Ҳозирги ўзбек тили


Download 299.43 Kb.
bet58/84
Sana05.10.2023
Hajmi299.43 Kb.
#1692623
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84
Bog'liq
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8

O’qituvchi,
10 minut



Mavzu rejasi
1. O’zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti. So’z o’zlashtirish
2. Leksemalarning ishlatilish doirasi.O’zbek tili leksikasida eskirish va yangilanish jarayonlari
3. O’zbek tili leksikasida eskirish va yangilanish jarayonlari.O’zbek tili leksikasining emotsional-ekspressiv jihatdan qatlamlanishi.


Tayanch tushunchalar: O’z qatlam - o’zbek tili leksikasining umumturkiy va sof o’zbekcha so’zlardan iborat qismi. O’zlashgan qatlam – boshqa tillardan olingan leksik o’zlashmalar qatlami. Umumturkiy so’zlar - o’zbek tili lug’at boyligidagi eng qadimgi lug’aviy birliklar. Leksik istorizmlar - o’tmish voqeligining nomlari.Leksik arxaizmlar - hozirgi paytda bor bo’lgan voqelikning eskirgan nomi yoki hozirgi tilda mavjud bo’lgan leksemaning eskirgan ma’nosi.

1-reja bo`yicha dars maqsadi; Talabalarga O’zbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti. So’z o’zlashtirish haqida ma’lumot berish


Identiv o’quv maqsadi
1. Til taraqqiyotining xalq tarixi bilan bog’liqligini tushuntiradi.
2. O’z qatlamni izohlaydi.
3. O’zlashgan qatlamni aytib beradi.


1-reja bayoni
Til taraqqiyotining xalq tarixi bilan bog’liqligi. O’zbek xalqi, ma’lumki, eng qadimgi turkiy uruІ va qabilalardan o’sib chiqqan, demak, uning tili ham shu uruІ va qabilalar tili
negizida rivoj topgan. Markaziy Osiyodagi turli tarixiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo’Іullar va ruslar istilosi, qardosh qozoq, qirІiz, turkman, tojik xalqlari bilan qo’shnichilik munosabatlari ham o’zbek tili taraqqiyotiga jiddiy ta’sir o’tkazgan, bunda, ayniqsa, turkiy-arab, o’zbek-arab, o’zbek-tojik, o’zbek-qozoq, o’zbek-qirІiz va o’zbek-turkman bilingvizmi kabi omillarning roli katta bo’lgan. Ana shu tarixiy jarayonlar nuqtai nazaridan qaralganda, hozirgi o’zbek tilining luІat boyligida ikkita yirik qatlam - o’z va o’zlashgan qatlamlar borligi ma’lum bo’ladi.

Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling