Kasallik muskullarning og‟rishi, qovoqlarning va yuzning pastki qismlari shishuvi bilan kechadi. Qonda eozinofillarning ko‟payishi trixinellyoz uchun xosdir. Trixinellyozning oldini olish uchun cho‟chqa go‟shti hamda undan tayyorlangan mahsulotlar ustidan qattiq nazorat olib borish kerak. Buning uchun go‟sht kombinatlarida, kushxonalarda, nazorat stantsiyalarida, bozorlarda go‟shtlar trixinelloskop yordemida tekshiriladi. Trixinellalarning inson uchun juda xavfli ekanligini hisobga olib amaldagi qonunlarga asosan agar tekshirilayotgan go‟shtda bir dona trixinella topilsa, go‟sht ham ovqat uchun yaroqsiz hisoblanadi, texnik uti- lnzatsiyaga beriladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling