Ҳозирги ўзбек тили


Leksik arxaizmlarning leksik istorizmlardan farqlari


Download 299.43 Kb.
bet67/84
Sana05.10.2023
Hajmi299.43 Kb.
#1692623
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   84
Bog'liq
portal.guldu.uz-Hozirgi o`zbek adabiy tili8

Leksik arxaizmlarning leksik istorizmlardan farqlari.
1.Leksik arxaizm hozirgi paytda mavjud bo’lgan narsa-hodisaning eskirgan nomidir. Istorizm esa o’tmish voqeligining nomi.
2.Voqelikning hozir mavjudligi uning eski nomi (leksik arxaizmi) o’rnida yangi nomi bo’lishini taqozo qiladi: yuz (hozirgi nom) – yonoq (arxaizm), lab (hozirgi nom)-dudoq (arxaizm), dushman (hozirgi so’z) – yog’iy (arxaizm), qo’shin (hozirgi so’z) – cherik (arxaizm) kabi. Bu hol tilning lug’at boyligida sinonimik qatorlarni shakllantiradi.
Istorizmlar tomonidan nomlangan o’tmish voqeligi hozir yo’q, binobarin, ularning (istorizmlarning) hozirgi tilda sinonimlari ham bo’lmaydi.
3.Leksik arxaizmlarning yuzaga kelishida sinonim so’zlar orasidagi uslubiy munosabatlar muhim rol o’ynaydi: birining faollashuvi ikkinchisining passivlashuviga, arxaiklashuviga olib keladi. Istorizmlarda esa bunday munosabat bo’lmaydi: voqelikning yo’qolishi shu voqelik nomi bo’lgan so’zning (leksemaning) lug’atdan butunlay tushib qolishiga sabab bo’ladi.
Leksik neologizmlar tilda yangi paydo bo’lgan va yangilik bo’yog’ini yo’qotmagan so’zlar: internet, marketing, litsenziya va b.
Har qanday neologizm dastlab ayrim shaxs nutqida voqe bo’ladi, bunday paytda u individual nutq neologizmi sanaladi. Masalan; «Bek akang ko’rinmay qoldi-ku? dedi qesakpolvon labiga sigaret qistirib. Humkalla cho’ntagidan chaqqonlik bilan yoqqich olib unga olov tutdi...» (T.M.) Bu gapda yoqqich so’zi ruscha zajigalka so’zining kalkasi tarzida qo’llangan, uni asar muallifi (Tohir Malik) o’zi yasagan va o’zi individual nutq neologizmi sifatida birinchi bo’lib ishlatgan. Demak, bu so’z hozircha umumtil neologizmi darajasiga ko’tarilmagan, chunki u nutq ixtiyoridan til ixtiyoriga o’tmagan. Ba’zan ancha ilgari yaratilgan individual nutq neologizmilari ham umumnutq neologizmiga aylanmay qolib ketadi. Buni atoqli yozuvchi Abdulhamid Cho’lpon tomonidan o’z vaqtida yasalgan ozitqi so’zi misolida yaqqol ko’rsa bo’ladi: «...Har bir ona suti og’zidan ketmagan tentak gimnazistni bir «ozitqi» deb bilardi».1 Abdulhamid Cho’lpon bu gapdagi ozitqi so’zini achitqi, qichitqi tipidagi yasalmalar modeliga (qolipiga) suyanib yasagan va uni «yo’ldan ozdiruvchi» (ruscha «soblaznitel») ma’nosida qo’llagan. Bu nutqiy parchada ozitqi so’zining yangi lisoniy-badiiy topildiq sifatida alohida estetik qimmat kasb etganligi shubhasiz, ammo u shu matndan tashqariga, umumtil doirasiga chiqqan emas, demak, umumtil neologizmi holatiga o’tmagan.Bunday holat Oybekning «Nur qidirib» povestidan keltirilgan quyidagi gapda ham kuzatiladi: «... chorrahada, balandlikda qizil sallali, qisqa ishtonli qopqora regulirovshchik-yo’lbon qo’llarini ohangdor o’ynatib, ko’cha harakatini boshqaradi».(22-bet)(individual neologizm – yo’lbon, regulirovshchik-yo’lbon)
Umumtil neologizmi til hodisasi, individual neologizm esa uslubiy hodisa sanaladi. Leksikologiyada, asosan, umumtil neologizmi o’rganiladi.
Umumtil neologizmi ham nisbiy hodisadir: til taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida neologizm bo’lgan so’z keyinroq neologizmlik «bo’yog’i»ni yo’qotib, zamonaviy leksik qatlam birligiga aylanishi mumkin. Masalan, telefon, televizor, trolleybus, radio so’zlari dastlabki paytlarda neologizm bo’lgan, hozir esa ularning birortasida yangilik bo’yog’i saqlanmagan, demak, bu so’zlar allaqachon neologizmlik holatidan chiqib, qo’llanishi odat tusiga kirgan leksemalarga aylangan. Bunday holat ba’zan qisqa davr ichida ham yuz berishi mumkin: keyingi 5-10 yil ichida o’zbek tili leksikasida paydo bo’lgan test, litsey, ball, grant, kontrakt kabi yangi so’zlarda, shuningdek, hokim, tadbirkor, ishbilarmon so’zlarining yangi ma’nolarida «yangilik bo’yog’ini yo’qotish», «odat tusidagi so’zga yoki ma’noga aylanish» sur’ati shu daraja tezlashganki, natijada ularni ko’pchilik qiynalmay anglaydigan va qo’llaydigan bo’lib qolgan. Demak, bu so’zlar neologizmlik holatidan zamonaviy qatlam birligi holatiga o’tib bo’lgan yoki o’tish jarayonini boshidan kechirmoqda.

Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling