Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/36
Sana17.06.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1532845
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
oziq ovqat xavfsizligi asoslari amaliy 2020 (1)

AMALIY MASHG‟ULOT № 6 
MARGARIN MAXSULOTLARIGA TEGISHLI STANDARTLARDA 
XAVFSIZLIK KO‟RSATGICHLARINI ANIQLASH 
Yog‟ va moylarni gidrogenlash. Margarin mahsulotlari 
Xalq xo‟jaligini yog‟ maxsulotlariga bo‟lgan extiyoji o‟simlik moylari va hayvon 
yog‟lari hisobiga qondiriladi. Yog‟larning bir qismigina qattiq holatda bo‟ladi, qolgan 
ko‟p qismi suyuq holda bo‟ladi. Shunga ko‟ra qattiq yog‟larga bo‟lgan extiyojni o‟simlik 
moylarini gidrogenlab salomas ishlab chiqari sh evaziga qoplanadi. 
Gidrogenlash moylar tarkibidagi to‟yinmagan yog‟ kislotalarini vodorod bilan 
to‟yintirishga asoslangan. Buning natijasida to‟yinmagan suyuq yog‟ kislotlari to‟yingan 


37 
va nisbatan yuqori haroratda suyuqlanadigan kislotaga o‟tadi. Masalan, olein va linol 
kislotalari quyidagi reaksiyalar natijasida stearin kislotasiga aylanadi. 
СН
3
-(СН
2
)
7
-СН=СН-(СН
2
)
7
-СООН+Н
2
СН
3
(СН
2
)
16
-СООН 
СН
3
-(СН
2
)
4
-СН=СНСН
2
-СН=СН(СН
2
)
7
-СООН+2Н
2
СН
3
(СН
2
)
16
-СООН 
Bu asosiy reaksiyalar bilan bir qatorda yog‟lar gidrogenizatsiyasi jarayonida yog‟ 
kislotalarining izomerlanishi yuz beradi, natijada trans-konfiguratsiyali izomer kislotalar 
hosil bo‟ladi va bular, shu darajada to‟yingan normal kislotalardan suyuqlanish harorati 
balandligi bilan ajralib turadi.
Molekulyar vodorod to‟yinmagan yog‟ kislotalariga va suyuq yog‟larning asosini 
tashkil qiluvchi glitseridlarga oddiy sharoitda birikmaydi. Yog‟ harorati ko‟tarilganda 
ham, shuningdek bosim anchagina oshirilganda ham bunday reaksiya bormaydi. Bu 
reaksiyalar faqat katalizatorlar ishtirokida yuz beradi.
Aktiv katalizatorlar, palladiy, platina, nikel kabi metallar asosida tayyorlanadi. Ular 
yog‟da erimaydi, shu sababli yog‟larni gidrogenlash geterogen kataliz turkumiga kiradi. 
Geterogen katalizatorlar reaksiyaning aktivlash energiyasini kamaytiradi.
Gidrogenizatsiyani olib borish sharoitlariga bog‟liq holda jarayonning tezligi va 
yo‟nalishi turlicha bo‟lishi mumkin. Yog‟larni gidrogenlash tezligi ulardagi yog‟ 
kislotalar tarkibiga, katalizatorni aktivligi va miqdoriga, sistemadan vodorod 
o‟tkazishning intensivligi va uning yog‟da bir tekis tarqalishiga, yog‟ni qizish haroratiga 
bog‟liqdir. Katalizator qanchalik aktiv bo‟lsa, gidrogenlash shunchalik tez boradi. 
Ishlatiladigan katalizatorni miqdori ko‟paytirib borilganda gidrogenlashning tezligi 
ma'lum darajagacha ortadi. Bosimni va haroratni ortishi bilan gidrogenlash tezligi ham 
proporsional ravishda oshib boradi.
Amaliyotda yog‟lar gidrogenizatsiyasida katalizatorning roli katta bo‟lishi bilan 
birga uning yuqori aktiv holatda tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Gidrogenizatsiya 
jarayonida katalizatorning aktivligi pasaysa uni salomasdan ajratgandan so‟ng 
regeneratsiyaga jo‟natiladi. Katalizatorni regeneratsiya qilish jarayonida nikel va misning 
sulfat tuzlari eritmasi olinadi va keyingi bosqichda katalizator tayyorlashda ishlatiladi.
Yog‟larni gidrogenlash, suyuq yog‟lardan qattiq salomaslar olish maqsadida amalga 
oshiriladi. Olingan salomaslar o‟zining tarkibi va hossalariga qarab, oziqa va texnik 


38 
salomaslarga bo‟linadi. Oziqa salomaslari margarin, kulinar yog‟lar, konditer 
maxsulotlari, texnik salomaslar esa yog‟ kislotalari, sovun ishlab chiqarish uchun 
ishlatiladi.
Gidrogenlangan yog‟ning yog‟-kislota va glitserin tarkibi gidrogenizatsiya 
jarayonining sharoitiga bog‟liq bo‟ladi. Gidrogenlanish darajasini o‟zgartirib, bir xil 
suyuqlanish haroratli, lekin turli yog‟ kislota, glitserid tarkibiga va hossalarga ega 
bo‟lgan salomaslar olish mumkin. 
Qattiq yog‟lar sanoatda katta ahamiyatga ega, ular margarin, xo‟jalik va atir 
sovunlar, stearin ishlab chiqarishda asosiy xomashyo xisoblanadi. Biroq tabiiy qattiq
yog‟lar miqdori chegaralangan, suyuq o‟simlik yog‟lari esa ko‟p miqdorda ishlab 
chiqariladi. Shuning uchun suyuq yog‟lar gidrogenlanib qattiq xolga keltiriladi. 
Gidrogenizatsiya mahsuloti salomas deyiladi. Xozirgi vaqtda Uzbekistonda 2 ta 
gidrozavod ishlaydi.
O‟simlik yog‟larining kimyoviy va fizik xususiyati ularning yog‟ kislota tarkibiga 
bog‟liq. O‟simlik yog‟larida ko‟p miqdorda to‟yinmagan yog‟ kislotalar bor (olein, linol 
va x.k.). Ular bitta yoki bir nechta qo‟shbog‟ga ega. Gidrogenizatsiya jarayonida 
to‟yinmagan kislotalarni to‟yinishi bilan birga qo‟shbog‟larni migratsiyasi va 
transizomerizatsiya sodir bo‟ladi, bu esa erish temperaturasi va yog‟ qattiqligigi oshiradi. 
Gidrogenizatsiyada kungaboqar, paxta loviya, raps yog‟lari va soapstokdan ajratib 
olingan yog‟ kislotalari ishlatiladi. 
Gidrogenizatsiya vaqti xomashyoning kimyoviy tarkibiga va salomasning ishlab 
chiqarish maqsadiga bog‟liq. Ishlab chiqariladigan salomaslarning bir necha xil turi bor. 
O‟simlik yog‟larini qisman gidrogenizatsiya qilish yo‟li bilan, erish temperautrasi T-31-
34
0
C, qattiqligi 160-320 g/sm, yod soni 62-82ga teng bo‟lgan salomas olinadi, bu 
salomaslar margarin, kulinar yog‟lar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bundan tashqari erish 
temperaturasi T 35-37
0
C qattiqligi 550-750 g/sm bo‟lgan salomaslar olinib, ular konditer 
mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
1-gidrozavod 1909 yilda Nijniy-Novgorodda ishga tushirilgan. 1911 yilda 
Peterburgda, 1917 yilda Yekaterinburgda (Krasnodar) gidrozavodlar qurildi. 
Vodorodning gidrogenizatsiya jarayonida birikishini shartli ravishda quyidagicha 


39 
ko‟rsatish mumkin. 
(C
2
)

C=CC
2
C=C(C
2
)
7
CООH + H
2
 
Линолкислота 
 C
3
(C
2
)
7
C=C(C
2
)
7
CООH + H
2
 C
3
(C
2
)
7
C-C
2
(C
2
)
7
CООH 
Олеин кислота Стеарин кислота 
Oddiy sharoitda vodorod to‟yinmagan yog‟ kislotalarga va birikmaydi. Vodorod 
yog‟ kislotalarga faqatgina katalizator ishtiroqida birikadi. 
Gidrogenlash jarayonining tezligi: glitseridlarni gidrogenlash tezligi ulardagi yog‟ 
kislotalari tarkibiga katalizator aktivligi va miqdoriga, sistemadan vodorod o‟tkazishning 
intensivligi va uni yog‟da bir tekis tarqalishiga, yog‟ni qizdirish temperaturasiga bog‟liq. 
Katalizator qancha aktiv bo‟lsa, gidrogenlash shunchalik tez kechadi. Katalizator 
miqdorini ko‟payishi, reaksiyani tezlashtiradi. Lekin katali-zator yog‟ massasidan 0,3-
0,4% dan ko‟proq olinsa, reaksiya tezligi sezilarli darajada ortmaydi. Temperatura 
oshishi bilan gidrogenlash tezligi ham oshadi. Sanoatda gidrogenlash 180-220
0

temperaturada olib boriladi. 
Gidrogenlash temperaturasi katalizator aktivligiga va yog‟ tabiatiga bog‟liq. 
Jarayonning borishi va salomas sifati katalizator tabiatiga bog‟liq. Cu-Ni katalizator Ni 
katalizatoriga qaraganda selektivroqdir ya'ni ozuqa salomasi ishlab chiqarish 
imkoniyatini 
beradi. 
Ishlatilgan 
kattalizator 
yangi 
katalizatorga 
qaraganda 
selektivliroqdir. 
Izokislotalarning hosil bo‟lishi yarim gidrogenlanish mahsulotlarini hosil bo‟lishi 
bilan izohlanadi. Izokislotalar xosil bo‟lishi salomasning qattiqligini oshiradi. Masalan, 
sis-olein kislotaning 16
0
C bo‟lsa, trans-olein kislotaning (yelaidin kislota) erish xarorati 
44
0
C. 
Izomerizatsiya tezligi ham katalizator tabiatiga, temperatura va H
2
bosimga bog‟liq. 
Aktiv katalizatorda gidrogenlash tezligi izomerlanish tezligiga qaraganda yuqori. 
Shuning uchun aktiv katalizatorlarda yumshoq konsistensiyali salomaslar olinadi.
Yog‟larni gidrogenizatsiyalash jarayonida katalizatorlar. Yog‟larni gidrogeni-
zatsiya qilish sanoat katalizatorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
1) faqatgina gidrogenizatsiya jarayonini tezlatish qobiliyatiga ega bo‟lishi kerak va 


40 
noxush reaksiyalar yuz berishi kerak emas. 
2) yuqori aktivlik ishlab chiqarish quvvati va selektivlikga ega bo‟lishi kerak. 
3) katalizator salomasdagi oson ajralishi kerak. 
4) katalizator bahosini arzonligi, xomashyo va materiallarni serobligi. 
Yog‟larni gidrogenizatsiyasida nikel asosidagi katalizatorlar ishlatiladi, shuningdek 
nikel va mis katalizatorlari ham ishlatiladi. Katalizatorlar strukturasiga ko‟ra 
ko‟kunsimon va granullangan, qotishma holida bo‟ladi. Ko‟kunsimon katalizatorlar 
suspenziya (yog‟da) ko‟rinishida ishlatiladi, ularni dispersli yoki suspenziyalangan 
deyiladi, zarrachalar kattaligi 15 mkm. Katalizatorlarni yuzasini ko‟paytirish uchun 
metallarni yuzasi g‟ovakli bo‟lgan materialga cho‟ktiriladi. Bu usul bilan olingan 
katalizatorlar tashuvchili katalizatorlar deyiladi. 
Katalizatorlarni olinish usuliga qarab 2ga bo‟linadi. 
1)cho‟ktirilgan 
2)qotishmali 
Katalizator harakatining mohiyati. Kimyoviy reaksiya amalga oshishi uchun 
molekulalar to‟qnashishi kerak, lekin to‟qnashishlarning juda kam qismi molekulalarning 
birikishiga olib keladi. Bu shu bilan izohlanadiki, juda kam qism molekulalarning 
energiyasi bog‟larni uzib, yangi bog‟lar hosil qilish qobiliyatiga ega. Molekulaning bu 
minimal energiyasi, reaksiyaning energiya aktivligi deyiladi.
Katalizator reaksiyaga kirishuvchi moddalar bilan birikib, yuqori reaksiya 
qobiliyatli yuzani hosil qiladi. Katalizatorlar reaksiya tezligini 106-1016 marta 
tezlashtiradi. Gidrogenizatsiya quyidagi bosqichlardan iborat: 
1)reaksiyaga kirishuvchi moddalarni katalizator yuzasiga keltirish
2)bu molekulalarni katalizator yuzasida adsorbsiyasi 
3)sorbsiyalangan molekulalarning kimyoviy almashinish va mahsulot hosil bo‟lishi. 
4)mahsulot molekulalari bog‟larining katalizator yuzasidagi sarfi 
5)katalizator yuzasidan ularni ajratish 
Katalizator yuzasida turli aktivlikka ega bo‟lgan adsorbsiya markazlari bor. Bunday 
adsorbsion markazlar katalizatorning aktiv markazlari deyiladi.
Sanoatda katalizatorni olish uchun konsentratsiyasi 35 g/l bo‟lgan Ni : Cu q 3:1 yoki 


41 
1:1 nisbatda bo‟lgan Ni va Cu sulfat eritmasi tayyorlanadi. Eritmaga 40-450C xaroratda 
20-30 % ortiqcha miqdorda sodaning 10 % li eritmasi qo‟shiladi. 
NiСО
4
+ Nа
2

3
NiCО
3
+ Nа
2
СО
4
CuСО
4
+ Nа
2

3
CuCО
3
+ Nа
2
СО
4
Cho‟kmani filtrlab, filtrda soda va sulfatlardan yuviladi. Keyin cho‟kmani 1200C 
temperaturada quritiladi va maydalanadi. Ni - Cu katalizator oson qaytariladi (200-
2200C). 
Ishqor bilan ishlangandan so‟ng, A1ni erishi natijasida, qotishma yuzasi aktiv 
bo‟lib, qoladi. Ishqor bilan yuvilgan qotishma kondensat bilan neytral reaksiyagacha 
keyin quritiladi, temperatura 1600C gacha ko‟tarilib turiladi. 
Vodorod ishlab chiqarish. Vodorod ishlab chiqarishni bir qancha usullari ma'lum. 
Shulardan gidrolizlarda quyidagilar ishlatiladi. 
1.temir-bug‟ usuli (kontaktli) 
2.tabiiy gaz konversiyalash usuli 
3.yelektrolitik usul. 
Keng qo‟llanayotgan bu elektroliz usulida vodorod ishlab chiqarish : suv eritmani 
elektrolitga tushirilgan 2 ta elektrod (katod, anod) elektrolitik yacheykani vujudga 
keltiradi. 
Bunda elektrodlarda elektroqimyoviy reaksiya yuz beradi. Elektroliz vaqtida 
quyidagi reaksiya yuz beradi: 
2H
2
O q 2H
2
Q O
2
Natijada vodorodning bir xajmiga ko‟shimcha mahsulot sifatida ½ xajmda O
2
hosil 
bo‟ladi. Suv elektrolizi elektrolizerlarda olib boriladi. 
U elektrolit uchun vanna va unga tushirilgan elektrodlardan iborat. 
Gidrozavodlarda FV-250 va FV-500 tipdagi elektrolizerlar ishlatiladi. Ularning N
2
ishlab chiqarish quvvati soatiga 250-500 m3. 
Usul yutug‟i: elektrolizerlarning yuqori ishga mustahkamligi, N2ning yuqori 
tozaligi (99.8%), xomashyo (suv)ning qiymati pastligi, suv va yordamchi materiallarning 
minimal sarfi, jarayonining yuqori avtomatlashishi. 
Kamchiligi: elektrenergiyaning ko‟p miqdordagi sarfi.


42 
Vodorod 2,7-3,6 KPa bosim ostida xajmi 3000 m
3
bo‟lgan xo‟l gazgolderlarda 
saqlanadi.
Gidrogenlash usullari. Yog‟larni gidrogenlash - suyuq fazali geterogen katalitik 
jarayondir. N
2
va qattiq - suspenziyali yoki turg‟un katalizatorlar ishlatiladi. 
Gidrogenlash davriy va uzluksiz usullar bilan olib boriladi.
Uzluksiz usul bilan gidrogenlash batareyalarda amalga oshiriladi. U 3ta avtoklavdan 
iborat bo‟lib, ular gazlift yoki quyuvchi truba orqali birlashtirilgan. Bu usul bayoni 
quyidagicha: 
Rafinatsiyalangan va oqlangan yog‟ yig‟uvchi bakdan nasos dozator bilan uzluksiz 
ravishda issiqlik almashgich orqali u yerda tayyor salomasning issiqligi hisobiga isitiladi) 
avtoklavga keladi. Bu avtoklavda yog‟ yuqori bosmili bug‟ bilan 190-200
0
C gacha 
isitiladi. Avtoklavga yig‟uvchi baklardan nasos dozator yordamida uzluksiz ravishda 
katalizator suspenziyasi berib turiladi. Katalizator, aralashtirgichdagi yangi katalizator va 
ishlangan katalizatorni aralashtirib 1:4 yoki 1:5 nisbatlar tayyorlanadi. Katalizator 
avtoklavga konsentratsiyasi 5% bo‟lgan yog‟li suspenziya shaklida yuboriladi. Yog‟ 2-
avtoklavga 200-210
0
S temperatura, 3-avtoklavga 210-220
0
C temperatura bilan o‟tib 
boradi. 
Tayyor salomas ishlangan katalizator bilan birga gaz ajratgich, issiqlik almashinish 
apparatlari orqali salomas yig‟uvchi - tindirish apparatiga keladi. U yerda salomas 
qisman katalizatordan ajratiladi, keyin sovitgich orqali filtrpressga keladi va 
katalizatordan ajratiladi. Filtrlangan salomas bakda yig‟iladi. Ajralgan vodorod gaz 
ajratgichdan gaz tozalash sistemasiga yuboriladi. Tozalash sistemasida tozalangan 
vodorod aralashtirgichda yangi vodorod bilan aralashtiriladi. Bu aralashma kompressor 
bilan yuqori bosmili ressiverga yuboriladi. U yerda sovitgich rassol bilan sovitiladi va 
suv ajratgich orqali avtoklavlarga keladi. Avtoklavdan avtoklavga yog‟ gazlift yordamida 
o‟tadi. Gazliftda ishchi gaz vodorod hisoblanadi. Gazlift 2ta bir-biriga kiydirilgan truba 
bo‟lib, u avtoklav tagigacha tushgan bo‟ladi. Ichki truba orqali vodorod yuboriladi, bu 
trubaning pastki qismida mayda teshikchalar bor. Vodorod yog‟ bilan aralashib, kichiq 
solishtirma og‟irlikdagi aralashmani hosil qiladi. Shuning hisobiga trubadagi yog‟ 
ko‟tariladi va biriktiruvchi truba orqali keyingi avtoklavga o‟tadi.


43 
1 - margarin mahsulotini ishlab chiqarish uchun salomas, o‟simlik yog‟laridan 
olinadi. 
2 - margarin mahsulotini ishlab chiqarish uchun salomas, o‟simlik va mol yog‟i 
aralashmasidan olinadi. 
3 - konditer yog‟i uchun salomas, paxta yog‟idan olinadi. 
4 - konditer yog‟i uchun salomas, palmoyader yog‟idan pereyeterifikatsiya yo‟li 
bilan olinadi. 
Texnik salomas (TU Uz 86-2-98)
(6.1-jadval).
Кўрсаткичлар Саломас маркаси 




5-3 

Ёд сони,% Ж
2
65 
65 
65 
55 
17 

Титр, 
0

39-43 
39-43 
46-50 
46-50 
58 
54 
К.с. мг КОҲ 
3.5 
аниқланмайди 

Аниқланмайди 


1 - o‟simlik va mol yog‟laridan olingan salomas (atir sovun uchun) 
2 - soapstokning distillangan yog‟ kislotalaridan olingan salomas (atir sovun uchun) 
3 - o‟simlik va mol yog‟laridan olingan salomas (xo‟jalik sovuni uchun) 
4 - soapstokning distillangan yog‟ kislotalaridan olingan salomas (xo‟jalik sovuni 
uchun) 
5,6 - o‟simlik va mol yog‟laridan stearin uchun salomas. 
Margarinlar tabiiy o‟simlik moylari va gidrogenizatsiya qilingan yog‟larning 
emultsiyasiga sut, sariyog‟, tuz, qand, qaymoq va boshqa qo‟shimchalar qo‟shib olingan 
yog‟lar hisoblanadi. Margarinlarni to‟g‟ridan-to‟g‟ri ovqatga va qandolat, kulinariya va 
non mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatish mumkin. Margarinlar ham boshqa yog‟lar 
singari yuqori sifat ko‟rsatkichlariga ega bo‟lishlari kerak. 
Organoleptik ko‟rsatkichlaridan margarinlarda ta'mi, hidi, rangi, uy haroratida 


44 
konsistentsiyasi, kesimining yuzasining holati aniqlanadi. Margarinlarning qaysi navga 
mansubligi ham organoleptik ko‟rsatkichlari asosida aniqlanadi. 
Margarinlarning a'lo navlari sof ta'mga, yaqqol sezilib turadigan sut kislotasining 
xushbo‟y hidiga ega bo‟lishlari kerak. Margarinlarning konsistentsiyasi 18 
0
S da plastik, 
zich, bir xil bo‟lishi kerak. Margarinlar kesilganda kesimining yuzasi yaltiroq, 
ko‟rinishidan quruq holatda bo‟lishi zarur. Rangi esa har bir margarinlar uchun o‟ziga 
xos, hamma joylarida bir xil bo‟lishi talab etiladi. 
Margarinlarning I-navlarining organoleptik ko‟rsatkichlari bir-muncha yomonroq 
bo‟lishi mumkin. Masalan, I-navli margarinlarda xom ashyoning dastlabki ta'mi yaqqol 
sezilmaydi, shuningdek, ularda sut kislotasining xush bo‟y hidi ham aniq bilinmaydi. Bu 
margarinlarning kesimi ham uncha yaltiroq emas, rangining ham hamma qismlarida bir 
xil bo‟lmasligiga ruxsat etiladi. 
Margarinlarning asosiy fizik-kimyoviy ko‟rsatkichlariga yog‟,suv, tuz miqdori, 
margarindan ajratib olingan yog‟ning suyuqlanish temperaturasi, nordoniligi kabi 
ko‟rsatkichlari kiradi (6.2-jadval). 
Bu jadval ma'lumotlaridan ko‟rinib turibdiki, margarinlar va yog‟ miqdori qariyib 
sariyog‟lardan qolishmaydi. Margarinlarni ishlab chiqarishda alohida ahamiyat 
beriladigan ko‟rsatkichlardan yana bir ulardan ajratib olingan yog‟larning suyuqlanish 
temperaturasi hisoblanadi. Margarinlar tayyorlashda yog‟ retsepturasi, tayyor yog‟ning 
suyuqlanish temperaturasi 32
0
S ga yaqin bo‟lishini nazarda tutib tanlanadi. (6.2-jadval) 
ma'lumotlari shundan dalolat beradiki, ko‟pchilik margarinlarda yog‟ning suyuqlanish 
temperaturasi 27-320S darajasida bo‟lishi talab etiladi. 
Margarinlarning nordonligi Kettostofer graduslarida ifodalanadi va bu ko‟ratkich 
ko‟pchilik margarinlarda 2,5
0
K dan ortiq bo‟lmasligi kerak. 
Margarinlarning fizik-kimyoiy ko‟rsatkichlari 
(6.2-jadval)

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling