Ҳозирги ўзбек тили


Download 299.43 Kb.
bet64/84
Sana05.10.2023
Hajmi299.43 Kb.
#1692623
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   84
Bog'liq
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8

Kasb-hunar leksikasi ijtimoiy mehnatning u yoki bu turiga, ishlab chiqarish, ilm-fan, adabiyot-san’at va hokazo sohalarga oid narsa-hodisa hamda tushuncha nomlaridir: degrez-«qozon, omoch tishi va boshqa cho’yan asboblar quyuvchi usta», kavshar-«metall buyum, detal va sh.k.ni bir-biriga ulash uchun ishlatiladigan metall yoki qotishma», changchi, urug’chi, gultoj (botanikaga oid tushuncha nomlari) kabi. Bular tilshunoslikda professionalizmlar yoki professional leksika deb ham ataladi. Professional leksikaning ilm-fanga, texnikaga, adabiyotga oid qismi terminlar deb ham nomlanadi: fonema, morfema, semema (tilshunoslik terminlari), tangens, sinus, teorema, katet (matematika terminlari) kabi. («Terminlar» mavzuiga ham qarang.).
Kasb-hunar leksikasi (professionalizmlar), asosan, muayyan sohaga oid og’zaki va yozma matnlarda faol qo’llanadi, umumtil doirasida esa ular ancha passiv bo’ladi. Bunday qatlam leksemalarining ishlatilish doirasidagi chegaralanish shu bilan belgilanadi.
Argotizm va jargonizmlar – biror argo yoki jargonga xos leksemalar. Argo va jargonlar biror ijtimoiy guruh yoki toifalarning, masalan, sportchilar, o’g’rilar, olibsotarlar, poraxo’rlar va boshqalarning «yasama tili»dir. Shuning uchun argo va jargonlar ijtimoiy dialektlar deb ham yuritiladi.
Argotizmlar yashirin ma’no ifodalaydi. Masalan, otarchilar orasida–yakan(«pul»), ichuvchilar orasida-novcha («araq»), qizil («vino») kabi.
Jargonizmlarda yashirin ma’no bilan birga tinglovchini yoki o’zga bir shaxsni kamsitish yoxud uning xislatlarini bo’rttirib baholash ottenkalari ham mavjud bo’ladi. Masalan, talabalar jargonida: dum-«topshirilmagan imtihon», «qarz»; jonli so’zlashuvda: yo’rg’a-«engil tabiatli», «buzuq» va b.lar.
Argotizm va jargonizmlar, asosan, jonli so’zlashuvda, tor doirada ishlatiladi. Ulardan badiiy asarda obraz va personajlarni tipiklashtirish maqsadida foydalanish hollari ham uchraydi. Masalan: Bu qora er yutkurning yo’rg’a chiqarishini etti uxlab tushida kim ko’ribdi. (Hamza. Paranji sirlari.) Gapni aylantirmang. Yog’liq joy. Yakan katta bo’ladi! («Mushtum», 1960, №2).
Bir maktabda gap mish-mish,
Turg’unning dumi bormish.
Xo’sh, bu ajab, qanday dum,
Hech kimda yo’q-ku bu dum?

Bilsam voqea o’zga,


Ilinmas qo’lga, ko’zga!
«Ikki»degan oti bor,
na o’zi, na zoti bor...
(Q.M.)
Vulgarizmlar - haqorat ma’nosida qo’llanadigan so’zlar: xunasa, dayus, so’tak, to’nka kabilar. Bunday leksemalar yoki ularning vulgar ma’nolari adabiy til birligi sanalmaydi, ularni qo’llash nutq madaniyatiga xilof deb qaraladi, ammo badiiy asar tilida bunday so’zlardan uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Masalan: U qizig’ar mashinasini Qoraqamishga qarab uchirdi. (T.M.). Yolg’on gapirasan, xunasa, uyida bo’lmagansan. Ayvoni yo’q uning (T.M.). Dayus, dayus Vali tog’a, Mirvali tog’a dayus...(S.Ahm.). Hosilboyvachchaga aytib qo’y: senikini artkuncha, o’zinikini eplasin. Kelib-kelib o’shandan panoh izladingmi, e so’tak! (T.M.). Anavi to’nkani nima qilamiz? – dedi Asadbek, jahlidan tushib...(T.M.).



Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling